Pedagoglar maqomi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlandi

Pedagoglar maqomi to‘g‘risidagi qonun tasdiqlandi

❗️Vanihoyat pedagoglar uzoq kutayotgan qonun imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-fevral kuni “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

❌ Jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

    ➖ pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

    ➖ pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

    ➖ pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunni yuklab olish

Mavzuga doir:
«Pedagog maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini kim ishlab chiqqan?

Pedagog xodim kim?

Pedagoglar tarkibiga kirmaydigan xodimlar

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: