Talabalarga taʼlim kreditlarini ajratish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Talabalarga taʼlim kreditlarini ajratish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Yoshlarning taʼlim olishi uchun yana-da keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy oʻquv yurtlari talabalariga taʼlim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan yuborilgan Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Behzod Musayevning javobi atroflicha koʻrib chiqildi.

Parlament soʻroviga javobda qayd etilganidek, oliy taʼlim muassasalari talabalariga taʼlim kreditlari berish Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi qarori, shuningdek, mazkur hujjat bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra amalga oshirilmoqda. Xususan, taʼlim kreditlari chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironligi bor insonlarga — nol foiz stavkasida (foizsiz kredit) berilmoqda.
Talabalarning qolgan toifalariga — 2020-yil 1-yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan talabalar uchun esa kredit boʻyicha qoʻshilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan toʻlanishi belgilangan.
Deputatlar pandemiya sharoitida aholiga yengillik yaratish hamda talabalarga oʻqish jarayonida toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qanday ishlar amalga oshirilgani bilan qiziqdi.
Bosh vazir oʻrinbosari javobida qayd etishicha, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, respublika oliy taʼlim muassasalari talabalariga oʻquv yili davomida toʻlov-kontrakt mablagʻlarini teng ulushlarda boʻlib, kamida toʻrt marotaba toʻlashga ruxsat berilgan. Joriy oʻquv yilida kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma berilgan.
Pandemiya sharoiti inobatga olinib, tabaqalashtirilgan toʻlov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2020/2021 oʻquv yilida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt minimal miqdorlarining eng pastki chegarasi 10 baravardan 8 baravargacha kamaytirilgan. Ularni oliy taʼlim muassasalari tomonidan oshirmaslik hamda belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirmani qoʻllagan holda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini hisoblash belgilangan.
Yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga qamrovini oshirish bugungi kunda hayotiy zaruratga aylanmoqda. Bunda, shubhasiz, ularga imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiq. Deputatlar hududlarda aholi bilan muloqotlarida aynan ushbu masala koʻproq koʻtarilayotganini, shu bois mutasaddi vazirlik va idoralar bilan bu borada qanday takliflar ishlab chiqilayotgani haqida soʻrashdi.
Parlament soʻroviga javobda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab tijorat banklari tomonidan respublika oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun taʼlim shaklidan qatʼi nazar (kunduzgi, sirtqi, kechki, ikkinchi mutaxassislik) taʼlim kreditlari ajratilishini joriy etish ana shu takliflardan biri ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, tijorat banklari tomonidan bozor stavkasida oliy taʼlim muassasalari talabalariga beriladigan taʼlim kreditlarining foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmini Yoshlar ishlari agentligi, Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqish, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, sirtqi taʼlim shakliga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tavsiya etilib tahsil oladigan talabalarga, toʻlov-kontrakt mablagʻlarining umumiy miqdorini butun oʻquv davri mobaynida (5 yil ichida) teng ulushlarga boʻlib toʻlashga imkoniyat yaratish koʻzda tutilmoqda.
Qizgʻin muhokamalar ruhida oʻtgan majlisda parlament soʻroviga yuborilgan javob maʼlumot uchun qabul qilindi.


На очередном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса был представлен ответ заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан Бехзода Мусаева на парламентский запрос Законодательной палаты «О работе по выделению образовательных кредитов студентам вузов в целях создать больше возможностей для образования молодежи».

Согласно ответу на парламентский запрос, выдача образовательных кредитов студентам высших учебных заведений осуществляется в соответствии с Постановлением Кабинета Министров от 26 июля 2001 года, а также Положением, утвержденным данным документом. В частности, образовательные кредиты предоставляются детям-сиротам, лицам, воспитывающимся в детских домах, и инвалидам с детства I и II — по нулевой процентной ставке (беспроцентный кредит).
Для остальных категорий учащихся — с 1 января 2020 года часть процентных расходов будет покрываться Фондом «Молодежь — наше будущее», а для учащихся из малообеспеченных семей — 50% процентов по кредиту будет обеспечивать округ Центры занятости и социальной защиты Помощь будет выплачиваться из государственного фонда.
Депутатов интересовало, что сделано для облегчения населению в период пандемии и создания благоприятных условий для оплаты студентами обучения.
В ответ вице-премьер отметил, что начиная с 2020/2021 учебного года студентам высших учебных заведений республики разрешается вносить средства по контракту в равных долях и не менее четырех раз в течение учебного года. Для студентов очной формы обучения в этом учебном году действует 10-процентная скидка на базовое обучение и безвозмездные контракты.
В связи с пандемией минимальный порог для стратифицированных контрактов с оплатой за услуги был снижен с 10 до 8 раз в 2020/2021 учебном году для абитуриентов, рекомендованных на основе стратифицированной оплаты за услуги. Предусмотрено, что они не должны увеличиваться высшими учебными заведениями, а дифференцированный размер вознаграждения по контракту должен рассчитываться с учетом 10-процентной скидки к основной сумме вознаграждения по контракту без стипендии.
Повышение охвата молодежи высшим образованием становится сегодня насущной необходимостью. При этом, конечно, имеет смысл создавать для них возможности. Депутаты поинтересовались, о том, что этот вопрос поднимается в диалоге с населением в регионах, и какие предложения разрабатываются с соответствующими министерствами и ведомствами.В ответ на парламентский запрос отмечено, что с 2020/2021 учебного года одним из таких предложений является введение коммерческими банками образовательных кредитов для студентов, обучающихся на контрактной основе в высших учебных заведениях страны, независимо от форма обучения (дневная, заочная, вечерняя, средняя).
Кроме того, Агентством по делам молодежи, Центральным банком и Минфином будет разработан механизм возмещения части процентных расходов по образовательным кредитам, предоставляемым коммерческими банками студентам высших учебных заведений за счет средств Фонда «Молодежь-Будущее». Студенты, обучающиеся на платной основе, смогут оплатить всю сумму контракта равными долями в течение всего учебного года (5 лет).
В духе оживленных дискуссий был принят к сведению ответ на парламентский вопрос.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: