Sinf rahbarlarining oyligi qancha miqdorga yetdi?

Sinf rahbarlarining oyligi qancha miqdorga yetdi?
Telegramda o'qish

Xabaringiz bor, joriy yilning 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf (guruh) rahbarligi uchun qo‘shimcha to‘lovlar 1,5 baravar (358 686 so‘m)ga oshirildi.

Bilamizki sinf rahbarlar maoshi sinfdagi o’quvchilarning soni bilan bog’liqbo’ladi. Sinf rahbarlarning maoshlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 679 330 so‘m holatidan kelib chiqib belgilanadi.

Bunda:

    ✅15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz (179 343 so‘m);

    ✅16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz (214 668 so‘m);

    ✅21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha- 36,9 foiz (250 673 so‘m);

    ✅26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz (285 998 so‘m);

    ✅31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz (358 686 so‘m) etib belgilandi.

Eslatib o’taman, o’qituvchilarning oylik maoshlari oxirgi marta oshirilgan 2020-yil fevral oyi holatiga ko’ra ma’lumotlarni Ushbu sahifada o’qishingiz mumkin.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: