Ibrat vaqti: Kishining nechta do’sti bo’lishi kerak?

Ibrat vaqti: Kishining nechta do’sti bo’lishi kerak?
Telegramda o'qish

Bir kishi mashhur donishmandning huzuriga kelib, undan so’rabdi:

– Ustoz, sizdan bir narsani bilib olmoqchi edim. Odamning nechta do’sti bo’lishi kerak? “Yuz tillang bo’lmasin, yuzta do’sting bo’lsin” degan maqolni eshitib qoldim. Lekin agar ataylab do’st qidiradigan bo’lsam, ishlarim o’ngidan kelishiga ishonmayman. Axir qarshingdagi odam aslida qanaqaligini bilib bo’lmaydi. Bundan tashqari, u chinakam do’st bo’lishga loyiqmi-yo’qmi – buni ham oldindan aytish qiyin. Uning ustiga, o’zimning ham boshqalarga qay darajada do’st bo’la olishim aniq emas…

– Savolingga javob beraman, to’g’rirog’i, javobni o’zing topasan, – debdi donishmand. – Huv anavi olma daraxtini ko’ryapsanmi? U dunyodagi eng baland olma og’ochlaridan biri. Borib o’sha daraxtning eng uchidagi mevalardan menga terib kel.

Odam o’sha tarafga qarab, daraxtning yuksak shoxlarida tovlanib turgan olmalarni ko’ribdi va:

– Lekin, taqsir, daraxt haqiqatan ham juda baland ekan. Mevalarni qanday qilib uza olaman? – debdi.

– Birorta do’stingni chaqir, birgalashib olarsizlar, – deb yo’l-yo’riq ko’rsatibdi donishmand.

Haligi kishi bir do’stini topib kelibdi. O’rtog’i uning yelkasiga chiqibdi, lekin mevalarga qo’li yetmabdi. Orada hali anchagina masofa bor ekan.

– Yo’q, bunaqada hech narsaga erishib bo’lmaydi, – debdi asabiylashib do’st izlovchi.

– Nima balo, boshqa umuman do’sting yo’qmi? – debdi kulib donishmand.

Boyaqish boshqa do’stlarini ham chaqirib, ancha-muncha odam yig’ibdi. Ular bir-birlarining yelkalariga mingancha, terlab-pishib yuqoriga intilishibdi… Biroq bu jonli havoza olmagacha yetib bormabdi, holdan toygan odamlarning oyoqlari ham toyibdi, hamma yerga gursillab tushibdi.

Bu ishlarni kuzatib turgan donishmand haligi kishini yoniga chaqiribdi va so’rabdi:

– Odamga nechta haqiqiy do’st kerakligini tushungandirsan?

– Ha, taqsir, tushundim, – debdi u lat yegan yelkasini uqalagancha.

– Juda ko’p do’st kerak ekan. Ko’pdan quyon qochib qutulmaydi. Har qanday muammoni ko’plashib
hal qilish mumkin.

Donishmand afsus bilan bosh chayqabdi:

– To’g’ri, do’stlarning ko’p bo’lgani yaxshi. Lekin miyasiga nar­von olib kelish fikri keladigan bittagina farosatli do’sting bo’lsa, undan-da yaxshi.


К известному мудрецу пришел человек и спросил его:

«Учитель, я хотел кое-что узнать от вас». Сколько друзей должно быть у человека? Я слышал поговорку: «Не имейте сотни золотых монет, имейте сто друзей». Но если я ищу друга, я не думаю, что у меня все получится. Никогда не знаешь, как может выглядеть другой человек. И трудно сказать, достоин ли он быть настоящим другом. Кроме того, непонятно, насколько я могу быть другом для других…

«Я отвечу на твой вопрос, или ты сам найдешь ответ», — сказал мудрец. — Видишь вон ту яблоню? Это одна из самых высоких яблонь в мире. Иди и сорви мне фруктов с верхушки того дерева.

Человек посмотрел в ту сторону и увидел яблоки, блестящие на высоких ветвях дерева, и сказал:

— Но, сэр, дерево действительно высокое. Как растянуть фрукт? Он сказал.

«Позовите друга, и вы будете вместе», — сказал мудрец.

Человек нашел друга. Его друг забрался ему на плечо, но не прикоснулся к фрукту. Впереди еще долгий путь.

«Нет, вы не можете добиться ничего подобного,» сказал друг нервно ищет.

— Что с тобой, у тебя совсем нет друзей? Сказал мудрец, смеясь.

На Крашение пригласили других друзей и собралось много народу. Они сидели друг у друга на плечах, обливаясь потом и пытаясь встать… Но до живого воздуха дело не доходило, и ноги измученных людей скользили и падали повсюду.

Мудрый человек, наблюдавший за этим делом, позвал человека к себе и спросил:

«Знаете ли вы, сколько настоящих друзей нужно человеку?»

— Да, сэр, понимаю, — сказал он, потирая израненное плечо.

«Мне нужно много друзей». Кролики долго не могли убежать. Любые проблемы изобилуют
можно решить.

Мудрец грустно кивнул:

«Хорошо иметь много друзей». Но лучше иметь только одного умного друга, который может придумать лестницу.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: