O‘qituvchining metod kuniga dars qo‘yilishi to‘g‘rimi?

O‘qituvchining metod kuniga dars qo‘yilishi to‘g‘rimi?

Savol: Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisiman. Seshanba kuni metod kunim bo‘lishiga qaramay zavuchimiz menga dars qo‘yibdi. Darsni bu kundan olib tashlang desam buning imkoni yo‘q, majburlikdan shunday qildik deyapti. Uning bu xati-harakati to‘g‘rimi?

Savolga Ulug‘bek Po‘latov javob berdi:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlashlari va o‘z bilimini muntazam boyitib borishlari, axborot informatsion texnologiyalardan unumli foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida metodik kunlar tashkil etiladi.

Metodik kunlarda dars jadvaliga tegishli fan o‘qituvchilarining darsi qo‘yilmaydi. Ammo o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan, fan xonalari kam bo‘lgan va kadrlar yetishmaydigan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga metodik kunlarda dars jadvaliga dars qo‘yishga ruxsat etiladi.

Agar siz ishlayotgan maktabda yuqorida aytib o‘tilgan muammolar kuzatiladigan bo‘lsa, unda sizning metodik kuningizda ham dars qo‘yilishi mumkin.

Asos: Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risidagi Nizom

O‘qishni tavsiya qilamiz: O‘qituvchilar uchun metodik kunlar qay tartibda belgilangan?


Вопрос: Я учитель родного языка и литературы. Несмотря на то, что во вторник был мой методический день, наш учитель дал мне урок. Если я попрошу отменить урок с этого дня, то нельзя, говорят, что мы это сделали по необходимости. Правильно ли его поведение?

Улугбек Полатов ответил на вопрос:
В общеобразовательных школах организуются методические дни с целью повышения профессионального мастерства учителей естественных наук, творческой работы и регулярного обогащения их знаний, создания условий для эффективного использования информации и информационных технологий.

В методические дни урок учителей соответствующего предмета не включается в расписание уроков. Однако общеобразовательным школам с большим количеством учащихся, небольшим количеством аудиторий и недостаточным штатом сотрудников разрешено проводить занятия в методические дни.

Если в школе, где вы работаете, наблюдаются вышеперечисленные проблемы, то в ваш методический день может быть проведено занятие.

Основание: Положение о методических объединениях общеобразовательной школы.

Рекомендуем прочитать: Как определяются методические дни для учителей?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: