Nishotiy (XVIII asr)

Nishotiy hayoti

Oʻzbek adabiyoti tarixidagi talantli shoirlardan biri xorazmlik Muhammadniyoz Nishotiy XVIII asrda yashagan.

Nishotiy asarlari

Uning bizga sheʼriy devoni bilan “Husnu Dil” dostoni yetib kelgan. Yaqinda uning “Qushlar munozarasi” degan asari ham borligi maʼlum boʻldi. Bu asarning bir qoʻlyozma nusxasi Uzbekiston Fanlar akademiyasiningʻ Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida 1198 inventar nomerli bayozda, ikkinchi qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, marhum Porso Shamsiyevning shaxsiy kutubxonasida saqlanib qolgan. Bu ikki qoʻlyozma ham taxminan XIX asrda Xorazmda koʻchirilgan. Bu qoʻlyozmalarning birida asar nomi forscha “Munozarai murgʻon” deb atalsa, ikkinchisida “Qushlarning bir-biriga bahs qilgʻonlari” deb ataladi. Ikki qoʻlyozma ham mukammal emas. Asar tekstini nashrga tayyorlashda ular bir-birini toʻldirdi. 1198 inventardagi qoʻlyozmada ikkinchi qoʻlyozmadagi muqaddima yoʻq.

Nishotiy ijodi haqida

Shoir asarida oʻsha davrdagi qator sotsial guruhlarning turli illatlari – xudbinlik, maqtanchoqlik, jaholat va hokazolarni qattiq tanqid qiladi. Bu asar “Husnu Dil” dostonidan oldin yozilgan boʻlsa ajab emas. “Qushlar munozarasi”ning aniqlanishi adabiyotimiz tarixini yanada boyitadi.


жизнь Нишоти

Один из самых талантливых поэтов в истории узбекской литературы Мохаммаднийоз Нишоти из Хорезма жил в XVIII веке.

Работы Нишоти

До нас дошла его эпическая поэма «Хусну Дил». Недавно стало известно, что у него есть еще произведение под названием «Птичье обсуждение». Один рукописный экземпляр этого произведения хранится в рукописном фонде Института востоковедения имени Абу Райхана Беруни Академии наук Узбекистана под инвентарным номером 1198. Обе эти рукописи были скопированы в Хорезме примерно в XIX веке. В одной из этих рукописей название произведения называется «Мунозарай мургон» на персидском языке, а в другой — «Птицы, спорящие друг с другом». Ни одна из рукописей не идеальна. Они дополняли друг друга при подготовке текста произведения к публикации. В рукописи описи 1198 г. отсутствует введение во второй рукописи.

О работе Нишоти

В своем творчестве поэт резко критикует различные пороки ряда социальных групп того времени — эгоизм, гордыню, невежество и др. Неудивительно, что это произведение было написано раньше эпоса «Хусну Дил». Открытие «Птичьего спора» еще больше обогатит историю нашей литературы.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: