Qalb egalari tabaqalanmaydi…

Qalb egalari tabaqalanmaydi…
Telegramda o'qish

Saytimiz mushtariysidan kelgan hayotiy hikoya

Boburjon boshlang’ich ta’limni a’lo baholar bilan bitirdi. Yuqori sinflarga chiqib uning o’qishlari pasaya boshladi. U har kuni darslarga kech qolar, ba’zida butkul kelmasdi. 9-sinf bo’lganida darsdan qochishni o’ziga odat qilib oldi. Boburning fanlarni o’zlashtirishi a’lo darajada edi. Faqat darslarga o’z vaqtida qatnasha olmagani uchun baholari kundan-kunga pasayib borardi. U maktabning 11-sinfini tugatib, oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish haqida o’ylay boshladi. So’nggi vaqtlarda o’qishlari yomonlashgan, u endi o’qishga kirishga umid ham qilmay qo’ydi.
4 yil burun… Boburjon 8-sinfda o’qirdi. U darsdan chiqib, uyiga shoshildi. Mahallasida odam ko’pligidan cho’chib, uyi tomonga yugurdi. Hovlisida tumonat odam, u shu kuni «gul yetim» bo’lib qoldi. Bobur otasidan keyin oilada yolg’iz erkak, onasi va yetim qolgan singlisini boqish uning zimmasiga tushgandi. Birgina onasining topgani ro’zg’orga hech narsa bo’lmasdi, shuning uchun u ham onasiga qo’shilib ishlay boshladi. Avvaliga bir do’konda ishladi, keyin bozorda… Shunday qilib, o’qishini tashlab qo’ydi.
Maktabni bitirganidan so’ng uning oldida 2 yo’l turardi: yoki ishlab pul topib, ro’zg’orga hissasini qo’shish, yo bo’lmasam o’qishga tayyorlanib, hujjat topshirish. Boburjon ishni tanladi. Shunday bo’lsa ham, hujjatlarini universitetga topshirdi. Afsus, omadi kelmadi.
Bir kuni Boburjon ishga shoshilib uyidan chiqdi-yu, bir qizga turtilib ketdi. Ko’zlar… Ular Boburni sehrlab qo’ydi… Ha, ha u sevib qolgandi, umrida birinchi bor oshiq bo’ldi! So’rab-surishtirib, axiri qizning telefon raqamini topdi. Boburning mahallasiga yangi ko’chib kelgan odamlarning qizi ekan… Ming bir hayajon bilan uni telefoniga katta harflar bilan MAFTUNAM deb saqlab qo’ydi. Bir ozdan so’ng qizning «Telegram»dagi sahifasiga ko’zi tushib qoldi. «O’zim haqimda» degan joyiga «Qalb egalari tabaqalanmaydi!» deb yozib qo’ygan edi qiz. Yigit xursand bo’ldi va oxiri qizga dilini ochdi. Qiz yigitdan odob bilan uzur so’rab, faqat ota-onasi rozi bo’lsagina, Bobur bilan gaplashishini aytdi. Bundan yigitning yanada boshi ko’kka yetdi va ertasi kuniyoq onasini Maftunalarnikiga yubordi…
Onasi uyga bir holatda kirib keldi. Nima emish qizlarini «o’qimagan»ga berishmasmush… Boburjon bu gapni eshitib, qiz bilan gaplashib olish uchun darhol «Telegram»ga kirdi. Ne ko’z bilan ko’rsinki, sahifa «bloklangan» edi… Yigitning ko’z oldida esa tinmay bir yozuv aylanardi: «Qalb egalari tabaqalanmaydi…»

Dilafruz To’lqinova , O’zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti 111-guruh talabasi.


История жизни от клиента нашего сайта

Бобуржон окончил начальную школу с отличием. Переходя в старшие классы, его учеба пошла на спад. Он опаздывал на занятия каждый день, а иногда и вовсе не опаздывал. Когда он был в 9-м классе, он имел привычку прогуливать уроки. Бабур хорошо владел науками. Только из-за того, что он не мог посещать занятия вовремя, его оценки падали день ото дня. Она окончила 11 классов средней школы и задумалась о поступлении в высшее учебное заведение. В последнее время его чтение ухудшилось, и он больше не надеется поступить.
4 года назад… Бобуржон учился в 8 классе. Он оставил школу и поспешил домой. Напуганный толпой в округе, он побежал к своему дому. Во дворе было много людей, и он стал в этот день «цветочным сиротой». После отца Бабура он был единственным мужчиной в семье, который заботился о своей матери и осиротевшей сестре. Его единственным доходом было ничего, поэтому он присоединился к своей матери в работе. Сначала работал в магазине, потом на рынке… Так и бросил учебу.
После окончания средней школы у него было два варианта: либо зарабатывать деньги и заниматься хозяйством, либо готовиться к школе и подавать документы. Бобуржон выбрал работу. Однако он подал документы в университет. К сожалению, не повезло.
Однажды Бобуржон поспешил из дома и пошел работать к девушке. Глаза… Они очаровали Бобура… Да, да он влюбился, влюбился в первый раз в жизни! После допроса он наконец нашел номер телефона девушки. Она была дочерью новичка в районе Бобура. Через некоторое время он заметил страницу девушки в Telegram. Вместо «о себе» «Сердца не дискриминируются!» написала девушка. Молодой человек обрадовался и наконец открыл девушке свое сердце. Девушка вежливо извинилась перед молодым человеком и сказала, что будет разговаривать с Бобуром только в том случае, если ее родители согласятся. У мальчика посинела голова и на следующий день он отправил маму в Мафтуналар…
Его мать вошла в дом в состоянии шока. Почему не отдают своих дочерей «необразованным»? Как видите, страница была «заблокирована».

Дилафруз Толкинова, студентка 111 группы Университета журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: