O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish to‘g‘risida ma’lumot

O‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish to‘g‘risida ma’lumot

O‘quvchiga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja asosida ta’lim-tarbiya beriladi.

O‘quv rejasidagi haftalik soatlar miqdori 1-4-sinflar uchun 8 soat, 5-9-sinflar uchun 10 soat, 10-11 sinflar uchun 12 soatni tashkil qiladi.

Dars jadvali maktab tomonidan o‘quvchining sog‘lig‘i holatini inobatga olib, ota-onalar bilan kelishgan holda ishlab chiqiladi hamda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Dars jadvali haftasiga kamida uch kunga moslab tuziladi.

O‘quvchining qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib, ota-onalarning arizasiga muvofiq o‘quv rejada ko‘rsatilgan fanlarni umumiy soatlar miqdoridan oshmagan holda 1 soatga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday o‘zgartirish maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq o‘quv rejadagi bitta fanni boshqa bir fan bilan almashtirish hisobiga amalga oshiriladi.

Jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish maktabning o‘quv dasturi, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarga uyda yakka tartibda ta’lim berish esa aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi.

Dars soatining davomiyligi jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun 45 daqiqa, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun 40 daqiqadan iborat bo‘ladi.

Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchining olgan baholari baholash daftariga qayd etib boriladi. Baholash daftari har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladi. O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga ko‘chirib boriladi.

Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi. O‘quvchining baholash daftari o‘qituvchida saqlanadi va o‘quv yili oxirida boshqa hisobotlar bilan birgalikda maktab rahbariyatiga taqdim etiladi.

Saytimizda uy ta’limida o‘qitiladigan o‘quvchilar uchun yangitdan tasdiqlangan dars setkasi joylashtirilgan. Ushbu hujjatni mana bu sahifaga o‘tib yuklab olishingiz mumkin.


Студент обучается на основе учебного плана, утвержденного Министерством народного образования Республики Узбекистан.

Еженедельные часы в учебной программе составляют 8 часов для 1-4 классов, 10 часов для 5-9 классов и 12 часов для 10-11 классов.

Учебный план разрабатывается школой по согласованию с родителями с учетом состояния здоровья учащегося и утверждается директором школы.

График занятий рассчитан минимум на три дня в неделю.

В зависимости от интересов и способностей учащегося, по требованию родителей допускается смена предметов, указанных в учебном плане, на 1 час, не превышающий общего количества часов. Такое изменение осуществляется путем замены одного предмета в учебном плане другим предметом в соответствии с приказом директора школы.

Индивидуальное домашнее обучение учащихся с ограниченными физическими возможностями является школьной программой, а индивидуальное домашнее обучение учащихся с ограниченными умственными возможностями — одним из специальных учебных заведений для умственно отсталых детей на основе программы погони.

Продолжительность урока составит 45 минут для учащихся с ограниченными физическими возможностями и 40 минут для учащихся с умственными недостатками.

Оценки учащихся в классе заносятся в оценочную книжку. Журнал оценок ведется отдельно по каждому предмету. Оценки в оценочной книжке учащегося копируются в журнал класса школы, в которой учащийся зачислен.

Родители подписывают оценочную книгу, чтобы подтвердить, что урок был проведен учителями. Журнал оценок учащихся хранится у учителя и сдается в администрацию школы в конце учебного года вместе с другими отчетами.

На нашем сайте появилась недавно утвержденная сетка курсов для студентов, обучающихся на дому. Вы можете скачать этот документ, перейдя на эту страницу.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 4
  1. Дилфуза

    Илтимос уй талими 2 -синф матиматика она тили укиш ва логапедия машгулотларидан окув режаси дарс ишланмалар болса ташаб беринг илтимос

  2. Nasiba

    Assalomu alaykum. Yakka tartibda o’qitiladigan o’quvchi uchun «Nutq o’stirish», «Ijtimoiy maishiy hayotga yo’naltirish » fanlaridan o’quv rejasi bo’lsa tashlab bering, iltimos.

    1. Madina

      Ish reja topdingizmi

  3. Muzaffar

    Assalomu alaykum menga fizika, geografiya, tarix, huquq fanlaridan uy taʼlimi ish rejasi boʻlsa tashlab bering iltimos. Oldindan raxmat.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: