❓Dars soatlari qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra taqsimlanishi haqida ma’lumot bersangiz.
Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi.
✅ Dars soatlari o‘qituvchilarning ko‘rsatkichlariga qarab taqsimlanadi:
🔹 xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
🔹 o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
🔹 xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar;
🔹 TOP-1000 universitetlardan birini bitirgan o‘qituvchilar;
🔹 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
🔹 o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
🔹 respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
🔹 oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
🔹 birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
🔹 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
🔹 ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
🔹 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
🔹 o‘z fanidan o‘tkazilgan sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
🔹 oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
🔹 qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
🔹 OTMning pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
🔹 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
🔹 o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
🔹 umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.
❗️ Dars soatlari umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan qayta taqsimlanishi mumkin.
Mavzuga doir:
O‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash mezonlari belgilandi
O‘qituvchilardan roziligisiz dars soatlari olib qo‘yilishi mumkinmi?
O‘qituvchi 30 soat dars olmoqchi, dirеktor esa bunga ko‘nmayapti