O‘qituvchilar ish vaqtini hisobga olish tabeli qay tartibda yuritiladi?

O‘qituvchilar ish vaqtini hisobga olish tabeli qay tartibda yuritiladi?

O‘qituvchilar ish vaqtini hisobga olib borish o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan, u ishda bo‘lmagan hollarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoki kadrlar bo‘yicha menejer (inspektor) tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda maktab o‘qituvchisi pedagogik yuklamasining bajarilishini hisobga olish har kuni ishga kelish va ketish jurnali orqali yuritiladi hamda har oylik ish vaqtini hisobga olish tabelida aks ettiriladi.

Pedagog xodimlarning haqiqatda ishlaganligi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan, u ishda bo‘lmagan hollarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari imzosi bilan tasdiqlanadi.

❕O‘qituvchi uzrli sabablarga ko‘ra ishga kelmagan payti, tabelni quyidagi shartli belgilardan (qisqartmalardan) foydalangan holda rasmiylashtirish mumkin:

👉T – ta’tilda
👉K – mehnatga layoqasizlik varaqasida
👉X – xizmat safarida
👉M – malaka oshirishda
👉D – dam olish kuni
👉B – bayram kuni

Tabelga pedagog xodimning ishda bo‘lmaslik sabablari va ish vaqti rejimining xususiyatlari to‘g‘risidagi belgilar rasmiylashtirilgan hujjatlar (ta’til to‘g‘risida buyruq, mehnatga layoqasizlik varaqasi, xizmat safari va h.k.) asosida to‘ldiriladi.

Tabelni to‘g‘ri to‘ldirish va o‘z vaqtida buxgalteriyaga topshirish uchun o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari pedagog xodimning ish joyida bo‘lmagan kunlari to‘g‘risida o‘z vaqtida kadrlar xizmatini xabardor qilib borishi kerak.

Tabelni o‘z vaqtida rasmiylashtirish uchun mehnatga layoqasizlik varaqasini xodim ishga chiqqan birinchi kunda kadrlar xizmatiga taqdim etishi shart.

Tabel yurituvchi tomonidan har oyning 15-sanasiga qadar hisobot oyining birinchi yarmi uchun, hisobot oyidan keyingi oyning 1-sanasiga qadar o‘tgan oy uchun tabel to‘ldirilib, oylik ish haqi hisoblash uchun XTB buxgalteriyasiga taqdim etiladi.

👉Xalq ta’limi InfoDunyo ta’lim standartlari va amaliy tajribasidan ma’lumki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda internet tarmog‘i imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda masofaviy ta’limni hayotga joriy etish ota-onalar va o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda.
Mazkur amaliyotni yurtimiz umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ta’lim olish jarayonlariga ham bosqichma bosqich joriy etib borish maqsadida masofaviy ta’lim shakli — “Leader online” dasturi tajriba-sinov jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Masofaviy ta’limda kimlar tahsil olishi mumkin?
Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston nodavlat ta’lim tashkilotlari uyushmasi hamkorligida 2022-2023 o‘quv yilining ikkinchi choragidan boshlab o‘tkaziladigan mazkur masofaviy ta’lim jarayonida Toshkent shahar maktablarida tahsil olayotgan 60 nafar 7-sinf o‘quvchilari ota-onalar va o‘quvchilarning o‘z ixtiyoriga asosan saralab olinadi.
Bunda umumta’lim maktablari ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari bilan anketa-so‘rovnomalari o‘kaziladi hamda uning natijalariga ko‘ra talabgor o‘quvchilar ro‘yxati shakllantiriladi. “Onlayn maktab”da o‘qitish bo‘yicha barcha jarayonlar Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Tanlov jarayonlari qanday tashkil etiladi?
O‘quvchilarni saralash jarayoni 2022 yil 5 noyabr kuni o‘tkaziladi. Unda masofaviy ta’lim jarayonlariga jalb etilgan o‘quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash va o‘zlashtirish jarayonlarini monitoring qilib borish maqsadida boshlang‘ich sinov (kirish testi) o‘tkaziladi.
Sinov natijalariga ko‘ra, masofaviy ta’lim olishga mo‘ljallangan har biri 30 nafar, jami 60 nafar o‘quvchidan iborat, ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan 2 ta sinf tashkil etiladi.
O‘quvchilar umumiy sonining 10 foizidan oshmagan qismi nogironligi tufayli uyda yakka tartibda tahsil olayotgan o‘quvchilar, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Ayollar daftari”, “Temir daftar”da ro‘yxatga qo‘yilgan kam ta’minlangan oila farzandlari (bepul) tomonidan shakllantiriladi.
Yuqoridagi shartlar asosida tanlab olingan o‘quvchilarga “Lider bolalar maktabi” nodavlat ta’lim muassasasida masofaviy bepul ta’lim beriladi.
Masofaviy ta’lim qay tartibda olib boriladi?
Masofaviy ta’lim jarayonlarini tashkil etish maqsadida “Lider bolalar maktabi” nodavlat ta’lim muassasasida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “Online maktab” platformasi yaratilgan.
Masofaviy ta’lim jarayonida ishtirok etadigan o‘quvchilar mazkur platformada yuritiladigan maktabning o‘quvchilar kontingentiga olinadi.
Ushbu platformada umumta’lim maktablarining 7-sinflari uchun davlat dasturi doirasidagi barcha fanlar bo‘yicha onlayn dars materiallari jamlangan. Platformadagi har bir videodars davomiyligi 9 daqiqagacha davom etadi.
O‘quv jarayonlari O‘zbekistonda belgilangan o‘quv dasturlari, o‘quv reja va darsliklar asosida, sinxron (onlayn) va asixron (platformada mustaqil o‘rganish) tartibida tashkil etiladi.
Masofadan o‘qitish jarayonlarida o‘quv dasturlarini ekranda o‘rganayotgan o‘quvchilarga har 20 daqiqadan so‘ng tanaffus beriladi.
Masofaviy ta’limga biriktirilgan pedagoglar o‘zlashtirishdan orqada qolayotgan o‘quvchilar bilan individual (yakka tartibda) ish olib boradi.
Mazkur tajriba-sinov yakunlari bo‘yicha kelgusida umumiy o‘rta ta’lim bosqichida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish bo‘yicha zarur takliflar tayyorlanadi.
O‘quvchilarni baholash va ta’tillar
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirib borish ko‘rsatkichlari test, ijodiy va boshqa turdagi topshiriqlardan olgan 1 dan 5 gacha bo‘lgan ball tizimida olib boriladi. O‘quvchilarning baholash yakunlari sinf jurnallarida qayd etiladi.
Masofadan o‘qitishda o‘quv yili davomida kuzgi, qishki, bahorgi va yozgi ta’tillar ham ko‘zda tutilgan. Bu davrlarda o‘quv platformasiga kirish imkoniyati saqlanib qoladi hamda ta’til davrlarida qo‘shimcha darslar yoki o‘quvchilar bilan offlayn uchrashuvlar o‘tkazilishi mumkin.
Ota-onalarning vazifalari qanday?
Masofaviy ta’limga biriktirilgan o‘quvchilarning ota-onalari farzandlarining masofadan ta’lim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berishi, imkon qadar o‘tkazilayotgan videodarslarni kuzatib borishi lozim.
Shuningdek, farzandlarining berilgan uy vazifalarini bajarishini nazorat qilib borishlari va maktab ma’muriyati hamda o‘qituvchilar bilan doimiy aloqada bo‘lib borishlari zarur.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
O‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanadi?

O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?

O ‘qituvchi ta’til vaqtida ham to ‘garak o ‘tishi kerakmi?


Учет рабочего времени педагогов осуществляется заместителем директора по воспитательной работе, в случае его отсутствия — заместителем директора по нравственно-воспитательной работе или менеджером по персоналу (инспектором).

При этом выполнение воспитателем педагогической нагрузки ежедневно фиксируется через журнал прихода и ухода с работы и отражается в месячном табеле учета рабочего времени.

Факт фактической работы педагогического коллектива подтверждается заместителем директора по воспитательной работе, а в случаях его отсутствия на работе — подписью заместителя директора по духовно-воспитательной работе.

❕ При неявке преподавателя на работу по уважительным причинам вывеску можно оформить следующими условными знаками (аббревиатурами):

👉T в отпуске
👉К — на листе нетрудоспособности
👉X в командировке
👉М — на тренировке
👉Д — выходной день
👉В это праздник

Таблица заполняется на основании оформленных документов (приказ об отпуске, бланке нетрудоспособности, командировке и др.) с указанием причин отсутствия педагога на работе и особенностей режима рабочего времени.

Чтобы правильно заполнить бланк и своевременно сдать его в бухгалтерию, заместитель директора по воспитательной работе должен своевременно уведомить кадровую службу о днях отсутствия педагога на рабочем месте.

Чтобы вовремя оформить уведомление, работник должен в первый день работы предъявить листок нетрудоспособности в кадровую службу.

До 15 числа каждого месяца таблица заполняется за первую половину отчетного месяца, а за предыдущий месяц до 1 числа месяца, следующего за отчетным, и представляется в бухгалтерию Министерства труда и социальной защиты для расчета месячной заработной платы.

Из образовательных стандартов и практического опыта ОО «ИнфоДунё» известно, что внедрение дистанционного образования с эффективным использованием современных информационно-коммуникационных технологий и возможностей сети Интернет воспринимается родителями и учащимися с большим интересом.
В целях постепенного внедрения данной практики в образовательные процессы учащихся общеобразовательных школ нашей страны проходит апробацию дистанционная форма обучения — программа «Лидер онлайн».
Кто может обучаться дистанционно?
В сотрудничестве с Министерством народного образования, Государственной инспекцией по контролю качества образования и Ассоциацией негосударственных организаций образования Узбекистана в данном дистанционном обучении обучаются 60 учащихся школ города Ташкента, которые будут проводится со второй четверти 2022-2023 учебного года Учащиеся 7-х классов отбираются по усмотрению родителей и учащихся.В этом случае администрация общеобразовательных школ проводит анкетирование родителей учащихся, и по их результатам формируется список допущенных учащихся. Все процессы обучения в «Онлайн-школе» контролируются главным управлением народного образования города Ташкента и управлениями народного образования района.
Как организован процесс отбора?
Процесс отбора студентов состоится 5 ноября 2022 года. В нем будет проведено начальное тестирование (вступительное испытание) с целью определения исходного уровня знаний обучающихся, вовлеченных в процессы дистанционного обучения, и контроля за процессом обучения.
По результатам проверки будут созданы 2 класса для дистанционного обучения, в каждом из которых будет 30 учащихся, всего 60 учащихся, а обучение будет вестись на узбекском и русском языках.
Численность обучающихся, не превышающая 10 % от общего числа обучающихся, обучающихся индивидуально на дому в связи с инвалидностью, воспитанников детских домов, детей из малообеспеченных семей, зарегистрированных в «Женской тетради» и Образуется «Темир Дафтар» (бесплатно).
Учащиеся, отобранные на основании вышеуказанных условий, получат бесплатное дистанционное образование в НОУ «Детская школа «Лидер».
Как проходит дистанционное обучение?
В целях организации процессов дистанционного обучения в НОУ «Детская школа «Лидер» совместно с зарубежными партнерами создана платформа «Онлайн-школа».
Учащиеся, участвующие в процессе дистанционного обучения, входят в ученический контингент школы, работающей на этой платформе.
На этой платформе размещены материалы онлайн-уроков по всем предметам в рамках государственной программы для 7 класса общеобразовательной школы. Каждый видеоурок на платформе длится до 9 минут.
Образовательные процессы организуются на основе образовательных программ, учебных планов и учебников, установленных в Узбекистане, синхронно (онлайн) и асинхронно (самостоятельное обучение на платформе).
В процессах дистанционного обучения учащимся, изучающим учебную программу на экране, предоставляется перерыв каждые 20 минут.
Педагоги, назначенные на дистанционное обучение, индивидуально работают с отстающими в обучении учащимися.
По результатам этого эксперимента в дальнейшем будут подготовлены необходимые предложения по внедрению дистанционного обучения на ступени общего среднего образования.
Оценка студентов и каникулы
Показатели усвоения обучающимися предметов проводятся в системе баллов от 1 до 5, полученных по контрольным, творческим и другим видам заданий. Результаты оценивания учащихся заносятся в классные журналы.
Дистанционное обучение включает осенние, зимние, весенние и летние каникулы в течение учебного года.В эти периоды сохраняется доступ к образовательной платформе, а в период каникул могут проводиться дополнительные занятия или офлайн-встречи со студентами.
Каковы обязанности родителей?
Родители учащихся дистанционного обучения должны создавать достаточные условия для получения детьми дистанционного образования, максимально контролировать видеоуроки.
Также необходимо следить за выполнением поставленных домашних заданий своими детьми и быть в постоянном контакте с администрацией школы и учителями.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Каково рабочее время учителей?

Как долго учителя должны быть на работе?

Должен ли учитель ходить в школу во время каникул?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: