Maktablarni raqam bilan emas nomlar bilan atashni yo‘lga qo‘yish kerakmi?

Maktablarni raqam bilan emas nomlar bilan atashni yo‘lga qo‘yish kerakmi?

Bloger, Isroil Tillaboyev maktablarni nomlar bilan atashni yo‘lga qo‘yish kerakmi degan mazmunda o‘rtaga savol tashlabdi. Aslidaku, maktablarni nomlar bilan atashning yaxshi tarafi ko‘p. Ko‘plab mamlakatlarda maktablar raqamlanmaydi. Misol uchun, Finlyandiyada ham maktablar nomlanadi. Ya’ni, bu yaxshi an’ana.

Masalan, maktablarni tarixiy shaxslar nomi bilan atash ham yaxshi usul. Faqat hozir boshqa qilinadigan muhim ishlarimiz turganda maktablarni nomlar bilan atash shart emas menimcha.

Maktabning nomi chiroyli bo‘lgani bilan hech qanday talabga javob bermasa, bunday chiroyli nomlar ham hech nimani o‘zgartirolmaydi. Bu masala huddi o‘quvchilarning maktab formasi kabi hozirgi kunning eng aktual mavzusi emas deb o‘ylayman.

P.S: Bu bilan maktablarni nomlash mutlaqo shart emas demoqchi emasman. Shunchaki, hozir buning mavridi emas. Shaxsiy fikr albatta.

Manba: Xalq ta’limi info

Mavzuga doir:
Maktablarda Summativ baholash tizimiga o‘tilmoqda

Kelgusi yil maktab ta’limida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? 2023-2024

Maktab toʻla muammo, ammo…

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: