O‘qituvchilarga oktabr oyida belgilangan mukofot pulini hozir to‘lab berishning imkoni bormi?

O‘qituvchilarga oktabr oyida belgilangan mukofot pulini hozir to‘lab berishning imkoni bormi?

Savol: Bizni maktabning 35 nafar o‘qituvchisiga «1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan 460 ming so‘mlik mukofot puli berilishi kerak edi. Maktab ishchi guruhi qarori asosida direktorning buyrug‘i ham chiqqan ammo XTB xodimlarining aralashuvi va buxgalterining aybi bilan o‘shanda mukofot puli to‘lanmay qolib ketgandi. Shu mukofot pulini hozir to‘lab berishning imkoni bormi?

Javob: Pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan mukofot puli berish Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom asosida amalga oshiriladi.

Mazkur nizomning 12-bandiga ko‘ra ta’lim muassasasida tuzilgan Ishchi guruh umumta’lim muassasasi xodimlari faoliyatining samaradorligini tahlil qiladi va mukofotlanadigan xodimlarni aniqlaydi.

Keyin esa pedagog xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida Ishchi guruhning qarori asosida umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i chiqariladi. Shundan so‘ng ushbu mukofot pullari to‘lab berilishi kerak.

Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishi mumkin emas.

Agar buxgalteriya va moliya bo‘limining aybi bilan o‘qituvchilarga to‘lanishi kerak bo‘lgan mukofot puli kechiktirilgan bo‘lsa, unda to‘lanmay qolib ketgan mablag‘lar hozir ham to‘lab berilishi mumkin deb hisoblaymiz.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
1 oktabr hamma o‘qituvchilar mukofot puli oladimi?

Ustama olayotgan o‘qituvchilarga mukofot puli berilmaydimi?

Maktabning texnik xodimlariga mukofot puli berish mumkinmi?


Вопрос: По случаю «1 октября – Дня учителя и тренера» 35 учителям нашей школы должны были быть вручены 460 000 сумов. На основании решения рабочей группы школы также был издан приказ директора, но из-за вмешательства сотрудников Министерства образования и культуры и по вине бухгалтера денежное вознаграждение на тот момент не было выплачено . Можно ли сейчас выплатить этот призовой фонд?

Ответ: Предоставление премий педагогическому коллективу за счет фонда директора утверждено постановлением Кабинета Министров от 30.09.2019 № 823 «Об учреждении фонда директора для поощрения образцовых работников общеобразовательных учреждений общего образования». и осуществляется на основании положения о порядке использования его средств.

Согласно пункту 12 настоящего положения рабочая группа, сформированная в образовательном учреждении, проводит анализ эффективности деятельности работников общеобразовательного учреждения и определяет работников, подлежащих поощрению.

Затем на основании решения Рабочей группы директор общеобразовательного учреждения издает приказ о премировании педагогического коллектива. После этого эти премии должны быть оплачены.

Следует отметить, что отделы народного образования, районные (городские) отделы народного образования не могут вмешиваться в работу рабочей группы и принимаемые ими решения.

Если по вине бухгалтерии и финансового отдела была задержана выплата премий учителям, то мы считаем, что невыплаченные средства можно выплатить уже сейчас.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Все учителя получат премии 1 октября?

Премиальные деньги не даются преподавателям, проходящим стажировку?

Можно ли давать бонусные деньги техническому персоналу школы?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: