Chaqaloq savdosi qayerdan kelib chiqyapti?

Chaqaloq savdosi qayerdan kelib chiqyapti

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda keyingi uch yil ichida 185 ta chaqaloq va yosh bola savdosi bo‘yicha holat aniqlangan. Ularning 89 foizi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi.
Bu haqda Samarqand viloyat perinatal markazida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy komissiya ishchi guruhi tomonidan «Chaqaloq savdosining oldini olish — dolzarb masala» mavzusida o‘tkazilgan tadbirda aytildi.
Unda viloyat IIB odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi T.Elboyev keyingi yillarda chaqaloq savdosi ko‘payib borayotganligi, uning sabablari, bu jinoyat ishining oldi olinishida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida gapirdi.
— Avvalo, har bir tug‘ruqxona, perinatal markazda tug‘ilish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish o‘z vaqtida bo‘lishi va bu haqda tegishli idoralarga xabardor qilish zarur, — dedi T.Elboyev.
Chaqaloq savdosi odam savdosining bir ko‘rinishi. Uning oldini olishga ko‘maklashish va bu jinoyatga qarshi kurashish maqsadida nafaqat davlat, balki nodavlat notijorat tashkilotlari ham jalb qilingan. Masalan, respublika «Istiqbolli avlod» ijtimoiy axborot markazi bu borada faol tashkilot hisoblanadi. Tadbirda markazning Samarqand viloyat bo‘limi direktori ushbu tashkilotning faoliyati va respublika bo‘ylab joriy qilingan «Dolzarb aloqa tarmog‘i» tezkor raqamlarining odam savdosidan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati, fuqarolarni huquqiy ongini oshirishdagi o‘rni haqida ma’lumot berdi.


За последние три года в Узбекистане зарегистрировано 185 случаев торговли младенцами и детьми раннего возраста. 89% из них дети до 1 года.
Об этом было заявлено на мероприятии, проведенном рабочей группой Областной комиссии по борьбе с торговлей людьми и принудительным трудом при Самаркандском областном перинатальном центре на тему «Предупреждение торговли детьми – актуальный вопрос».
Сотрудник отдела по борьбе с торговлей людьми и незаконной миграцией МВД Т.Элбаев рассказал о росте торговли детьми в последние годы, ее причинах и на что следует обратить внимание, чтобы не допустить возбуждения уголовного дела.
«В первую очередь необходимо своевременно зарегистрировать документы о рождении в каждом родильном доме и перинатальном центре и проинформировать соответствующие органы», — сказал Елбоев.
Торговля детьми является формой торговли людьми. В предотвращении и борьбе с этим преступлением принимают участие не только государственные, но и неправительственные организации. Например, Республиканский центр социальной информации «Истикболли авлод» является активной организацией в этом отношении. На мероприятии директор Самаркандского областного филиала центра рассказал о деятельности организации и роли «Горячей линии» в поддержке жертв торговли людьми, роли граждан в повышении правосознания.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: