Maktabning asosiy vazifasi ta’lim berish

Maktabning asosiy vazifasi ta’lim berish

Maktab, o‘qituvchi, o‘quvchi va ta’lim-tarbiya haqida ochiq maqola.

Mazkur maqola psixologiyaga oid bilimlari bilan o‘rtoqlashib boruvchi psixo-bloger Sadriddin shamsning Telegram tarmog‘idagi kanalidan olindi.
Bu postni yozishdan avval so‘rovnoma o‘tkazdim. So‘rovnomadan shu ma’lum bo‘lyaptiki, ko‘pchilik maktabning vazifasi bolaga ta’lim va tarbiya berish deb o‘ylaydi.

Ammo-lekin-biroq.

Maktabning asosiy vazifasi faqatgina ta’lim berish. Foizlarda aytadigan bo‘lsam, maktab faoliyati 85% ta’lim 15% tarbiyani qamrab olishi lozim. Demak, maktab bolaga tarbiya berishda ko‘makchi xolos.

Nima uchun?

Chunki, bola 6-7 soatini maktabda ASOSIY VAQTini esa UYIda o‘tkazadi. Bundan tashqari bola 7 yoshdan boshlab maktabga boradi. 7 yoshgacha bola tarbiyasi deyarli shakllanib bo‘lingan hisoblanadi.

QAYTARAMAN!
Bola tarbiyasi 7 yoshgacha deyarli shakllanib bo‘lingan hisoblanadi!

Bolamga tarbiyani necha yoshdan bersam bo‘ladi degan savolga Ibn Sino ona qornidaligidayoq berish kerak deb javob qilgan ekanlar.

Maktablarimizda har bir sinfda 35-40tagacha o‘quvchi darsda o‘tiradi. Shuncha o‘quvchiga bitta o‘qituvchi qanday qilib ham ta’lim ham tarbiya bera oladi? O‘qituvchining diqqati, e’tibori, sabri yetmaydi. O‘qituvchi ham inson. Uning ham o‘z tashvishlari, muammolari va farzandlari bor.

Zamonaviy pedagogika talablariga ko‘ra sifatli ta’lim bo‘lishi uchun darsda o‘quvchilar soni 15tadan oshmasligi lozim. Tushunyapsizmi? SHuncha miqdor bo‘lsa, ta’lim sifatli bo‘ladi. Lekin 40 ta o‘quvchiga ham ta’lim ham tarbiya…

So‘rovnomadan ayon bo‘lyaptiki, ota-onalar farzandiga tarbiya berish mas’uliyatini maktabga yuklashgan.

Baraka topgurlar, tushuninglar! Maktabning o‘zining mas’uliyati — ta’lim berish mas’uliyati bor. Tarbiya ikkinchi masala.

O‘qituvchilar Oliy ta’limda bolaga tarbiya berish ilmini emas balki, o‘z mutaxxasisliklari bo‘yicha bolaga ta’lim berish ilmini o‘rganadilar. Ta’lim berishning o‘zi murakkab jarayon. Unga qo‘shimcha tarzda yana bir qiyin jarayon — tarbiyani ham topshirish adolatsizlik emasmi?

Nega hozirda tarbiya borasida muammolarimiz ko‘payib ketyapti?

Sababi oddiy. Chunki, bolalar ota-onasidan tarbiya ko‘rishmayapti. Ota-onalar tarbiya berishni maktabga yuklashgan.

Tarbiya ko‘rmaganlikning asosiy belgisi — bu kattalarni hurmat qilmaslik. Kattalarni hurmat qilmagan bola o‘qituvchisini hurmat qiladimi? O‘qituvchisini hurmat qilmagan bolaga ta’lim berib bo‘ladimi? Yo‘q albatta!

Tarbiyali bolaga ta’lim berish oson kechadi. Lekin o‘qituvchilar tarbiya qilish bilan ovora. Ta’lim esa bir chetda mung‘ayib qachon meni galim kelarkin deb kutib turibdi.

O‘qituvchi bilan repetitorni farqi nimada? Aslida unisi ham bunisi ham o‘qituvchiku

Chunki, repetitor ta’lim berish mumkin bo‘lgan tarbiyali bolalarga ta’lim beradi. Ahloqi yaxshi bo‘lmasa o‘qishiga qabul qilmaydi. Repetitordan hech vaqt tarbiya talab qilinmaydi. Tarbiyani ota-ona o‘z bo‘yniga oladi.

O‘qituvchi gardanida esa ham tarbiya ham ta’lim yuklangan. SHuning uchun o‘qituvchining ta’limida ham tarbiyasida ham sifat yo‘q. Shuning uchun ham repetitorlarga talab yuqorilab ketdi.

Xullas xulosa o‘zingizdan!


Открытая статья о школе, учителе, ученике и образовании.

Эта статья взята из Telegram-канала психолога-блогера Садриддина Шамса, который делится своими знаниями в области психологии.
Перед написанием этого поста я провел опрос. Опрос показывает, что многие считают, что миссия школы состоит в том, чтобы воспитывать и воспитывать ребенка.

Но но НО.

Основная задача школы – научить. В процентном отношении 85% школьных мероприятий должны охватывать 15% образования. Так что школа – это всего лишь способ воспитать ребенка.

Почему?

Потому что ребенок 6-7 часов проводит в школе и ОСНОВНОЕ ВРЕМЯ дома. Кроме того, ребенок ходит в школу с 7 лет. К 7 годам воспитание детей практически завершено.

Я ВЕРНУЛСЯ!
Воспитание ребенка к 7 годам практически завершено!

На вопрос, в каком возрасте я смогу воспитывать своего ребенка, Ибн Сина ответил, что его следует давать в утробе матери.

В наших школах в каждом классе 35-40 учеников. Как один учитель может учить и воспитывать столько учеников? Воспитателю не хватает внимания и терпения. Учитель тоже человек. У нее тоже есть свои заботы, проблемы и дети.

Согласно требованиям современной педагогики, количество учащихся в классе не должно превышать 15 человек для получения качественного образования. Ты понимаешь? Чем больше, тем лучше. Но образование и воспитание для 40 учеников…

Согласно опросу, родители несут ответственность за воспитание своих детей.

Благослови тебя, пойми! Школа несет ответственность за обучение. Образование – второй вопрос.

Преподаватели высших учебных заведений изучают не науку о воспитании детей, а науку о воспитании ребенка в своей области. Преподавание – сложный процесс. Кроме того, не несправедливо ли передать еще один сложный процесс — воспитание?

Почему сейчас у нас так много проблем с родителями?

Причина проста. Потому что детей не воспитывают родители. Родители несут ответственность за воспитание в школе.

Главный признак недисциплинированности – неуважение к взрослым. Уважает ли ребенок, который не уважает взрослых, своего учителя? Можно ли учить ребенка, который не уважает своего учителя? Конечно, нет!

Легче научить хорошо воспитанного ребенка. Но учителя заняты обучением. И образование находится в стороне, ожидая, когда я приду.

В чем разница между учителем и репетитором? На самом деле оба учителя.

Потому что репетитор учит образованных детей, которых можно воспитать. Его не примут, если его нравы плохи. Репетиторство никогда не требуется. Воспитание – это обязанность родителей.

Учитель несет ответственность как за обучение, так и за обучение. Поэтому нет качества в обучении и воспитании учителя. Поэтому спрос на репетиторов увеличился.

Итак, итог для вас!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Shavkatbek

    Nega ota-onalar bolalariga tarbiya berishmaydi????? Chunki ota-onalar oilasini pul bilan ta’minlash uchun chet-elga ketishgan yoki 12soatlab ishda bo‘lishadi. Shuncha ishlayotgan ota-ona bolasiga tarbiyani qanday bersin. Davlatni o‘qitish metodikasi xato va eskirganligi sababli ko‘plab o‘quvchilarda na bilim, na tarbiya bor. Ota-ona bolasini maktabga topshiryapti. Maktab esa na bilimni to‘g‘ri bera oladi, na tarbiyani. Ota bo‘lsam davlat maktablariga bolamni bermagan bo‘lardim.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: