Maktab rahbar xodimlaridan oylik va haftalik ish reja talab qilinishi to‘g‘rimi?

Maktab rahbar xodimlaridan oylik va haftalik ish reja talab qilinishi to‘g‘rimi?

Savol: Assalomu alaykum. Men maktab direktoriman. Yaqinda maktabimizni tekshirish uchun komissiya kelgandi. Ular hujjatlarni o‘rganish davomida men va o‘rinbosarlarim tomonidan oylik va haftalik ish rejalar yuritilmaganligini aytib, buni qo‘pol kamchilik sifatida qayd etishib, bizga nisbatan chora ko‘rilishi mumkinligi haqida ma’lum qilishdi. Bizda yillik ish reja bor edi. Savolim shundan iboratki, maktab rahbar xodimlari oylik va haftalik ish reja yuritishi majburiymi?

Savolga Ulug‘bek Po‘latov javob berdi:
Maktab rahbar xodimlari ish faoliyatini yuritishda yillik ish reja asosida tashkil etishi lozim. Lekin, oylik va haftalik ish reja yuritish majburiy emas. Aniqrog‘i, bu xodimning o‘z ish uslubiga bog‘liq jarayon hisoblanadi.

Masalan, Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 7 dekabrdagi 393-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”da maktab direktori maktabning yillik ish rejasini tasdiqlashi va o‘qituvchilar tomonidan o‘quv rejasining bajarilishini nazorat qilishi lozimligi aytilgan.

“Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari”da ham, Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 1 iyuldagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi tizimi xodimlarining lavozim majburiyatlari»da ham rahbar xodimlar tomonidan oylik va haftalik ish reja yuritish lozimligi qayd etilmagan.

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining malaka tavsiflarida ham o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari oylik yoki haftalik ish reja yuritishi lozimligi haqida hech qanday band kiritilmagan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyati Xalq ta’limi vazirligining 180-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi nizom asosida amalga oshiriladi.

Mazkur nizomda direktor o‘rinbosarlari tomonidan yillik ish reja va ijrosi yuzasidan hujjatlar to‘plami ya’ni, yuqori tashkilotlar rejasi, muhim tashabbuslar va ta’lim muassasasi umumiy rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan (tasdiqlangan) ish rejasi, undagi tadbirlarning bajarilishi yuzasidan tegishli hujjatlarni yuritilishi kerakligi qayd etilgan.

Ko‘rinib turibdiki, direktor va uning o‘rinbosarlari tomonidan oylik va haftalik ish rejalar yuritilshi kerakligi yuqoridagi me’yoriy hujjatlarda qayd etilmagan. Shu sababli direktor va uning o‘rinbosarlari bir yillik ish reja asosida faoliyat olib borishining o‘zi yetarli hisoblanadi.

Maktabga kelgan komissiya a’zolarining bunday ortiqcha hujjatlarni talab qilishi qog‘ozbozlikdan boshqa narsa emas. Umuman olib qaraganda, maktab rahbar xodimlaridan oylik yoki haftalik ish reja talab qilinishi mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. Negaki, yillik ish rejada amalga oshiriladigan ishlar shundoq ham sanalar ko‘rsatilgan holda, oyma-oy aniq qayd etilgan bo‘ladi.

Tekshirish mobaynida direktor va uning o‘rinbosarlari tomonidan yuritilgan hujjatlar joyida bo‘lib, faqatgina oylik va haftalik ish rejalar mavjud emasligi komissiya a’zolari tomonidan kamchilik deb baholanishi mutlaqo noto‘g‘ri. Chunki, xodim o‘z lavozim yo‘riqnomasida belgilab berilmagan vazifalar uchun javobgar bo‘lmaydi.

Mavzuga doir:
Jadvallar bilan ishlash ta’lim rivoji uchun xizmat qilmaydi

maktab direktorlariga yangi huquq berilmoqda!

Rahbarlik faoliyatida uchraydigan nizolar va ularning oldini olish yo‘llari


Вопрос: Здравствуйте. Я директор школы. Недавно к нам в школу приезжала комиссия. При изучении документов они сказали, что я и мои заместители не вели месячные и недельные планы работы, отметили это как грубый недостаток и сообщили, что в отношении нас могут быть приняты меры. У нас был годовой план работы. Мой вопрос: обязательно ли руководителям школ составлять ежемесячные и еженедельные планы работы?

Улугбек Полатов ответил на вопрос:
Руководящий состав школы должен организовать свою работу на основе годового плана работы. Однако ежемесячное и еженедельное планирование работы не является обязательным. Точнее, это процесс, зависящий от собственного стиля работы сотрудника.

Например, в «Квалификационных описаниях основных должностей работников народного образования», утвержденных приказом министра народного образования № 393 от 7 декабря 2019 года, директор школы утверждает годовой план работы школы и контролирует выполнение в учебной программе учителями сказано, что это необходимо.

Необходимо вести месячное и недельное планирование работы руководителей как в «Квалификационных описаниях основных должностей работников народного образования», так и в «Должностных обязанностях работников системы народного образования», утвержденных приказом Министра народного образования о 1 июля 2021 г. не записано.

В квалификационной характеристике заместителя директора по воспитательной работе отсутствует пункт о том, что заместитель директора по воспитательной работе должен вести месячный или недельный план работы.

Деятельность заместителей директора по духовно-просветительской работе утверждается приказом Министерства народного просвещения № 180 «По духовно-просветительской работе общеобразовательного учреждения образования» осуществляется на основании положения «Об организации деятельности заместителей директора».

В настоящем положении комплект документов, связанных с годовым планом работы и исполнением заместителями директора, то есть план работы, разработанный (утвержденный) в соответствии с планом вышестоящих организаций, важных инициатив и общего плана образовательного учреждения , и ведение соответствующих документов, связанных с осуществлением в нем деятельности, отмечается, что

Видно, что в вышеуказанных нормативных документах не упоминается о том, что месячные и недельные планы работы должны вестись директором и его заместителями. Поэтому достаточно, чтобы директор и его заместители работали на основе годового плана работы.

То, что члены комиссии приходят в школу и требуют такие чрезмерные документы, не более чем бумажная волокита. В общем, нет смысла требовать от руководителей школы месячный или недельный план работы. Ведь работа, которую предстоит выполнить в годовом плане работы, четко фиксируется по месяцам с указанием дат.

При проверке документы, хранящиеся у директора и его заместителей, были на месте,совершенно неправильно считать недостатком членов комиссии отсутствие месячных и недельных планов работы. Потому что работник не отвечает за задачи, не указанные в его должностной инструкции.

Предмет:
Работа с таблицами не способствует развитию образования

директорам школ даются новые права!

Конфликты в управленческой деятельности и пути их предотвращения

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: