O’qituvchi bir kunda necha soat ishlashi kerak?

O’qituvchi bir kunda necha soat ishlashi kerak?
Telegramda o'qish

Aytingchi 1 stavka darsi bor o’qituvchi 1 kun davomida necha soat ishlashi kerak?

Bepul to’garaklar ham shu ish soati ichiga kiradimi? Ish vaqti 8:00 da boshlansa soat nechada tugashi kerak? Iltimos to’liqroq javob bersangiz. Chunki biz o’qituvchilarni kechki 17:00 dan 19:30 gacha haftada bir kun majlis bahona ushlab qolishyapti.

YURIST JAVOBI:

Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi “O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 133-sonli qarorining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan va “Alohida tusga ega bo’lgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar ro’yxati”ga o’qituvchilar ham kiritilgan.

Agar yuqori sinf o’qituvchisining haftalik dars yuklamasi 20 soat qilib belgilangan bo’lsa, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq, o’qituvchining haftalik ish yuklamasi har bir o’quv soatini 0,8 koeffisientga ko’paytirish natijasida 16 soat qo’shish orqali 36 soat qilib belgilangan.

Shunga muvofiq o’qituvchi daqiqa hisobida 900 yoki 15 (astronomik) soat o’quvchilar bilan ishlasa, qolgan 21 soatni ish yuklamasida belgilangan boshqa vazifalar hamda maktab rahbariyati bergan topshiriqlarni bajarishga sarflashi lozim. Mehnat kodeksining 115-moddasiga ko’ra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo’lishi mumkin emas.

Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan ortib ketmasligi lozim.

Shunday kelib chiqib, xodimni sakkiz soatdan ortiq ishlatish mumkin emas, Bu mehnatga majburlash hisoblanadi va aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi.

Albatta, ish hajmining ortishi yoki muhim topshiriqlar ijrosini kechiktirib bo’lmasligini inobatga olib, ish beruvchi asosiy ish vaqtidan tashqari qo’shimcha ish vaqtida ham xodimning roziligi bilan uni ishga jalb qilishi mumkin. Bunda qo’shimcha ishlagan ish vaqti uchun ikki hissa ish haqi to’lanishi lozim. Bu vaqt qonun hujjatlariga muvofiq yiliga 120 soatdan oshmasligi kerak.


Сколько часов в день должен работать учитель с 1 ставкой?

Включены ли бесплатные клубы в этот час? Во сколько он должен закончиться, если бизнес начинается в 8:00? Пожалуйста, ответьте подробнее. Потому что нас, учителей, держат под предлогом встречи один день в неделю с 17:00 до 19:30.

ОТВЕТ ЮРИСТА:

Утвержден Приложением 4 к Постановлению Кабинета Министров от 11 марта 1997 года № 133 «Об утверждении нормативных документов, необходимых для реализации Трудового кодекса Республики Узбекистан». В перечень работников, подлежащих быть назначенным на

При установлении недельной нагрузки старшего классного руководителя в 20 часов согласно Постановлению Кабинета Министров № 275 от 21 декабря 2005 года недельная нагрузка учителя увеличивается на коэффициент 0,8 за каждый учебный час. как 36 часов, добавив часы.

Соответственно, если учитель работает с учащимися 900 или 15 (астрономических) часов в минуту, оставшиеся 21 час должны быть потрачены на другие задачи, указанные в учебной нагрузке и поручениях, данных администрацией школы. Согласно статье 115 Трудового кодекса нормальная продолжительность рабочего времени работника не может превышать сорока часов в неделю.

При шестидневной рабочей неделе продолжительность ежедневной работы не должна превышать семи часов, а при пятидневной рабочей неделе — не более восьми часов.

В результате сотрудник не может быть занят более восьми часов, что является принуждением, а виновные будут привлечены к ответственности по соответствующим статьям КоАП.

Разумеется, с учетом увеличения объема работы или невозможности отсрочки выполнения важных задач работодатель может с согласия работника привлечь его на сверхурочную работу помимо основного рабочего времени. В этом случае за сверхурочную работу должны быть уплачены два взноса. Это время не должно превышать 120 часов в год согласно законодательству.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Xoliqova Dildora

    karantin davrida jurnalga yozilmay qolib ketgan dars soatlari bugungi kunda tekshirilib aniqlansa, oʻsha paytda olingan ish haqimizni qaytarib beramizmi

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: