O‘qituvchilar faqat «1 oktabr mukofot puli oladi

O‘qituvchilar faqat «1 oktabr mukofot puli oladi

❗️O‘qituvchilar endi kalendar yili davomida emas faqatgina «1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan mukofot puli oladi.

Ma’lumki, pedagog xodimlar umumta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan ularga kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli to‘lash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirilishi, bu yiliga bir necha marotaba amalga oshirilishi mumkin edi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli qarori bilan ushbu tartibga cheklov o‘rnatildi. Yangi tartibga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqatgina «1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha (hozirgi vaqtda 460 ming so‘m) miqdorida mukofotlanishi mumkin.

Eski amaliyot bo‘yicha ta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilar ko‘rsatgan natijalariga qarab kalendar yili davomida navbatma-navbat lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda pul mukofoti bilan rag‘batlantirilardi. Bu orqali bir maktabdan eng kamida 70-80 foiz o‘qituvchi-xodimlar mukofotlanardi. O‘qituvchilar tilida bu “13-oylik” nomini ham olgan.

Endi o‘qituvchilar bunday tartibda rag‘batlanitirilmaydi. Buning o‘rniga o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan hamda o‘z ustida doimiy ishlaydigan, o‘zining o‘qitish uslubi va xalq orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan faol o‘qituvchilar ustama, ilg‘or xodimlar esa bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bir martalik pul mukofoti oladigan ilg‘or xodimlar ro‘yxati Xalq ta’limi vaziri tomonidan tasdiqlanadi.


❗️Учителя теперь получают премиальные деньги не в течение календарного года, а только по случаю «1 октября — Дня учителей и тренеров».

Как известно, педагогическим работникам за личный вклад в развитие общеобразовательного учреждения и за достижение высоких показателей в работе, а также в связи с отмечаемыми в нашей республике праздниками выплачивается премия в размере до к окладу двух должностей в течение календарного года.материальное поощрение с ли,это можно было делать несколько раз в год.

Постановлением Кабинета Министров № 425 от 2 августа 2022 года данное регулирование было ограничено. Согласно новому положению, работники общеобразовательных учреждений, в том числе руководители, будут премироваться в размере до 50 процентов минимального размера оплаты труда (в настоящее время 460 тысяч сумов) только по случаю «1 октября – Дня учителя и воспитателя».

По старой практике учителя в учебных заведениях поощрялись денежной премией в размере до 100% должностного оклада в течение календарного года в зависимости от результатов, которые они показали. Благодаря этому премировалось не менее 70-80 процентов учителей-сотрудников одной школы. На языке педагогов это еще называется «13-й месяц».

У учителей больше нет такой мотивации. Вместо этого активные учителя с высокими достижениями и трудолюбивыми учителями, которые зарекомендовали себя своим стилем преподавания и репутацией среди общественности, а также передовые сотрудники будут награждены единовременной денежной премией.

Список передовых служащих, которым будет выплачено единовременное денежное вознаграждение, утверждается министром народного просвещения.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Aziz ek

    Bizlar mukofot puli olmadik direktorni oʻzi olib yeb ketdi kim chora koʻradi bizni direktorga

  2. Mohinur

    Assalom alaykum men avval maktabda ishlaganman bu yil boshqa maktabga yangi ishga kirganligim sababli sizga berilmaydi deyishayapti shu togrimi

    1. Mirsoliyev_z

      Beriladi. Qaysi tuman shahardegi maktabda ishlesiz.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: