Eski tartib bo‘yicha ommalashtirilgan ishlar bekor qilinganmi?

Eski tartib bo‘yicha ommalashtirilgan ishlar bekor qilinganmi?

O‘qituvchining eski tartib bo‘yicha ommalashtirilgan ishlari bekor qilinganmi?

Savol: 2022 yilda mening ish faoliyatim viloyat miqyosida ommalashtirilgandi. Shu ommalashtirish muddati 3 yil amalda bo‘ladi deb eshitgandim. 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab vazirlik tomonidan pedagog hodimlar faoliyatini ommalashtirishning butunlay yangi tartibi joriy qilinib, elektron platformaga o‘tkazildi.

Endi meni viloyat miqyosida ommalashtirilgan faolyatim 2022 yil sentyabr’ oyida tugagan hisoblanadimi yoki oldingi ommalashtirish tartibi bo‘yicha 3 yil amalda bo‘ladimi. Shunga aniqlik kiritishda amaliy yordam berishngizni so‘rayman.

Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Ma’lumki, 2021 yil 26 yanvarda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi tomonidan o‘qituvchilar, rahbar xodimlar shuningdek, metodistlarning «Ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish» tartibi ishlab chiqilgandi.

Keyinchalik, Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 25 avgustdagi 279-sonli buyrug‘i bilan ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirishtirishning butunlay yangicha tartibi joriy qilindi. Shu bilan eski tahrirdagi ommalashtirish tartibi bekor qilindi.

Eski tahrirdagi ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirishtirish tartibiga ko‘ra, ilg‘or ish tajribalar Respublika miqyosida ommalashtirilganligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab 5 (besh) yil muddat amal qilishi nazarda tutilgan.

Ya’ni, yangi tahrirdagi ommalashtirish tartibi kuchga kirmasidan avvalroq o‘qituvchi-pedagoglarning ishlari Respublika miqyosida ommalashtirilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, ular 5 yil muddatga amal qilaveradi deb hisoblaymiz.

Chunki, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasiga asosan, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.

❕Endi tuman yoki viloyat miqyosida ommalashgan ishlar necha yilga amal qiladi degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy hol…

Qizig‘i shundaki, Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilgan eski tahrirdagi nizomda tuman va viloyat miqyosida ommalashtirilgan ishlar qancha muddatga amal qilinishi ko‘rsatilmagan.

Endi bu vaziyatda masala o‘qituvchilarning foydasiga hal qilinishi kerak deb o‘ylaymiz. Sababi, yangi Konstitutsiyaning 20-moddasiga ko‘ra, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, sizning 2022 yil 7 iyunda ommalashtirilgan ish tajribangiz hozir ham amalda. Va sizga mazkur ommalashtirilgan ilg‘or ish tajribalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha imtiyozlar qo‘llanishi mumkin deb hisoblaymiz.

Mavzuga doir:
Ommalashtirish bo‘yicha yangi tartib qabul qilindi

ommalashtirish.uz ish tajribalarni ommalashtirish tartibi

Ish tajribalarni ommalashtirish nizomi yuklab olish

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: