Bilasizmi, maktabgacha va maktab ta’limi sohasi shunchalik katta tizim bo‘lishiga qaramay «pedagog xodim» tushunchasiga to‘liq ta’rif berilmagan.
Ta’rif berilmagan bo‘lsa nima qilibdi demoqchi bo‘lsangiz adashasiz. Bu atamaga normativ hujjatlarda aniq tarif berilmagani har doimgidek pedagoglar zarariga juda ko‘plab muammolarni keltirib keltirib chiqarishi mumkin.
Masalan, Mehnat kodeksining 501-moddasida ham pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilangan. Ammo pedagog xodim o‘zi kim degan savol hali ham mavhum. Shu sababli Vazirlar Mahkamasining pedagoglar ta’tiliga oid normalarning qo‘llanishida ham muammolar kelib chiqmoqda.
Pedagog xodim atamasiga Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda ta’rif berilgan.
Ushbu nizomga ko‘ra, pedagog xodimlar — xalq ta’limi tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi o‘qituvchi va tarbiyachilar ekanligi qayd etilgan.
Imzolanmay qolib ketgan «Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risidagi qonun»da esa pedagog xodim – tegishli hujjat bilan tasdiqlangan malakasiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘illanuvchi jismoniy shaxs ekanligi aytilgan.
Pedagogik faoliyat tushunchasiga esa pedagog xodim va ta’lim oluvchining o‘zaro hamkorligiga asoslangan ta’lim oluvchini o‘qitish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni deb ta’rif berilgan.
«Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risidagi qonun» esa hali kuchga kirmagan. Demak, pedagog xodim atamasiga to‘liq ta’rif yo‘q.
Kelajakda pedagoglarga qandaydir imtiyozlar belgilansa, ulardan foydalanishda ham aynan «pedagog xodim» atamasiga ta’rif berilmagani uchun bu imtiyozlardan foydalanishda yana muammo ko‘payadi.
Misol uchun, maktablarda «Zakovat» klubi koordinatori vazifasini bajargan pedagoglar Prezident qaroridagi kichik noaniqlikni deb belgilangan ustamalardan foydalanolmagan.
Keyinchalik bu xato tuzatildi, ammo «Zakovat» klubi koordinator vazifasini o‘qituvchi emas balki, maktabdagi rahbar xodimlar bajarsa ularga ustama berish yana muammo bo‘lib qoldi.
Sababi Prezidentning o‘sha qarorida «pedagoglarga» jumlasi ishlatilgandi. Rahbar xodimlar pedagog emasmi degan savol ochiqligi uchun ular bu imtiyozdan rasman foydalana olmaydi. Ana muammo qayerda…
Manba: Xalq ta’limi info
Mavzuga doir:
Pedagoglar tarkibiga kirmaydigan xodimlar