Dekret puli qanchada to‘lanishi kerak?

Dekret puli qanchada to‘lanishi kerak?

⁉️Dekret puli qanchada to‘lanishi kerak? Dekret puli qanchada to‘lanishi haqida ma’lumot.

Savol: Assalomu alaykum ustoz xodim dekret ta’til pulini dekretga chiqandan song qancha vaqta olishi kerak shu savolga javob bersangiz. Oldindan katta raxmat.

Javob: «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida» Nizomning ( ro‘yxat raqami 1136) 103-bandiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha tayinlangan nafaqalar, shu jumladan sil kasalligi sanatoriylarida davolanish uchun beriladigan nafaqalar ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatlarda to‘lanadi .
Nizomning 104-bandiga ko‘ra esa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tug‘ishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lanadi .

❗️Demak, xulosa qiladigan bo‘lsak, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatda ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lab beriladi.

❗️MK 253-moddasiga ko‘ra esa, xodimlarga ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emas . Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, 16 kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ikki qismga bo‘lingan holda to‘lanadi.

©mehnathuquqi

Mavzuga doir:
Bugungi kunda o‘qituvchilar oyligi qancha? 2023-yil

O‘qituvchilar oyligi haqida juda xolis fikr

Telegramda o‘qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo‘riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: