Maktab direktori, uning o‘rinbosarlari (O‘TIBDO‘ va MMIBDO‘) o‘z mutaxasisligi bo‘yicha haftada 10 soatgacha hajmda dars o‘tishi mumkin.
Ushbu qoida 0.5 stavkada faoliyat yuritayotgan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga ham tegishli.
Sababi, Vazirlar Mahkamasining 275-son qarori 3-ilovasining 14-bandiga ko‘ra, ta’lim muassasasining rahbar xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qat’i nazar, asosiy lavozimning bir haftada faqat 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borishi mumkinligi belgilangan.
❕Rahbar xodimlarga o‘zi faoliyat yuritayotgan maktabda 10 soat dars o‘tib, qo‘shni yoki boshqa hududdagi maktabdan ham qo‘shimcha dars soatlari olishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kadrlar yetishmaganligi sababli mutaxasisligi psixolog bo‘lmagan, lekin umumta’lim muassasasida 1 stavka miqdorda psixolog lavozimida ishlab kelayotgan xodimlar ham o‘z mutaxasisligi bo‘yicha haftada 10 soatgacha hajmda dars o‘tishlari mumkin.
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) ushbu fan bo‘yicha haftada 10 soatgacha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishadi. Lekin, mazkur o‘tilayotgan darslar ularning lavozim majburiyatlari tarkibiga kiritilgan bo‘lib, buning uchun ularga alohida ish haqi to‘lanmaydi.
Rahbar xodimlarga darslar “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablaridan kelib chiqqan holda taqsimlanishi lozim.
Mavzuga doir:
Maktabda rahbar xodimlarning shtat birligi qanday tartibda belgilanadi?