Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari, eng sara bobur g’azallari audio to’plamini qabul qiling.
Bobur g’azallari matnlarini ushbu sahifada batafsil o’qishingiz mumkin: Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari to’plami
Bobur tavalludiga bag’ishlangan eng yaxshi she’rlar mana bu sahifaga joylashtirildi: Mirzo Bobur tavalludiga she’r eng sara she’rlar to’plami
- Bobur Agarchi sensizin g’azal
- Bobur Bahor ayyomidur g’azal
- Bobur Bo‘lmadim umrumda g’azal
- Bobur Charxning men ko‘rmagan g’azal
- Bobur Chun falak qo‘ymas meni g’azal
- Bobur G‘urbatta ul oy g’azal
- Bobur Jamoling vasfini g’azal
- Bobur Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul g’azal
- Bobur O‘lum uyqusig‘a g’azal
- Bobur Qaro zulfing firoqinda g’azal
- Bobur Sendek menga g’azal
- Bobur Sening ishqingda, ey nomehribon g’azal
- Bobur Xazon yafrog‘i yanglig‘ g’azal
- Bobur Yog‘lig‘ingkim, jon bila g’azal
Bobur Agarchi sensizin g’azal
Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mushkildur,
Sening birla chiqishmog‘liq dog‘i bisyor mushkildur.
Mizojing noziku sen — tundu, men — bir beadab telba,
Sanga xolimni qilmoq, ey pari, izhor mushkildur.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Sizga qiziq bo’lishi mumkin: Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt
Bobur Bahor ayyomidur g’azal
Bahor ayyomidur, dog‘i yigitlikning avonidur,
Ketur, soqiy, sharobi nobkim, ishrat zamonidur.
Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg‘uvonidur.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Bahor haqida eng sara she’rlar ushbu sahifada: Bahor haqida she’rlar to’plami
Bobur Bo‘lmadim umrumda g’azal
Bo‘lmadim umrumda bir dam xotiri xurram bila,
Gar iliktin kelsa, bir damni kechurmang g‘am bila.
Necha bo‘lg‘ay yor hijroniyu davron mehnati,
Naqdi umrum, ohkim, o‘tti g‘amu motam bila.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Mirzo Bobur tavalludiga tadbir uyushtirayotgan bo’lsangiz, albatta ushbu sahifaga o’ting: Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbir senariylari to’plami, buklet va dars ishlanmalar
Bobur Charxning men ko‘rmagan g’azal
Charxning men ko‘rmagan jabru jafosi qoldimu?!
Xasta ko‘nglim chekmagan dardu balosi qoldimu?!
Meni xor etti-yu qildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o‘zga muddaosi qoldimu?!
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Z.M.Bobur ruboiy yozishda juda mahoratli edi, Bobur ruboiylarini o’qish uchun mana bu sahifaga o’tishingiz mumkin: Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylar to’plami
Bobur Chun falak qo‘ymas meni g’azal
Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida,
Tong yo‘q, ey bemehr, agar o‘lsam firoqing shomida.
Ey ko‘ngul, yuzin ko‘rub, zulfi parishonin sog‘in,
Shomi xijrondin tavahhum ayla vasl ayyomida.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Sizga qiziq bo’lishi mumkin: Bobur kabi seving vatanni (tadbir senariysi)
Bobur G‘urbatta ul oy g’azal
G‘urbatta ul oy hajri meni pir qilibtur,
Hijron bila g‘urbat manga ta’sir qilibtur.
Maqdur borincha qiluram sa’yi visoling,
To Tengrini, bilmonki, ne taqdir qilibtur.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Sizga ehtimol Alisher Navoiy g’azallari audiolari kerak bo’lsa ushbu sahifaga joylashtirilgan: Alisher Navoiy g‘azallari, eng sara g‘azallar audio shaklda
Bobur Jamoling vasfini g’azal
Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen,
Ne kun bo‘lg‘ay, visolingg‘a meni dilxasta yetgaymen!
Tarahhum yuzidin yuzungni ko‘rmakka buyurg‘aysen,
Xush ulkim, orazingni ko‘rgamen, so‘zung eshitgaymen!
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Bobur Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul g’azal
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘!
Gar zamonni nafy qilsam, ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig‘!
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Z. M. Bobur hayoti haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bu yerda: Z.M.Bobur haqida ma’lumot, tarjimai hol , hayoti va ijodi
Bobur O‘lum uyqusig‘a g’azal
O‘lum uyqusig‘a borib, jahondin bo‘ldum osuda,
Meni istasangiz, ey do‘stlar, ko‘rgaysiz uyquda.
Nekim taqdir bo‘lsa, ul bo‘lur tahqiq, bilgaysiz,
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Vatan haqidagi eng sara she’rlar izlayotgan blsangiz ushbu sahifagao’ting: Vatan haqida she’rlar to‘plami
Bobur Qaro zulfing firoqinda g’azal
Qaro zulfing firoqinda parishon ruzgorim bor,
Yuzungni ishtiyoqida ne sabru ne qarorim bor.
Labing bagrimni qon qildi, kuzimdin qon ravon qildi,
Nechun holim yomon qildi, men andin bir surorim bor.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Bobur Sendek menga g’azal
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Bu shaklu shamoyil bila khud kh,uru parisen —
Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Bobur Sening ishqingda, ey nomehribon g’azal
Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldum,
Demon bexonumon, ovorai ikki jahon bo‘ldum.
Labing gar bermasa bo‘sa, nechuk jon elta olg‘ayman,
Bu yo‘ldakim, adam sahrosig‘a emdi ravon bo‘ldum.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Bobur Xazon yafrog‘i yanglig‘ g’azal
Xazon yafrog‘i yanglig‘ gul yuzung hajrida sarg‘ardim,
Ko‘rub rahm aylagil, ey lola ruh, bu chehrai zardim.
Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog‘ingg‘a tushub, bargi xazondek muncha yolbordim.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Bobur Yog‘lig‘ingkim, jon bila g’azal
Yog‘lig‘ingkim, jon bila men xastadurmen, zor anga,
Xasta jonlar rishtasidindur magar xar tor anga?
Evrulur boshingg‘ayu gox, i yuzunga yuz qo‘yar,
Bu jihattin ot emish «gulpech»u gax, «gulzor» anga.
G’azalni to’liq audio shaklda tinglash
Mavzuga doir:
Bobur haqida sahna ko’rinishlari to’plami