O ‘qituvchi ta’til vaqtida ham to ‘garak o ‘tishi kerakmi?

O ‘qituvchi ta’til vaqtida ham to ‘garak o ‘tishi kerakmi?

Mehnat ta’tilida bo‘lgan pedagog xodimni to‘garak o‘tishga majbur qilish to‘g‘rimi?

Savol: Men o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Hozir mehnat ta’tilidaman. Ta’tilda bo‘lishimga qaramay direktor har kuni menga qo‘shimcha ishlar yuklayapti. Maktabdagi yozgi oromgohga kelib o‘quvchilarga to‘garak o‘tishim kerak ekan. Xullas, mehnat ta’tilida bo‘lishimga qaramay, ishga chaqirtirib olishyapti. Ishga bormayman desam chora ko‘ramiz deyishyapti. Buning uchun oylik ham to‘lashmayapti. Bu qonunan to‘g‘rimi?

Javob: Mehnat ta’tili xodimga hordiq chiqarish uchun beriladi. Ta’tilni xodim istagancha rejalashtiradi. Mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimni qo‘shimcha ishlarga jalb qilish mumkin emas. Shuningdek, mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimga jazo chorasi qo‘llash ham mumkin emas. Aksincha, bu vaziyatda maktab direktorining o‘zi Mehnat kodeksining 177-moddasiga zid ravishda harakat qilmoqda.

Maktab direktori sizni ishlashingizga o‘ta ehtiyoj sezgan taqdirda, buyruq orqali mehnat ta’tilidan chaqirib olib, sizga ish haqi to‘lashni davom ettirishi lozim. Ammo bu ham faqat sizning roziligingiz bilangina amalga oshiriladi.

Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 147-moddasida ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi, shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib qo‘yilishi kerakligi qayd etilgan.

❕Mehnat ta’tilida bo‘lgan o‘qituvchiga maktab direktorining to‘garak o‘tish to‘g‘risidagi talabini bajarmaganligi uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llash mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi qarorining 29-bandiga ko‘ra faqat xodimning roziligiga binoan hal qilinadigan holatlar ya’ni ish beruvchining xodimni mehnat ta’tilidan chaqirib olishi yoki ta’tilni boshqa muddatga o‘tkazishi, ish vaqtidan tashqari ishlarni bajarishi haqidagi talabini bajarishdan bosh tortishi mehnat majburiyatlarini buzishlik deb hisoblanmaydi va intizomiy jazo qo‘llanishi uchun asos bo‘lmaydi.

Xulosa qilib aytganda ta’tilda bo‘lgan pedagog xodimlarni to‘garak o‘tishga majbur qilish noqonuniy xati-harakat hisoblanadi.

Manba: Xalq ta’limi Info


Правомерно ли заставлять педагогического работника, находящегося в отпуске, объезжать?

Вопрос: Я работаю учителем. Я в отпуске. Несмотря на то, что я в отпуске, директор каждый день дает мне дополнительную работу. Я должен приехать в школьный летний лагерь и встретиться со студентами. Так вот, несмотря на то, что я в отпуске, меня вызывают на работу. Если я говорю, что не пойду на работу, они говорят, что примут меры. Они даже не платят за это. Это законно?

Ответ: Трудовой отпуск предоставляется работнику для отдыха. Сотрудник планирует отпуск по своему усмотрению. Сотрудник, находящийся в отпуске, не может быть привлечен к дополнительной работе. Также нельзя налагать штраф на работника, находящегося в отпуске. Наоборот, в данной ситуации сам директор школы действует вопреки статье 177 Трудового кодекса.

Если директор школы сочтет необходимым, чтобы вы работали, он обязан отозвать вас из рабочего отпуска приказом и продолжать выплачивать вам заработную плату. Но это тоже делается только с вашего согласия.

Поскольку в статье 147 ТК РУз допускается выход из отпуска только с согласия работника, в связи с этим неиспользованная часть отпуска должна быть предоставлена ​​работнику в другое время. в течение текущего рабочего года или отпуска следующего рабочего года отмечается, что его следует добавить в язык.

❕ Можно ли применить дисциплинарное взыскание к учителю, находящемуся в отпуске, за невыполнение требования директора школы о посещении школы?

Согласно пункту 29 постановления Пленума Верховного суда Республики Узбекистан дела, которые могут быть разрешены только с согласия работника, то есть ходатайство работодателя об отзыве работника из рабочего отпуска или переводе отпуск на другой срок, отказ от выполнения работы в нерабочее время не считается нарушением трудовых обязанностей и не является основанием для привлечения к дисциплинарной ответственности.

В заключение следует отметить, что заставлять учителей, находящихся в отпуске, ходить по кругу является незаконным действием.

Источник: Информация об общественном образовании.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: