Soatbay ishlayotgan hodimga mehnat ta’tili puli beriladimi?

Soatbay ishlayotgan hodimga mehnat ta’tili puli beriladimi?

Savol: Men ikkita talim muassasasida o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Birida bir stavka, ikkinchisida soatbay o‘qituvchiman.

Men ikkala ta’lim muassasasidan ta’til puli olishga haqlimanmi? Oldindan raxmat.

YURIST JAVOBI:

Soatbay haq to‘lashning yangi tariflari 2019 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan «O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifasi hamda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega umumta’lim maktablarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari, o‘qituvchi logopedi, logopediya shahobchasi mudirlariga malaka toifasiga ko‘ra soatbay o‘tilgan darslari uchun bazaviy lavozim maoshining 1,20 foizi miqdorida haq to‘lanadi.

Soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi ham kiritilgan. Shuningdek, umumta’lim maktablarining 10−11-sinf o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashtirilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta’limi ustalari tarkibi mehnatiga soatbay haq to‘lashda kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari qo‘llaniladi.

Demak, Soatbay haq to‘lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi ham kiritilgan bois sizga mehnat ta’tili puli berilmaydi.


В: Я работаю учителем в двух учебных заведениях. Я учитель неполный рабочий день и учитель неполный рабочий день.

Имею ли я право на отпускные от обеих школ? Заранее спасибо.

ОТВЕТ ЮРИСТА:

Новые почасовые ставки будут введены с 10 апреля 2019 года Министерством народного образования, Министерством высшего и среднего специального образования и Министерством занятости и трудовых отношений Республики Узбекистан. Утверждено Постановлением «Об утверждении размер почасовой оплаты труда».

Согласно решению учителям начальных, средних и высших учебных заведений с высшей, первой и второй квалификационными категориями и высшим или средним специальным образованием, педагогам-логопедам, заведующим логопедическими отделениями по квалификационной категории почасовая оплата за обучение производится в размере 1,20% от базового оклада.

В почасовую оплату входят отпускные. А также учебно-производственный комплекс, который специализируется на предоставлении профессионального образования учащимся 10-11 классов общеобразовательных школ, мастерам производственного образования профессиональных колледжей при почасовой оплате труда работников производственного образования Размеры почасовой оплаты труда предусмотрено

Это означает, что у вас не будет права на оплачиваемый отпуск, так как почасовая ставка также включает оплачиваемый отпуск.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 7
  1. Mamlakatxon

    Men Meliqo‘ziyeva Mamlakatxon 2015-yil FarDU Informatika va AT yo‘nalishini bitirganman hozirda maktabda ishlayabman 2019-yil noyabr oyidan boshlab menga vakant hisobida oylik to‘lashmoqda. Menga ta’tilda haq to‘lashadimi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Vakant hisobiga ta’til puli berilmaydi.

  2. Albina Muxtorova

    Assalomu aleykum men soatboy dars beraman.Menga tug‘ruq ta’tili uchun haq to‘lanadimi yoki yo‘qmi?

    1. Yulduz

      men 2 maktabda ishlayman soatbay ishlab yurgan ish joyimdan tugruq ta’tili to‘lanadimi

  3. Файзидинова Махсуда Акмаловна

    Мен асосий иш жойим богчада . мактабда хам ишлайман соатбай . Хозирда 4 курс талабасиман. Декрет пули мактабдан яни соатбай ишлайдиган жойимдан хам олсам буладими .

  4. Jaloliddin

    Hozirgi soatbay oqituvchilarga kasb hunar maktabda ishlasa mehnat tatili puli berilmaydimi

  5. Аноним

    Assalomu alaykum Men 2 ta maktabda ishlayman 1ishjoyimda 13 gildan beri ishlab kelyapman 2ish joyimda oktiyabirdan ish boshladim 3oy òrindoshlik asosida yanvar oyidan asosiy qilib oldi u birinchi ish joyimda esa òrindosh bòlib qoldim menga mehnat tatili puli birinchi ish joyimda xam tòlanmaydimi4 oy u yerda asosiy keyin òrindosh bòlib ishladimku oldindan raxmat javob uchun.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: