O’qituvchilar uchun tibbiy ko’rik pullikmi yoki bepul?

O’qituvchilar uchun tibbiy ko’rik pullikmi yoki bepul?
Telegramda o'qish

Tibbiy ko’rikdan o’tish muammosi xar yili ko’tarilishi odat tusiga kirib qolgan.

O’qituvchilarning aksariyati tibbiy ko’rikdan o’tish o’qituvchilar uchun pullik yoki bepulligi, pullik bo’lgan taqdirda hamma joyda to’lov bir xil emasligi haqida shikoyat qilishadi. Ho’sh aslida bu hususida qonunlarda nima deyilgan.
Mehnat kodeksining 214-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog’ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazishni tashkil qilishi shart bo’lgan xodimlar ro’yxati ko’rsatilgan (bu ro’yxatga o’qituvchilar ham kiradi) hamda tibbiy ko’riklardan o’tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo’lmasligi belgilangan.
Amalda o’qituvchilar yoki ish beruvchi o’z hisobidan majburiy tibbiy ko’rikdan o’tkazishi kerak bo’lgan boshqa xodimlardan haligacha tibbiy ko’rik uchun pul olinadi.
E’tibor bergan bo’lsangiz MKning 214-moddasiga binoan tibbiy ko’rikdan o’tish munosabati bilan xodimdan pul undirilishi mumkin emas, shuningdek “Xodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi nizomga muvofiq tibbiy ko’riklarni o’tkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va o’rtacha oylik ish haqi saqlanishi belgilab berilgan.
YA’ni o’qituvchi ish vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tish uchun ketgan vaqtda oylik tabelga “+” qilib qo’yiladi. Aynan shu narsa xodimlarning tibbiy ko’riklardan o’tilishi munosabati bilan chiqimdor bo’lmasligini belgilaydi.
Bu masalada tibbiyot xodimlarini ham ayibdor qilish noo’rin. CHunki moliya bo’limlari budjet tashkilotlarining smetasini tasdiqlayotganda tibbiy ko’rik uchun pul ajratmaydi! Budjetdan pul ajratilmagandan keyin tibbiyot xodimlari yoki maktab direktorlari nima qilsin, yonidan to’lasinmi shuncha pulni?
Bu haqida huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev ham shunday degan edi:
“Amalda qonunlar nima uchun bajarilmayotganining sabablarini aniqlab, shunga qarshi kurashgan yanada foydaliroq bo’lardi. SHunchaki savol-javoblar bilan biror natijaga erishish qiyin. O’qituvchilarning huquqiy ongi o’ta yuksalib, «men o’z yonimdan pul to’lamayman» degan bilan muammo yechilmaydi. Direktor ham bilganingni qil, deydi. Natijada tibbiy ko’riklar o’tkazilmaydi xolos. Shumi yechim?
Bu yerda ikkita savolga javob topish kerak:

1) Nima uchun moliya bo’limlari byudjet tashkilotlari smetasiga majburiy tibbiy ko’riklar uchun pul ajratmaydi?

2) Agar pul ajratilsa, unda nima uchun haligacha ko’p joylarda xodimlarning o’z puliga tibbiy ko’rikdan o’tkazishadi? Byudjet pullarini maqsadli sarflanmayotganligi yuzasidan kimdir javob berishi kerakku axir.”

Bu masala bo’yicha Adliya vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tahlil qilish natijalariga ko’ra Mehnat kodeksining 214-moddasi birinchi qismiga qo’shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan edi. Loyihada ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarni hamda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan mashg’ul bo’lgan pedagog va boshqa xodimlarini ish beruvchining budjet mablag’lari hisobidan tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi tartibi nazarda tutilgan.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bilan ijtimoiy himoyaga muxtoj bo’lgan fuqarolarni, shuningdek pedagog xodimlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilinishi ta’minlanishiga erishiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak xozircha to’lov orqali tibbiy ko’rikdan o’tishga majburmiz. Chunki xozirda ayrim hududlarda hatto tibbiyot xodimlarining o’zlari ham pullik tibbiy ko’rikdan o’tmoqdalar. Balkim tez orada bu masalaga ham oydinlik kirib qolar.


Стало привычкой каждый год поднимать вопрос о диспансеризации.

Большинство педагогов жалуются на то, что медицинские осмотры для учителей платные или бесплатные, а если и платные, то плата не везде одинакова. Ну, это именно то, что говорит закон.
Статья 214 ТК предусматривает перечень работников, которые должны в первую очередь и периодически (во время работы) проходить медицинский осмотр при заключении трудового договора (преподавателей) и персонал не требует затрат в связи с медицинскими осмотрами.
На практике с учителей или других работников, которые по требованию работодателя должны пройти обязательное медицинское освидетельствование, по-прежнему взимается плата за медицинское освидетельствование.
Обращаем ваше внимание, что согласно статье 214 ГК РФ в связи с прохождением медицинского освидетельствования работнику не может быть предъявлено обвинение, а также в соответствии с Положением «О порядке проведения медицинского освидетельствования работников» по ​​месту работы работника (должность) и среднемесячная заработная плата определяются на момент перевода.
ЮА отмечается знаком «+» в месячной таблице при выезде учителя на медкомиссию во время работы. Именно поэтому для сотрудников так выгодно проходить медицинские осмотры.
Винить в этом медицинский персонал неправильно. Потому что финансовый отдел не выделяет деньги на медосмотры при утверждении бюджета бюджетных организаций! Что делать медицинскому персоналу или директорам школ, когда в бюджете нет денег, и нужно ли им столько платить?
Об этом же заявил и адвокат Хушнудбек Худойбердиев:
«На практике было бы полезнее выявить причины неисполнения законов и бороться с ними», — сказал он. Трудно прийти к заключению только с вопросами и ответами. Проблема не решается повышением правосознания учителей и словами: «Я сам за это платить не буду». Режиссер также говорит, делай то, что знаешь. В связи с этим медицинских осмотров не будет. Каково решение?
Вот два вопроса, на которые нужно ответить:

1) Почему финансовые органы не выделяют деньги на обязательные медицинские осмотры в бюджет бюджетных организаций?

2) Если выделяются деньги, то почему во многих местах работники до сих пор проходят медосмотры за свой счет? Кто-то должен ответить за нецелевое использование бюджетных денег».

По результатам анализа Минюстом обращений физических и юридических лиц по данному вопросу разработан и вынесен на общественное обсуждение проект закона о внесении изменений в часть первую статьи 214 Трудового кодекса. Порядок медицинского освидетельствования граждан, нуждающихся в социальной защите, а также педагогов и других работников общеобразовательных и дошкольных учреждений, непосредственно осуществляющих обучение и воспитание детей за счет средств бюджета работодателя.
С принятием данного законопроекта государство обеспечит социальную защиту граждан, нуждающихся в социальной защите, а также педагогов.
Короче, за медкомиссию еще надо платить. Потому что в некоторых районах даже сами медицинские работники проходят платные медосмотры. Возможно, этот вопрос скоро прояснится.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: