Dunyo ta’lim tizimidagi o‘ziga xos qoidalarni bilasizmi?

Dunyo ta’lim tizimidagi o‘ziga xos qoidalarni bilasizmi?

Har bir davlat ta’lim tizimining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ular mamlakat an’analari, odamlarning dunyoqarashi, ta’limga bo‘lgan munosabat va boshqa sabablarga ko‘ra shakllanadi.

Quyida shulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
Xitoyda o‘quvchilarga uyga vazifa ko‘p beriladi. Masalan, o‘quvchilar haftada 14 soat vaqtini uyga berilgan vazifalarni bajarishga sarflaydi.
Rossiyada o‘quv yili «Bilimlar kuni» bilan boshlanadi, bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa ham 1 sentyabr shu tariqa nishonlanadi.
Kundalik ovqatlanish masalasiga Fransiyada katta e’tibor beriladi, o‘quvchilar taom tayyorlash va ovqatlanish rejimi haqida mukammal tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
Eronda o‘g‘il va qiz bolalar alohida o‘qitiladi, qizlarga ayol, o‘g‘il bolalarga erkak o‘qituvchi dars o‘tishi shart.
Avstraliyada uzoq mintaqalarda yashaydigan talabalarga radio orqali dars o‘tish tajribasi bor.
Chilida yozgi ta’til biz uchun g‘ayrioddiy muddatda, ya’ni dekabrning o‘rtalaridan martning boshigacha davom etadi.
Niderlandiyada bolalar juda erta — 4 yoshidayoq maktabga chiqishadi.
Islandiyada maktab o‘quvchilariga tikish-bichishdan ham saboq berishadi.
Braziliyada tushlikka katta e’tibor qaratiladi, ko‘p maktablarda darslar juda erta, ya’ni ertalab soat yettidan boshlanadi, tushlikni esa o‘quvchilar uylariga borib oila davrasida qilishlari mumkin.
Finlandiyada bolalar yetti yoshga to‘lgachgina maktabga qabul qilinadi. Bundan tashqari, ushbu davlat ta’lim tizimi samaradorligi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Hukumat tasdiqlaydigan ta’lim hujjatlari faqat yo‘riqnoma hisoblanib, o‘qituvchi o‘zi ma’qul topgan uslubda dars berishi mumkin. O‘quvchilarga to‘qqiz yoshidan shved tili (ikinchi til sifatida), o‘n bir yoshidan ingliz tili o‘qitila boshlaydi. Maktab o‘quvchilari kamida to‘rtta tilni o‘rganadilar.


Система образования каждой страны имеет свои правила. Они формируются национальными традициями, мировоззрением людей, отношением к образованию и другими факторами.

Вот некоторые из них:
В Китае школьникам задают много домашних заданий. Например, студенты тратят 14 часов в неделю на выполнение домашних заданий.
В России учебный год начинается с Дня знаний, который отмечается 1 сентября, несмотря на то, что это государственный праздник.
Вопрос ежедневного питания настолько важен во Франции, что студенты должны в совершенстве разбираться в кулинарии и пищевых привычках.
В Иране мальчиков и девочек обучают отдельно, девочек — женщины, мальчиков — мужчины.
В Австралии есть история обучения радио студентов, живущих в отдаленных районах.
Летние каникулы в Чили длятся необычное для нас время, с середины декабря до начала марта.
В Нидерландах дети идут в школу очень рано — в 4 года.
В Исландии школьников также учат шитью.
В Бразилии обед очень популярен, во многих школах занятия начинаются очень рано, в семь утра, и ученики могут пойти домой и пообедать всей семьей.
В Финляндии детей принимают в школу только в возрасте семи лет. Это также самая эффективная система образования в мире. Утвержденные правительством документы об образовании являются лишь рекомендациями, и учитель может преподавать в том стиле, который он или она выбирает. Учеников будут обучать шведскому (как второму языку) в возрасте девяти лет и английскому языку в возрасте одиннадцати лет. Студенты изучают как минимум четыре языка.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: