Chet tili o’qituvchilari diqqatiga

Chet tili o’qituvchilari diqqatiga
Telegramda o'qish

“Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash” test sinovlariga qabul boshlandi.

“Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash va malaka sertifikatini berish” uchun bo’lib o’tadigan test sinovlariga talabgorlarni “online” ro’yxatga olish tizimi ishga tushirildi.

Endilikda, ingliz, nemis va fransuz tillari bo’yicha test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar ro’yxatdan o’tish paytida o’zlari tanlagan muddatda test sinovlarida ishtirok etishi mumkin. YA’ni talabgorlar qaysi oyda test topshirishini o’zlari belgilaydi.

Boshqa tillar, ya’ni koreys, yapon, xitoy, ispan, italyan, turk, arab, fors, dari, uyg’ur tillari bo’yicha test sinovlari topshirish istagida bo’lgan talabgorlar tizimda belgilangan vaqtda test topshiradi.

Tizimda ko’rsatilgan oylar uchun qabul soni 1000 (ming) ta etib belgilangan.
Ro’yxatdan o’tish uchun tizim manzili: nsfla.uz
Shaxsiy kabinet manzili: my.nsfla.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: