Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari shanba kuni ishga borishi shartmi?

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari shanba kuni ishga borishi shartmi?

Savol: Assalomu alaykum! Hozirda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun shanba kuni o‘qish bo‘lmaydi. 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tilgan. Ammo biz shanba kuni ham ishga boryapmiz. Shanba kuni darsimiz bo‘masa ham maktabga borishimiz shartmi?

Javob: Ma’lumki, I-IV sinflar uchun o‘quv haftasining davomiyligi pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra 5 kun etib belgilanishi mumkin. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga haftaning shanbasi o‘qish kuni hisoblanmaydi.

Ammo Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 13 avgustdagi 183-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra haftaning shanba kuni boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik kun etib belgilangan.

O‘qituvchilar metodik kunlarda o‘z fani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar to‘playdi, faniga doir turli seminarlarda ishtirok etadi, boshqa fan o‘qituvchilarining darslarini kuzatadi.

Ya’ni metodik kunlar ham o‘qituvchining ish kuni hisoblanadi. Amaldagi Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko‘ra, xodim ish tartibi yoki grafigiga yoxud mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq o‘z mehnat vazifalarini bajarishi lozim bo‘lgan vaqt ish vaqti hisoblanadi.

Maktabda darslar bo‘lmagan vaqtlarda xodimlar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi. Amaldagi Mehnat kodeksining 154-moddasiga muvofiq ish beruvchi xodimga haqiqatda bajargan ishi uchun maosh to‘laydi. Bajarilmagan ish uchun esa ish haqi to‘lanmaydi.

Bunday holatlar amaldagi qonunchilik doirasida ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda rasmiylashtiriladi. Xodim ish joyiga kelmagan taqdirda tabelga kiritilmaydi va haq to‘lanmaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari shanba kuni ish joyiga kelmaslikka haqli emas.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
O‘qituvchilar qancha vaqt ish joyida bo‘lishi kerak?

O‘qituvchining metod kuniga dars qo‘yilishi to‘g‘rimi?

Metodistlar maktablarni tekshirib, o‘qituvchilarga chora ko‘rishga haqlimi?


Вопрос: Здравствуйте! В настоящее время школьные занятия по субботам для учащихся начальных классов не проводятся. Переведен на 5-дневную систему обучения. Но мы по-прежнему ходим на работу в субботу. Должны ли мы идти в школу, даже если у нас нет занятий в субботу?

Ответ: Известно, что продолжительность учебной недели для I-IV классов по решению педагогического совета может быть установлена ​​до 5 дней. Поэтому суббота не считается учебным днем ​​для учащихся начальной школы.

Но согласно Положению «О методических объединениях общеобразовательной средней школы», утвержденному приказом Министра народного просвещения № 183 от 13 августа 2020 года, в субботу недели для учителей начальных классов проводится методический день.

Учителя собирают дополнительную информацию по своему предмету в ходе методических дней, участвуют в различных семинарах по своему предмету, наблюдают за уроками учителей других предметов.

То есть методические дни – это еще и рабочий день учителя. Согласно статье 114 действующего Трудового кодекса, рабочим временем считается время, когда работник должен выполнять свои трудовые обязанности в соответствии с нарядом или графиком или условиями трудового договора.

При отсутствии занятий в школе сотрудники выполняют задачи, указанные в педагогическом задании, либо выполняют задачи, данные администрацией школы. В соответствии со статьей 154 действующего Трудового кодекса работодатель оплачивает работнику фактически выполненную работу. За невыполненную работу зарплата не выплачивается.

Такие случаи оформляются по согласованию с профсоюзом образовательного учреждения в рамках действующего законодательства. Если работник не явится на рабочее место, он не будет включен в уведомление и не будет получать заработную плату.

В заключение, учителя начальных классов не имеют права не выходить на работу в субботу.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Как долго учителя должны быть на работе?

Правильно ли, чтобы учитель преподавал в методический день?

Имеют ли методисты право инспектировать школы и принимать меры против учителей?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: