Zamonaviy o‘qituvchiga kerak bo‘lgan 8 ta asosiy xislat

Zamonaviy o‘qituvchiga kerak bo‘lgan 8 ta asosiy xislat

Biz g‘aroyib davrda yashayapmiz: atrofimizdagi olam juda tez sur’atlarda, tanib bo‘lmas darajada o‘zgaryapti. Shuning uchun o‘sib kelayotgan avlod bilan ishlaydigan o‘qituvchi quyidagilarga tayyor bo‘lishi kerak:

O‘zgarish. Bu eng qiyini, biroq to‘laqonli shaxs sifatida mavjud bo‘lish uchun zarur bo‘lgan shart.
O‘z xatolarini tan olish. Hech narsa qilmagan kishigina xato qilmaydi. O‘qituvchi esa bundaylar toifasiga kirmasligi aniq.
Rivojlanish. Agar jahon sur’ati bir necha avlodlar davomida o‘zgarmagan bo‘lsa, hozirda u shu qadar tez sur’atlarda rivojlanyaptiki, “Alisa Ko‘zgu orti mamlakatida”gi Qora qirolicha aytganidek, o‘z joyida qolish uchun “oyoqni qo‘lga olib yugurish kerak”.
O‘qituvchi zamonaviy o‘quvchilar nima bilan yashayotganini ham tushunishi kerak.
Bundan tashqari, o‘qituvchi zamonaviy o‘quvchilar boshqacha ekanini yodda tutishi lozim. Ular internetda yashashmoqda, ularda katta odam madaniyati yo‘q. Foyda keltirish va o‘z mehnati mahsulidan bahra olish uchun zamonaviy muallim va o‘qituvchilar quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak.

1. Bolalarga hurmat

Odatda “O‘qituvchi bolalarni yaxshi ko‘rishi kerak” deyishadi. Biroq bu fikr juda mavhum va turli talqinlarga sabab bo‘lishi mumkin. Axir yaxshi ko‘rish tushunchasi juda ko‘p qirrali. Hurmat tushunchasi bilan bari oddiy.
O‘quvchini hurmat qilish – demak, unda oppoq qog‘ozni emas, shaxsni ko‘rish demakdir.

2. Tolerantlik

Insonlarning bari turlicha. Ba’zida odam o‘zgalarga o‘xshamaganligi uchun ham g‘ashimizni keltiradi: bosh kiyimini boshqa kiyadi, o‘zgacha qaraydi. Agar u o‘zini tabiiy tutayotgan va axloq-odob qoidalarini buzmayotgan bo‘lsa, bunga e’tibor berish kerakmi? Odamning shaxsiy fikrga ega bo‘lish huquqi haqida ham shunday deyish mumkin.
Gap yagona to‘g‘ri javob berish mumkin bo‘lmagan savollar haqida ekan, kutilmagan va original takliflarni darhol o‘chirib tashlash yaramaydi. Ular standart javoblarga qaraganda ko‘proq mos keladigan bo‘lishi mumkin. Bolalar kattalar kabi “qolipga tushib qolgan fikrlar” bilan o‘ylashmaydi, shuning uchun erkin fikrlashadi.
O‘quvchining o‘zgacha bo‘lish huquqini tan oling. Balki siz yangi Eynshteynni kamol toptirayotgandirsiz.

3. O‘qituvchi o‘zining xizmat ko‘rsatayotganini tushunishi

Nima uchundir bu band ko‘plab o‘qituvchi va ota-onalarning jahlini chiqaradi. Balki gap obro‘dadir. “O‘qituvchi” so‘zi iftixor bilan jaranglaydi.

4. Haqiqiy narsalar bilan hurmatga ega bo‘lishga tayyor turish

Balandparvoz so‘zlar, buyruq ohangi bilan zamonaviy bolada taassurot uyg‘ota olmaysiz. Bari “gamburg”cha hisob-kitob bilan bo‘lishi kerak: yaxshi o‘qituvchi o‘z fanini yaxshi biladi, uning foydasini tushuntira oladi va materialni qiziq qilib yetkazadi.
Qo‘rqitish – befoyda. Hozirgi bolalar avvalgi odamlar qo‘rqqan narsalardan hadiksirashmaydi.

5. Chegarani his qilish

Bu ruhiy chegaralarga (“ko‘ngilga tegmaslik”) ham, shaxsiy bilimlarga ham tegishli. Axir bolalar ba’zi jihatlarda o‘qituvchilarga nisbatan ko‘proq narsalardan boxabar.

6. O‘z vazifasini tushunish

O‘qituvchi “Gugl” qidiruv tizimida topish mumkin bo‘lmagan foydali bilimlarni berishi kerak (agar aksi bo‘lsa, u vaqtini bekorga sarflayapti).

7. O‘z-o‘zini tanqid qilish

Agar o‘qituvchi o‘z faoliyatini tahlil qilib, uni qanday rivojlantirish haqida o‘ylasa, u ko‘p narsaga erishadi. Hamma ham adashishi mumkin. Katta amaki va xolalar ham bundan mustasno emas. Bolalar buni qancha tez anglasa, shuncha yaxshi.

8. O‘z-o‘ziga shama qilish

Jiddiy bo‘lmaslik va o‘zini hazil qilish qobiliyati – zo‘riqishlarga qarshi turishning tarkibiy qismi. Jamiyatdagi hayot uchun ham a’lo xislat.
O‘z-o‘zini hazil qilish murakkab vaziyatni yumshatib, chalg‘ish va qiyin masalalarni hal etishga yordam beradi.
Albatta, xislatlarning bariga ega bo‘lish ham oson emas. Ko‘p hollarda maktabda o‘qituvchilarni tanlab olish imkoniyati mavjud emas. Biroq shunga qaramay, idealga qarab intilish zarur.
Siz bu borada qanday fikrdasiz? Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak? Fikringizni kutib qolamiz.


Мы живем в странное время: мир вокруг нас меняется так быстро, так неузнаваемо. Поэтому педагог, работающий с подрастающим поколением, должен быть готов к:

Изменять. Это самое сложное, но необходимое условие существования полноценной личности.
Признавайте свои ошибки. Ошибается только тот, кто ничего не сделал. Понятно, что учитель в эту категорию не попадает.
Разработка. Если темп мира не изменился за несколько поколений, то сейчас он развивается так быстро, что, как говорит Черная Королева в «Алисе в стране чудес», «успеть за ногу», чтобы остаться на месте, нужно бежать. ”
Преподавателю также необходимо понимать, чем живут современные студенты.
Кроме того, учителю нужно иметь в виду, что современные ученики другие. Они живут в интернете, у них нет взрослой культуры. Для того чтобы быть прибыльными и пользоваться плодами своего труда, современные учителя и воспитатели должны обладать следующими качествами.

1. Уважение к детям

Часто говорят, что учитель должен любить детей. Однако эта идея очень абстрактна и может привести к различным интерпретациям. Ведь понятие любви очень многогранно. С понятием уважения все просто.
Уважение к читателю означает видеть в нем человека, а не белую бумагу.

2. Терпимость

Люди все разные. Иногда это раздражает, потому что человек другой: он носит другую шляпу, он выглядит иначе. Если он ведет себя естественно и не нарушает правил этикета, стоит ли ему обращать на это внимание? То же самое относится и к праву человека на свободу мнений.
Единственный вопрос, на который нельзя ответить правильно, — не стоит сразу удалять неожиданные и оригинальные предложения. Они могут быть более последовательными, чем стандартные ответы. Дети не мыслят «стереотипами», как взрослые, поэтому они мыслят свободно.
Признайте право ученика быть уникальным. Может быть, вы совершенствуете нового Эйнштейна.

3. Учитель понимает, что он служит

Многих учителей и родителей это занятие почему-то раздражает. Может быть, это репутация. Слово «учитель» звучит гордо.

4. Будьте готовы к тому, чтобы вас уважали за то, что реально

На современного ребенка не впечатляешь громкими словами и командным тоном. Все должно быть по-гамбургски: хороший учитель хорошо знает свой предмет, может объяснить его преимущества и подает материал интересно.
Запугивание бесполезно. Сегодняшние дети не боятся того, чего боялись предыдущие люди.

5. Чувство предела

Это касается как духовных границ, так и личных знаний. Ведь в некотором смысле дети знают больше, чем учителя.

6. Поймите свою роль

Преподаватель должен давать полезные знания, которые нельзя найти в гугле (иначе это пустая трата времени).

7. Самокритика

Если учитель анализирует свою работу и думает о том, как ее развить, он многого добьется. Каждый может заблудиться. Большие дяди и тети не исключение. Чем раньше дети это поймут, тем лучше.

8. Самовнушение

Умение быть серьезным и веселым — неотъемлемая часть борьбы со стрессом. Это также отличное качество для жизни в обществе.
Самоюмор может помочь облегчить сложные ситуации, отвлечь и решить трудные проблемы.
Конечно, обладать всеми качествами непросто. Во многих случаях школа не имеет возможности выбирать учителей. Но даже при этом необходимо стремиться к идеалу.
Что Вы думаете об этом? Каким должен быть современный учитель? Мы с нетерпением ждем ваших отзывов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: