Taʼlim muassasalarida ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qoʻyilgan?

Taʼlim muassasalarida ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qoʻyilgan?

“Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da ichimlik rejimini taʼminlovchi tashkilotlarga talablar belgilangan.

Unga koʻra, taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning maxsus gigiyenik talablarga mos toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishi koʻzda tutilishi kerak.
Taʼlim muassasasidagi ichimlik rejimi quyidagi shakllarda tashkil etilishi kerak: statsionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi qaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida.
Oʻquvchilar taʼlim muassasasida qoladigan vaqt mobaynida suvdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Statsionar ichimlik favvorachalari 10 sm.dan kam boʻlmagan vertikal suv oqimi atrofida chegaralab turuvchi doiraning boʻlishi ham koʻzda tutilishi kerak.
Agar tashkilot idishdagi suv orqali ichimlik rejimini tashkil etsa, u yetarli miqdordagi toza idishlar, shuningdek, toza va ishlatilgan chinni yoki fayans idishlar uchun alohida patnislar bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Bir martalik idishlarni toʻplash uchun maxsus konteynerlar boʻlishi kerak.
Taʼlim muassasasiga keltiriladigan qadoqlangan suvning sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjati boʻlishi shart.


«Санитарные правила, нормы и гигиенические правила организации питания обучающихся в общеобразовательных средних, средних специальных, профессиональных учебных заведениях» устанавливают требования к организациям, обеспечивающим питьевой режим.

В соответствии с ним необходимо обеспечить в образовательных учреждениях учащихся чистой питьевой водой, соответствующей особым гигиеническим требованиям.
Питьевой режим в образовательном учреждении должен быть организован в следующих формах: при наличии стационарных питьевых фонтанчиков, кипяченой воды в бутылках и пакетированной воды.
Студенты должны иметь доступ к воде во время пребывания в образовательном учреждении.
Стационарные питьевые фонтанчики также должны иметь бордюр вокруг вертикального потока воды не менее 10 см.
Если в организации организован питьевой режим за счет бутилированной воды, она должна быть обеспечена достаточным количеством чистой тары, а также отдельными лотками для чистой и использованной фарфоровой или фаянсовой посуды. Должны быть специальные контейнеры для сбора одноразовой посуды.
Необходимо иметь документ, гарантирующий качество и безопасность фасованной воды, привозимой в образовательное учреждение.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: