Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanidan dars bersam bo‘ladimi?

Boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanidan dars bersam bo‘ladimi?

Savol: Maktab bo‘yicha faqat men “Milliy istiqlol g‘oyasi; huquq va ma’naviyat asoslari” yo‘nalishini tamomlaganman. 5-11 sinflarga “Tarbiya” fanidan dars berib kelmoqdaman. Dars soatim “Tarbiya” fanidan 10 soat bor. Birinchi toifaga egaman.

Men boshlang‘ich sinflardagi tarbiya fanini o‘ta olamanmi? Boshlang‘ich sinflardagi pedagoglarda tarbiya fanidan hech qanday toifa yo‘q. Shu og‘riqli masalaga oydinlik kiritib javob bering iltimos. Dars soatim bir stavka chiqmayapti.

Javob: Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 01-698-sonli xatida umumta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini 1-4-sinflarda “Boshlang‘ich ta’lim” o‘qituvchilari, 5-11-sinflarda esa “Milliy g‘oya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari tomonidan o‘qitilishi mumkinligi aytilgan.

Undan tashqari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi 422-sonli qarorida ham bu haqda qayd etilgan. Vazirligining 01-698-sonli xatiga ko‘ra, “Boshlang‘ich ta’lim” o‘qituvchilariga beriladigan malaka toifalari ular boshlang‘ich sinflarida dars beradigan barcha fanlarga nisbatan tatbiq etilishi nazarda tutilgan.

Demak, “Tarbiya” fanini 1-4-sinflarda “Boshlang‘ich ta’lim” o‘qituvchilari o‘tadi va ular olgan malaka toifasi “Tarbiya” faniga ham tatbiq etiladi.

Ushbu savolga pedagog xodimlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi ishlab chiqilganidan so‘ng, yanada aniq javob berish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga doir:
Tarbiya fanidan to‘garak hujjatlari, konspekt va ish rejalar

«Tarbiya fanini duch kelgan o‘qituvchi o‘tmoqda» – alisher qodirov

Yangi tarbiya fani qanday fan, unda nimalar o‘rganiladi?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: