Maktablardagi kam maosh oladigan xodimlar haqida bilasizmi?

Maktablardagi kam maosh oladigan xodimlar haqida bilasizmi?
Telegramda o'qish

Ma’lumki xalq ta’limi, madaniyat va sport muassasalari pedagog va rahbar xodimlarining bazaviy tarif stavkalari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlarining lavozimlari miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qarorga muvofiq xalq ta’limi tizimida ishlaydigan xodimlarning ish haqi miqdorlari belgilab qo‘yilgan.

Maktablarda, umuan olganda ta’lim tizimida qolgan pedagoglarga nisbatan kam oylik olib ishlaydigan xodimlar ham yo‘q emas albatta. Hozir sizlarga ushbu ro‘yxatni taqdim etamiz.

✅Maktab laboranti – 470 ming 096 so‘m

✅Maktab farroshi – 509 ming 498 so‘m

✅Kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor) – 715 ming 334 so‘m

✅Kutubxonachi – 904 ming 320 so‘m

✅Kutubxona mudiri – 1 mln 042 ming 865

✅Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – 1 mln 137 ming 854 so‘m

✅CHQBT rahbari – 1 mln 451 ming 275 so‘m

Yuqoridagilar nisbatan kam oylik olib ishlaydigan xodimlar ro‘yxatiga kiradi.

Yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida qolgan pedagog xodimlarning oylik maoshlari ro‘yxatini ham havola qilamiz:

✅Maktab direktori – 2 mln 810 ming 651 so‘m

✅Direktor o‘rinbosarlari – 2 mln 632 ming 291 so‘m

✅Yoshlar yetakchisi – 1 mln 900 ming 363 so‘m

✅Psixolog – 1 mln 710 ming 327 so‘m

✅O‘qituvchilar – 1 mln 900 ming 363 so‘m

✅Oliy toifali o‘qituvchi – 2 mln 619 ming 844 so‘m

✅Birinchi toifali o‘qituvchi – 2 mln 370 ming 751 so‘m

✅Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 2 mln 370 ming 751 so‘m

✅O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 1 mln 776 ming 394 so‘m

Eng qizig‘i shundaki, hududiy xalq ta’limi bo‘limi xodimlari maktab pedagog xodimlariga nisbatan juda kam oylik ish haqi olishadi. Xatto bo‘lim mudiri ham maktab direktoriga nisbatan kam oylik oladi.

✅XTB mudiri – 2 mln 188 ming 621 so‘m

✅Mudir o‘rinbosari – 1 mln 788 ming 479 so‘m

✅Sho‘ba mudiri – 1 mln 788 ming 479 so‘m

✅Bo‘lim bosh mutaxasisi – 1 mln 699 ming 056 so‘m

✅Kadrlar bo‘yicha mutaxasis – 1 mln 107 ming 135 so‘m

Yuqoridagi oylik maoshlar o‘rtacha hisobda olingan bo‘lib, bu miqdorlar o‘quvchilar soniga qarab ortishi yoki pasayishi mumkin. Hullas shunaqa gaplar…

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: