O‘qituvchilarning ish yuklamasi qay tartibda taqsimlanadi?

O‘qituvchilarning ish yuklamasi qay tartibda taqsimlanadi?

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchisining yillik ish yuklamasi 1548 soatdan iborat bo‘lib, yuklama doirasida bajariladigan ishlar quyidagi 3 ta yo‘nalishda amalga oshiriladi:

— o‘quv — tarbiya jarayoni;

— o‘quv jarayonining metodik ta’minoti;

— tashkiliy — pedagogik faoliyat

Har bir o‘qituvchi o‘quv yilining boshlanishiga qadar yillik ish yuklamasi va tarifikasiyaga asosan o‘ziga ajratilgan dars soatlari bo‘yicha shaxsiy yillik ish rejasini tuzadi.

O‘qituvchining shaxsiy yillik ish rejasi fan metodika birlashmasida muhokama kilinib, ma’qullangandan so‘ng, maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

O‘qituvchilarga o‘quv yilining boshlanishiga qadar shaxsiy yillik ish reja asosida, o‘qitadigan fanining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, choraklik, oylik ish rejalarini ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Yillik ish yuklamasidagi dars soatlarining bajarilishi qat’iy va mazkur soatlarni boshqa ish turlariga ko‘chirilishi taqiqlanadi. Choraklarga taqsimlangan dars soatlari ob’ektiv sabablarga ko‘ra bir chorakda bajarilmasa, navbatdagi chorakda (tig‘izlash va boshqa usullar bilan) yetkazilishi mumkin.

O‘qituvchi tomonidan o‘quv-tarbiya jarayoniga taalluqli quyidagi hujjatlar yuritiladi va maktab ma’muriyati tomonidan nazorat qilinadi:
yillik ish rejasi, tarbiyaviy ishlar rejasi (sinf rahbari uchun), taqvim-mavzu reja, dars konspekti, dars kuzatish daftari, sinf jurnali va to‘garak hujjatlari.

O‘qituvchilar asosiy faoliyatini darslarni sifatli o‘tishga qaratish maqsadida, turli tekshiruvlar jarayonida ulardan yuqorida qayd etilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni takdim etish hamda hisobotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Годовая нагрузка учителя общеобразовательной школы составляет 1548 часов, и нагрузка осуществляется по следующим 3 направлениям:

— учебный процесс;

— методическое обеспечение учебного процесса;

— Организационно-педагогическая деятельность

Перед началом учебного года каждый учитель разрабатывает индивидуальный годовой план работы, исходя из годовой нагрузки и отведенных им часов.

Персональный годовой план работы учителя обсуждается в Научно-методическом объединении и после согласования утверждается директором школы.

Учителям рекомендуется разрабатывать квартальные и месячные планы работы до начала учебного года на основе индивидуального годового плана работы в зависимости от характера преподаваемого предмета.
Категорически запрещается посещать занятия во время годовой нагрузки и переводить эти часы на другие виды работы. Если учебные часы, разделенные на четверти, не выполнены в одной четверти по объективным причинам, они могут быть сданы в следующей четверти (начислением и другими способами).

Следующие документы, связанные с учебным процессом, хранятся у учителя и находятся под контролем администрации школы:
годовой план работы, план воспитательной работы (для классного руководителя), календарно-тематический план, силлабус, тетрадь, классный журнал и документы кружка.

Для того чтобы сосредоточить основную деятельность учителей на качестве уроков, в ходе различных проверок им не разрешается подавать документы, кроме указанных выше, и требовать отчеты.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: