Alisher Navoiy haqida ma’lumot, tarjimai hol, hayoti va ijodi

Alisher Navoiy haqida ma’lumot, tarjimai hol, hayoti va ijodi

E’tiboringizga Mir Alisher Navoiy haqidagi ayrim ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz.

Eslatib o‘taman, Alisher navoiy tavalludiga bag‘ishlangan senariylar izlayotgan bo‘lsangiz ushbu sahifaga o‘ting: Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan senariylar to‘plami
Shuningdek saytimizdan Alisher Navoiy g‘azallari ushbu manzilda, Navoiyga bag‘ishlangan she’rlar esa mana bu manzilda joylangan.

Alisher Navoiyning hayot yo‘li

Alisher Navoiyning hayot yo‘li, faoliyati va merosi akademik Izzat Sultonning «Navoiyning qalb daftari» (Toshkent, BAN, 1969) nomli kitobida shoirning o‘z asarlaridagi ma’lumotlar hamda zamondoshlari qoldirgan ilk va ishonchli manbalar asosida ancha keng yoritilgan. Shundan kelib chiqib, bunda Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berish ma’qul ko‘rindi.
Alisher Navoiy hijriy 844 yil (tovuq yili) ramazon oyining 17 kuni, ya’ni melodiy 1441 yilning 9 fevral kuni Temuriyzoda Shohrux mirzo boshqarayotgan Xuroson mulkining poytaxti Hirot shahrida dunyoga keldi. Uning otasi G‘iyosiddin kichkina, G‘iyosiddin bahodur, G‘iyosiddin baxshi tarzida tilga olinadi. U temuriyzodalar, xususan Shohrux mirzo, Abulqosim Bobur mirzolarning amaldorlaridan bo‘lib, Sabzavor shahrining hokimi ham bo‘lgan. Alisher Navoiyning onasi (nomi noma’lum) ham ana shu muhitning vakili bo‘lib, temuriyzodalar xonadonining e’tiborli kishilaridandir. Shuning uchun Alisher Navoiy shunday yozadi:
Otam bu ostonning xokbezi ,
Onam ham bu sarobo‘ston kanizi.
Alisher ota-onasining tarjimayi hollari hozircha to‘liq yoritilgan emas.
Alisher tug‘ilgan oila o‘z zamonasining taniqli hamda ma’rifatparvar xonadonlaridan edi. Uning tog‘alari Mir Said Kobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylar ikki tilda she’r bituvchi shoirlar sifatida ma’lum bo‘lganlar. Alisherning og‘a-inilari-Nizomiddin Shayx Bahlul va Darvesh Ali ko‘kaldoshlar esa davlat arboblari –Shayx Bahlul-Xorazm hokimi, Darvesh Ali-Balx hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatganlar. Alisherning opa-singillari, amakilari haqida hozircha ma’lumotlar uchraganicha yo‘q. Bu xonadonda o‘z davrining olim va shoirlari yig‘ilib, mushoira va ilmiy suhbatlar qilganlar. Bu muhit esa hali bola bo‘lgan Alisherning she’riyatga moyilligini belgilagan edi. Shuning uchun Alisher Navoiy 3-4 yoshligidayoq she’rlarni yodlab olib, uyiga kelganlar taklifi bilan o‘qir edi. Bu haqda Alisher Navoiyning o‘zlari «Majolis un-nafois»ning birinchi majlisida zikr etilgan Amir Qosim Anvor haqida so‘z yuritayotganda uning bir baytini keltirib, shunday yozadilar:
Rindemu oshiqyemu jahonso‘zu joma chok,
Bo davlati g‘ami tu zi fikri jahon chi bok1 Bu faqir ( ya’ni Alisher Navoiy) avval nazmekim, o‘rganibmen bu… matla’dur. Hamono uch yosh bila to‘rt yoshning orasida erdim, azizlar o‘qimoq taklifi qilib, ba’zi hayrat izhor qilurlar erdi.»
Alisher to‘rt yoshga yetgach, uni muallimi donishmand bo‘lgan maktabga o‘qishga yuboradilar. Bu maktabda u Husayn Boyqaro bilan birga o‘qirdi. Shuning uchun Z.M.Bobur shunday yozadi: «Alisher va Husayn Boyqaro kichiklikda hammaktab ekondurlar»
Alisherning maktabda «oz vaqt ichida darslarni o‘zlashtirishda o‘z sheriklaridan ilgarilab» ketganligini Xondamir «Makorim ul-axloq»da alohida o‘qtiradi. Shuning bilan birga Alisherning xotirasi nihoyatda kuchli bo‘lganidan u ana shu vaqtlarda Farididdin Attorning 4600 baytdan iborat falsafiy-irfoniy dostoni bo‘lmish «Mantiq ut-tayri»ni ham boshdan oxirigacha yodlab olgan edi. Alisherning unga maftun bo‘lib qolib, boshqa hyech narsaga qaramay qo‘ygani tufayli oilada ham, maktabda ham bu kitob haqida so‘z yuritish man’ qilingan edi. Shuning uchun Alisher uni yashirin tarzda (ichida) doimo takrorlab o‘qirdi. Bu haqda Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida shunday yozadi:
Yodima bundog‘ kelur bu mojaro,
Kim tufuliyat chog‘i maktab aro…
Manga ul holatda tab’i bulhavas,
«Mantiq ut-tayr» aylab erdi multamas…
O‘ylakim, eldin uzuldi ulfatim,
Ul kitob erdi anisi xilvatim…
Onglag‘och atfol,aylab sho‘ru shayn,
Istimo‘ etti bu so‘zni volidayn…
Man’i kulli qildilar ul holdin,
«Mantiq ut-tayr» uzra qilu qoldin…
Lek chun yodimda erdi ul kalom,
Yoshurun takror etar erdim mudom…
Alisherning maktabda o‘qishi Shoxrux Mirzoning vafoti (1447 yil 12 mart) bilan boshlangan notinchlik tufayli ma’lum muddatda uzilib qoldi. Chunki ko‘pchilik kabi Alisherning oilasi ham Hirotni tark etib, Iroq tomonga yo‘l olishga majbur bo‘lgan edi. Bu safar vaqtida yosh Alisher Taft shahrida Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi. Hirotda Abulqosim Bobur hokimiyati o‘rnatilgach, xorijga ketganlar, jumladan Alisher oilasi bilan Hirotga qaytadilar. Otasi temuriyzoda Abulqosim Bobur mirzo xizmatida bo‘ladi. Alisher esa o‘qishini maktabda davom ettiradi. Alisher maktabda faqat rasmiy dasturdagi fanlarni o‘rganib qolmay, she’riyat, musiqa, tarixni ham o‘z davrining yetuk bilimdonlaridan chuqur o‘rganadi. Alisher Navoiy keyinchalik «Majolis un-nafois»da bu sohadagi ustozlarining nomlarini ehtirom bilan tilga oladi.Jumladan:
«Darvesh Mansur (vaf. 887h.-1482 m.) … aro‘z va sanoye’da Mavlono Yahyo Sebak shogirdi erdi. Ikki aro‘z tasnif qildi… Faqir (ya’ni Alisher Navoiy) aro‘zni Darvesh qoshida o‘qibmen».
«Xoja Yusuf Burhon- . Musiqiy ilmini ham yaxshi bilur erdi va faqir (Alisher Navoiy) musiqiy fanida aning shogirdiman .Xuddi shu vaqtlarda u zamonasining mashhur shoirlari bilan shaxsan yoki sirtdan tanishadi. Masalan, Mir Shohiy (1385-1453) bilan yozishmaga kirganligi haqida shunday yozadi:
«Faqir (Alisher Navoiy)agarchi ani (Mir Shohiyni) ko‘rmadim, ammo aning bila faqirni orasida e’lom (xabardor bo‘lmish) va irsol (maktub yuborish) voqye’ bo‘ldi». Bu esa bejiz emasdi.Chunki she’riyat qonun-qoidalari bilan yaxshi tanishgan Alisherning shoirlik qobiliyati ham to‘laroq namoyon bo‘laverib, yozgan she’rlari og‘izga tushgan edi. Shundanda, 12-13 yashar Alisher she’rlarining Mir Shohiylar nazariga tushgani ham, yozishmalarning maydonga kelishi ham sababsiz emasdi.
Bu orada Alisherning otasi Sabzavor hokimi G‘iyosiddin Bahodur vafot etadi(taxminan 1454 yilda). Alisher Abulqosim Bobur Mirzo tarbiyasida qoladi. Bu esa Alisherning o‘qishni davom ettirishi, yangi-yangi shoir va allomalar bilan tanishuvi, ular ishtirokidagi suhbat va mushoiralardan bahramand bo‘lishiga imkon yaratdi. Abulqosim Bobur Mirzoning o‘zi ham ma’rifatli, himmati baland va shoirtab’ bo‘lgani tufayli iqtidorli Alisherga har jihatdan otalarcha g‘amxo‘rlik qilardi. Ammo ko‘p o‘tmay, ya’ni 1457 yilda Abulqosim Bobur mirzo vafot etgach, Mirxondning yozishicha, «Alisher Navoiy Mashhadda turib qolib, kamolot va fozillikni egallash va ilm masalalari bobida mukammallikka erishuv bilan mashg‘ul» bo‘lgan edi. Shuning bilan birga olimlar va shoirlar bilan muloqotda bo‘lar, ulardan bahramand bo‘lib, ularga g‘amxo‘rliklar ham ko‘rsatardi. Jumladan, Alisher Navoiyning o‘zi shunday yozadi:
«Xoja Hasan Xizrshoh-…she’rni yaxshi aytur erdi… «Layli va Majnun» muqobalasida «Zayd va Zaynab» masnaviy aytibdur… Bobur mirzo Mashhadda favt bo‘lg‘on yil ul shaharda g‘arib va xasta yiqilib erdi (qarovchisi bo‘lmagan kasal bo‘lib qolgan edi). Faqir (Alisher Navoiy) g‘amxo‘rlik qilib, sihat topti» .
Alisher Navoiy Abusaid Mirzo zamonida Mashhaddan Hirotga borib, Mirxondning yozishiga ko‘ra, «bir necha kunini u iqbol uyi ostonasi (ya’ni Abusaid Mirzo saroyi) mulozamatida (xizmatida) o‘tkardi». Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Sayid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammadlarning suhbatlarida bo‘lish, maslahatlarini olish sharafiga muyassar bo‘ldi. She’rlari esa tobora shuhrat qozonaveradi. Alisher Navoiyning Abusaid zamonida Hirotda bo‘lishi ko‘pga cho‘zilmadi. 1465 yil oxirlarida Abusaid mirzo Alisherga Hirotdan ixroj (ketishi) bo‘lishni buyurdi. Alisher Navoiy bu hukmni tezda bajarishi shart bo‘lganidan u Samarqandga ketishni ixtiyor qildi va do‘stlari, ustozlarining hammalari bilan ham xayrlasha olmay, bu shaharga Balx, Tirmiz, Qarshi, Shahrisabz orqali yetib keldi.Alisher Navoiy Samarqandga kelishi sababi haqida shunday yozadi: «Faqir tahsil uchun Samarqandg‘a borg‘onda ul (ya’ni mavlono Yusuf Badiiy ) Andijondin keldi».
Alisher Navoiy bunda Samarqand hukmdori Ahmad Hojibek Vafoiy g‘amxo‘rligida yashadi, mashhur alloma Fazlulloh Abulaysiy Samarqandiy nazdida ikki yil arabiyat, she’riyat va fiqhdan ta’lim oldi; naqshbandiya tariqatining peshvosi Xoja Ubaydulloh- Xoja Ahrori Vali (1404-1490) so‘hbatlaridan bahramand bo‘ldi; adabiy muhitning mavlono Riyoziy, Shayxim Suhayliy, Mirzobek kabi vakillari bilan yaqin ijodiy munosabatda bo‘ldi, mushoiralarda fa’ol qatnashib, katta obruga sazovor bo‘ldi. Samarkandda ekanligi vaqtida she’rlar yozdi, arabcha so‘zlar lug‘ati bo‘lmish «Sab’at ul-abhur»ni tuzdi, otaxoni Sayid Hasan Ardasherga masnaviyni bitdi, oxirlarida esa «Hiloliya» qasidasini yaratdi.

Alisher Navoiyning ijod yo‘li

Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o‘zini “Xitoydan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm” (el, urug‘)larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab o‘tdi . Qadim zamonlardan , shu jumladan, Navoiy yashagan davrda ham Xuroson va Movarounnahr bir mamlakat bo‘lib, bir taxt egasi ixtiyorida kelgan, aholisining asosiy qismini turkiy xalqlar tashkil etgan. Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy tili “Andijon shevasi bilan rost” ligini aytadi. Binobarin, biz – o‘zbeklar turkning eng qadim bo‘g‘inini tashkil etgan va bugun o‘zbek millati bo‘lib shakllangan xalq buyuk Navoiyning bevosita vorislaridirmiz. Navoiydek jahoniy zotga avlodlik va vorislik hissi har bir o‘zbekning qalbini g‘urur va iftixor tuyg‘ulari bilan to‘ldiradi.
Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o‘sdi. Olimu fozillar davrasida bo‘ldi. 3-4 yoshlarida davrining mashhur shoiri Qosim Anvarning bir she’rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. 5 yoshida esa uni maktabga berdilar. U bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi.
Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi. Ko‘p o‘tmay, taxtga Abulqosim Bobur Mirzo o‘tiradi. Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa, o‘qishini davom ettiradi. Bo‘lajak shoir Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo‘ston” asarlarini sevib o‘qiydi. Ayniqsa, Farididdin Attorning qushlar tilidan hikoya qilingan “Mantiq ut-tayr” asari Alisherning o‘y –xayolini tamom egalab oladi. U odamlardan yotsiraydigan, xilvatni yoqtiradigan bo‘lib qoladi. Bu holdan uning ota-onasi tashvishga tushadilar va kitobni yashiradilar. Lekin bu foydasiz bo‘lib chiqadi. Kitob Alisherga tamom yod bo‘lgan edi. “Mantiq ut-tayr” xayoli Alisherga bir umr hamroh bo‘ldi. Umrining so‘ngida esa, “Lison ut-tayr” nomi bilan unga javob yozdi. Bo‘lajak mutafakkirining sevib o‘qigan shoirlari yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy edi.
1453-yilda Alisherning otasi G‘iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do‘st – Husayn va Alisher yana birga bo‘ldilar. Bu yillar ham yosh Alisher uchun o‘qish va ilm egallash yillari bo‘ldi. She’rga mehr Alisherni ijodga undadi. U 7 – 8 yoshlarida she’r yoza boshladi.O‘zbekch she’rlariga “Navoiy”, forscha she’rlariga “Foniy” taxallusini qo‘ydi. 15 yoshlarida she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tortdi.
1457- yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot etdi. Uning o‘rnini Abusaid Mirzo egalladi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga sho‘ng‘ib ketdi. Navoiy esa Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi. 1464-yilda Hitotga qaytib kelgan shoir hayotida noxushliklar boshlandi. Abusaid Mirzo taxtga da’vogar Husayn Boyqaroning yaqin kishilarini ta’qib ostiga oladi. Alisherning ota mulkini musodira qiladi, tog‘alari Kobuliy va G‘aribiylarni qatl ettiradi.
Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning bu yerga kelish sababini turlicha ko‘rsatadilar. Tarixchi, Navoiy haqidagi “Makorim ul-axloq”-“Yaxshi xulqlar” nomli maxsus asarning muallifi Xondamir uni o‘qish uchun keldi, deydi. Zahiriddin Bobur esa Abusaid surgun qildi, deb ma’lumot beradi. Har ikkalasi uchun ham asos bor, albatta.
Nima bo‘lganda ham, Samarqand uning hayotida o‘chmas iz qoldirdi. Chunki Samarqand sohibqiron Amir Temur poytaxt qilgan shahar edi. Go‘ri Amir, muazzam Ko‘ksaroy, Ulug‘bek rasadxonasi kabi o‘nlab tarixiy obidalar, jome’ masjidlar, madrasalar, qanchadan-qancha olimu fozillar, shaharning tabiiy go‘zalligi uning xotirasida saqlanib qoldi. Keyinchalik bu shaharni o‘z asarlarida “firdavsmonand” (jannatmisol) deb ta’rif etdi.
Navoiy shu yillari shoir sifatida juda katta shuhrat topa bordi. 1465-1466-yillarda uning muxlislari she’rlarini to‘plab, “Devon” tuzdilar. Bu kitob bugun “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir. 1469-yilda Hirot taxtiga Husayn Boyqaro chiqdi va Samarqandga xat yo‘llab , maktabdosh dosti Alisher Navoiyni o‘z yoniga chaqirib oladi. Davlat ishlariga jalb etadi, muhrdor qilib tayinlaydi. Shu tariqa, buyuk shoir Husayn Boyqaro saroyida 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir bo‘lib ishladi. 1487-1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Boyqaro hokimiyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatiga tayanib ish ko‘rdi. Uni, qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayaniladi. Buyuk shoir “amri kabir” (ulug‘ amir), “amirul muqarrab” (podishohga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘ldi. Uning vazirlik yillari hirotda obodonlik ishlari avj olgan, madaniyat gullab yashnagan davr bo‘ldi. Ulug‘ amir o‘zi bosh bo‘lib suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski ariqlarni tozalattirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta’mir qildirib, yangilarini qurdirdi. Qanchadan-qancha madrasalar, xonaqolar soldirdi. Uning, ayniqsa, Husayn Boyqaro hokimiyatini mustahkamlash, yurt osoyishtaligini ta’minlash, temuriyzodalar toj-u taxt uchun olib borayotgan kurashlarning oldini olish borasidagi xizmatlari katta bo‘ldi. Aql-u zakovati, donishmandligi, el-yurt orasidagi yuksak mavqei bilan Husayn Boyqaro va o‘g‘illari-shahzodalar o‘rtasidagi ko‘plab nizo va janjalarni yarashga aylantirib, ota va bolalarning bir-birlariga mehr-muhabbatlarini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Qanchadan-qancha g‘alayonlarni tinchitdi. U jangda jasur, she’rda iste’dodli, do‘stlikda sadoqatli bo‘lgan. Sulton Husayn Boyqaroga qattiq ishonar edi. Alisher Navoiy she’rini, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham ijod qilishni to‘xtatmadi. 1472 – 1476- yillarda “Bado‘yeul bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”), 1476 – 1483- yillarda “Navodirun nihoya” (“Nihoyasiz nodirliklar”) nomlari bilan ikki devon tuzdi.
1483 – yilda turkiy tilda birinchi bo‘lib Nizomiy Gankaviydan keyin hech qaysi shoir yozmagan “Xamsa” yozishga kirishdi va juda qisqa muddat – ikki yilda besh yirik dostondan iborat “Xamsa” ni yozib tugatdi. Bular “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” dir. Ilm va ijod ahli bu voqeani zo‘r shodliklar bilan qarshi oldi. Abdurahmon Jomiy Navoiy “Xamsa” siga yuksak baho berdi. Husayn Boyqaro buyuk shoirni o‘zining oq otiga mindirib, unga jilovdorlik qilib, Hirot ko‘chalarini aylantirdi.
Alisherning shoh qoshida oshib borayotgan mavqe’- e’tibori saroydagi Majididdin boshliq bir guruh el haqidan xazar qilmaydigan amaldorlarni tashvishga solib qo‘ydi. Ular shohning adolatlattalab amirini ko‘zdan uzoqroqqa jo‘natish yo‘lini izlay boshladilar va bunga muvaffaq bo‘ladilar. Shoir 1487-1488-yillarda Astrabotga hokim tayinlanib, poytaxtdan uzoqlashtirildi .
1480-1490-yillar Navoiy uchun badiiy ijodda samarali yillar bo‘ldi. Shoir “Xamsa”dan keyin bir qator nasriy asarlar yaratdi. 1488-yilda “Tarixi mulki Ajam” asarini yozdi. Shu yillar Navoiyning yaqin do‘stlari, ustozlaridan Sayyid Hasan Ardasher(1489), Abdurahmon Jomiy(1492), Pahlavon Muhammad(1493) ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga bag‘ishlab “Holati Sayyid Hasan Ardasher”, Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holati Pahlavon Muhammad” asarlarini yozadi. Bu asarlar nasriy bo‘lib, shoirning ulug‘ zamondoshlari haqidagi memuar-xotiralaridan tashkil topgan edi.
1491-yilda shoir muammo janriga bag‘ishlangan “Risolai muammo” asarini yozdi.Muammoni tuzish va yechish yo‘llarini ko‘rsatdi. Navoiy zamonasida muammo, asosan, fors tilida yozillardi. Navoiy o‘zbek tilida muammo yozgan ilk o‘zbek shoirlaridan bo‘ladi. Shoirning 52 o‘zbekcha, 500 forscha muammosi bor.
Navoiyning 1490-yillardagi eng katta xizmatlaridan biri “Xazoyin ul-maoniy”ni tuzishi bo‘ldi. To‘rt devondan iborat bo‘lgan bu ulkan sheriy to‘plam shoirning turkiy tilda yozgan deyarli barcha lirik she’rlarini qamrab olgan edi.
Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma’naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Mustaqil O‘zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O‘zbekiston Davlat mukofoti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti, opera va balet akademik teatri, O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma’rifiy muassasalar, jamoa xo‘jaliklari ulug‘ shoir nomi bilan ataladi. Alisher Navoiy o‘zbek tili asoschisi va davlat arbobi buyuk mutafakkir olim sifatida barcha turk elatlar yodida asrlar davomida saqlanajak!

Mavzuga doir:
Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan she’rlar to‘plami

Alisher Navoiy haqida sahna ko‘rinishlari to‘plami

Alisher Navoiy g‘azallari, eng sara g‘azallar audio shaklda


Предлагаем вашему вниманию некоторую информацию о Мир Алишер Навои.

Напомню, что если вы ищете сценарии, посвященные рождению Алишера Навои, перейдите на эту страницу: Сборник сценариев, посвященных рождению Алишера Навои
Газели Алишера Навои также доступны на нашем сайте, а стихи, посвященные Навои, доступны по этому адресу.

Образ жизни Алишера Навои

Жизнь, деятельность и наследие Алишера Навои подробно описаны в книге «Сердечная книга Навои» (Ташкент, БАН, 1969) академика Иззата Султана, основанной на сведениях в его трудах и первых и наиболее достоверных источниках, оставленных современниками. Поэтому уместно кратко рассказать о жизни и деятельности Алишера Навои.
Алишер Навои родился 17 февраля 844 г. хиджры (год курицы), 9 февраля 1441 г. н.э. Его отец, Гиёсиддин Младший, известен как Гиёсиддин Бахадур, Гиёсиддин Бахши. Он был одним из чиновников Темуридов, в частности Шахрух Мирзы, Абулькасима Бабура Мирзы, был градоначальником Сабзавора. Мать Алишера Навои (имя не разглашается) также является членом этой семьи и видным членом семьи Темуридов. Вот почему Алишер Навои пишет:
Мой отец хоккеист,
Моя мама тоже русалка.
Биографии родителей Алишера еще не полностью освещены.
Семья Алишера была одной из самых известных и просвещенных своего времени. Его дяди Мир Саид Кабули и Мухаммед Али Гариби были известны как поэты, писавшие стихи на двух языках. Братья Алишера, Низамиддин Шейх Бахлул и Дарвеш Али, были губернаторами штатов Шейх Бахлул-Хорезм и Дарвиш Али-Балх. О сестрах и дядях Алишера сведений нет. Ученые и поэты его времени собирались в этом доме для поэзии и научных дискуссий. Эта среда определила интерес Алишера к поэзии еще в детстве. Вот почему Алишер Навои заучивал стихи в 3-4 года и читал их по приглашению тех, кто приходил к нему домой. Сам Алишер Навои цитирует стих Амира Касима Анвара, упомянутый на первой сессии Меджлиса ун-нафаис:
Риндему осикиему джахансозу джома чок,
Это бедняга (то есть Алишер Навои). Мне было еще от трех до четырех лет, и святые предлагали учиться и выражали некоторое восхищение».
Когда Алишеру было четыре года, его отдали в школу, где его учителем был мудрец. В этой школе он учился у Хусейна Бойкаро. Вот почему З. М. Бобур пишет:«Алишер и Хусейн Бойкаро — одноклассники в школе»
В « Макарим уль-Ахлак» Хандамир упоминает, что Алишер «за короткий промежуток времени опередил своих сверстников в обучении». При этом память Алишера была настолько сильна, что в это время он от начала до конца выучил наизусть 4600-байтный философский эпос Фаридиддина Аттара «Мантик ут-тайри». Алишер был очарован ею и игнорировал ее, поэтому говорить о книге в семье или в школе было запрещено. Поэтому Алишер читал ее тайно (внутри) снова и снова. Об этом пишет Алишер Навои в эпосе «Лисон ут-тайр»:
Я помню этот конфликт,
Кто в середине школы?
В этом случае естественные булхавы,
«Мантик ут-тайр» ходил мультам…
Кажется, я заблудился, мой друг.
Это была книга.
Сознательные дети, самогон,
Родители используют это слово…
Они заставили меня смеяться,
Пришло время бросить ее и двигаться дальше.
Я вспомнил это слово для Лека,
Я продолжал повторять тайную грязь
Учеба Алишера была на некоторое время прервана волнениями, начавшимися со смертью Шахрукх Мирзы (12 марта 1447 г.). Как и многие другие, семья Алишера была вынуждена уехать из Герата в Ирак. Во время этой поездки молодой Алишер встретится с Шарафиддином Али Язди в Тафте. После установления в Герате правления Абул Касима Бабура те, кто уехал за границу, в том числе семья Алишера, вернулись в Герат. Его отец, Абулькасим Бабур Мирза, состоял на службе у Темуридов. Алишер продолжит свое образование в школе. Алишер не только изучал в школе официальные предметы, но и изучал поэзию, музыку и историю у ведущих ученых своего времени. Алишер Навои позже упоминал имена своих учителей в Меджлисе ун-нафаис.
«Дарвеш Мансур (ум. 887х-1482м.)… Был учеником Мавланы Яхьи Себака в Арозе и промышленности. Он классифицировал две петиции: «Я читал петицию Факира (т.е. Алишера Навои) под Дарвишем».
«Ходжа Юсуф Бурхон-. Он был хорошо знаком с музыкальной наукой, а бедняк (Алишер Навои) был одним из его учеников в области музыки.При этом лично или лично встречался с известными поэтами своего времени. Например, он пишет о своей переписке с Мир Шахи (1385-1453):
«Хотя бедного (Алишера Навои) ани (Мир Шахи) я не видел, но между ним и бедным был элам (посылка) и посылка (посылка) письма». Это было не напрасно: хорошо знакомый с правилами поэзии Алишер также в полной мере проявил свои поэтические способности, и его стихи пользовались большой популярностью. Недаром стихи 12-13-летнего Алишера попали в поле зрения Миршахов, как и появление переписки.Тем временем умер отец Алишера, Гиёсиддин Баходур, правитель Сабзавара (около 1454 г.). Алишера Абулькасима будет воспитывать Бабур Мирзо. Это позволило Алишеру продолжить учебу, познакомиться с новыми поэтами и учеными, насладиться с ними беседами и чтением стихов. Сам Абулькасим Бабур Мирза, будучи просвещенным, щедрым и поэтичным, всячески по-отечески заботился о талантливом Алишере. Однако вскоре после смерти Абул-Касима Бабура в 1457 году Мирханд писал, что «Алишер Навои остался в Мешхеде и занимался достижением совершенства и совершенства и совершенства в области науки». Он также общался с учеными и поэтами, наслаждался ими и заботился о них. В частности, сам Алишер Навои пишет:
«Ходжа Хасан Хизршах-…хорошо прочел поэму… «Зайд и Зейнаб» прочел маснави в поэме «Лейли и Меджнун»… Год смерти Бабура Мирзы в Мешхеде стал больным). Факира (Алишера Навои) вылечили и вылечили».
Алишер Навои путешествовал из Мешхеда в Герат во время правления Абусаида Мирзы, и, по словам Миркханда, «он провел несколько дней на службе у Дома Икбала (то есть во дворце Абусаида Мирзы)». Мавлана Лутфи, Абдурахман Джами, Сайид Хасан Ардашер, Пахлавон Мухаммад имели честь дать интервью и получить совет. И его стихи становятся все более популярными. Пребывание Алишера Навои в Герате во время правления Абу Саида длилось недолго. В конце 1465 года Абу Саид приказал Алишеру покинуть Герат. Алишер Навои должен был выполнить этот приговор, поэтому он решил отправиться в Самарканд и не смог проститься со всеми своими друзьями и учителями, и приехал в Балх, Тирмизи, Карши, Шахрисабз. т.е. Мауляна Юсуф Бадии) приехал из Андижана.
Алишер Навои жил на попечении правителя Самарканда Ахмада Ходжибека Вафои, два года изучал арабский язык, поэзию и юриспруденцию у известного ученого Фазлуллы Абулайси Самарканди; глава секты накшбандистов Ходжа Убайдулла наслаждался беседами с Ходжой Ахрори Вали (1404-1490); Он имел тесные творческие отношения с такими представителями литературной среды, как Мавлоно Риязи, Шейх Сухайли, Мирзобек, принимал активное участие в поэтических чтениях и снискал большую известность. Находясь в Самарканде, он написал стихи, составил словарь арабских слов «Саб’ат уль-Абхур», написал маснави для своего отца Сайида Хасана Ардашера и, наконец, сочинил поэму «Хилалия».

Творческий путь Алишера Навои

Навои – величайший поэт всех тюркских народов. Потому что он описывал себя как поэт тюркских «племен», расселившихся от Китая до Хорасан.он сказал. Он объединил их под одним знаменем литературного языка, «единого». Это оказало большое влияние на экономическое, политическое и духовное развитие нации.
Великий поэт жил в Хорасане, его столице Герате. С древних времен, в том числе во времена правления Навои, Хорасан и Мовароуннахр были одной страной, управляемой одним престолом, и большинство ее населения составляли тюрки. Захириддин Мухаммад Бабур говорит, что навоийский язык «совпадает с андижанским диалектом». Поэтому мы, узбеки, являемся прямыми наследниками великого Навои, народа, составившего древнейшую ветвь тюрков и сформировавшего сегодня узбекскую нацию. Чувство родословной и наследственности такой глобальной личности, как Навои, наполняет сердце каждого узбека гордостью.
Алишер рос под особым воспитанием и присмотром, потому что жил в дворцовой среде. Он был в кругу ученых. В возрасте 3-4 лет он удивил гостей, прочитав стихотворение известного поэта своего времени Касима Анвара. В 5 лет его отдали в школу. Учился у будущего султана Хусейна Бойкаро.
Династия Алишеров вернулась в Герат в 1451 году. Вскоре на престол взошел Абулькасим Бабур Мирза. Отец Алишера, Гиёсиддин Мухаммад Сабзавор, был назначен губернатором. Алишер продолжит учебу. Будущий поэт любит читать произведения Сади Шерози «Гюлистан» и «Бостон». В частности, «Мантик ут-тайр» Фаридиддина Аттора на языке птиц полностью захватывает воображение Алишера. Он становится одиноким, замкнутым человеком. В этом случае его родители переживают и прячут книгу. Но оказывается бесполезным. Алишер очень хорошо запомнил книгу. Идея «логики ут-тайр» сопровождала Алишера всю жизнь. Ближе к концу жизни он ответил ему под именем Лисон ут-тайр. Любимыми поэтами будущего мыслителя были Низами Гянджеви и Хусрав Дехлеви.
В 1453 году умер отец Алишера, Гиосиддин Мухаммед. Алишер Абулькасим поступил на службу к Бабуру. Он жил сначала в Сабзаваре, а затем в Мешхеде. Воссоединились два одноклассника, Хусейн и Алишер. Это были годы учебы и учебы для юного Алишера. Любовь Алишера к поэзии вдохновляет его на творчество. Стихи начал писать в возрасте 7-8 лет, прозвав узбекские стихи «Навои», персидские стихи «Фоний». В 15 лет он привлек внимание известных поэтов своего времени своими стихами.
В 1457 году умер Абулькасим Бабур Мирза. Его заменил Абусаид Мирза. Хусейн Бойкаро борется за трон. Навои продолжил образование в медресе Мешхед. В 1464 году, когда поэт вернулся в Хитот, в его жизни начались неприятности. Абу Саид Мирза преследует родственников Хусейна Байкары, претендента на престол. Он конфискует имущество отца Алишера и казнит его дядей Кабули и Гариби.
Навои жил в Самарканде во второй половине 1960-х годов.Есть разные причины, по которым он пришел сюда. Историк говорит, что читать ее пришел Хандамир, автор специального труда о Навои под названием «Макорим ул-ахлак» («Доброе поведение»). Захируддин Бабур сообщает, что Абу Саид был сослан. Основание есть и для того, и для другого.
В любом случае, Самарканд оставил в его жизни неизгладимый след. Потому что Самарканд был столицей Амира Темура. В его памяти сохранились десятки исторических памятников, мечетей, медресе, множество ученых и природных богатств, таких как Гори Амир, великий Коксарой, обсерватория Улугбека, природная красота города. Позже он описал город в своих трудах как «Фирдавсмонанд» (рай).
В эти годы Навои стал очень известен как поэт. С 1465 по 1466 год его поклонники собирали его стихи и сочиняли Девон. Эта книга известна сегодня как The First Devon. В 1469 году Хусейн Бойкаро взошел на трон Герата и отправил письмо в Самарканд, приглашая своего однокашника Алишера Навои. Занимается общественными делами, назначает печатью. Так, великий поэт Хусейн Бойкаро служил во дворце печатью с 1469 по 1472 год, а министром с 1472 по 1476 год. В 1487-1488 годах он правил Астрободом. Хусейн Бойкаро полагался на мудрость и лояльность Навои к правительству. Он полагается на высокие чины, несмотря на свое сопротивление. Великий поэт был удостоен титулов «амри кабир» (великий амир), «амирул мукарраб» (самый близкий к царю амир). Его служение было временем процветания и культуры в Герате. Великий эмир сам приносил воду в засушливые земли, чистил старые каналы и рыл новые каналы. Он ремонтировал старые здания и строил новые. Он построил множество медресе и ханаков. В частности, он способствовал укреплению правления Хусейна Бойкаро, обеспечению мира в стране и предотвращению борьбы Темуридов за престол. Своим умом, мудростью и высоким положением в народе он сумел примирить многие конфликты и ссоры между Хусейном Бойкаро и его сыновьями и князьями, восстановить любовь отцов и детей друг к другу. Он утихомирил многие беспорядки. Он был храбр в бою, талантлив в поэзии и верен в дружбе. Султан Хусейн твердо верил в Бойкару. Алишер Навои превыше всего ценил поэзию. Даже будучи министром, он не переставал творить. С 1472 по 1476 год он написал два девона под именем Бадоёул бидоя (Начало искусства) и с 1476 по 1483 год Навудун Нихоя (Бесконечные редкости).
В 1483 году он первым написал на турецком языке «Хамсу», которую не написал ни один другой поэт после Низами Ганкави, и в очень короткий срок — за два года — закончил написать «Хамсу», состоящую из пяти крупных эпос. Это Хайрат уль-аброр, Фарход и Ширин,«Лейли и Меджнун», «Сабъай Сайяр», «Садди Искандарий». С большой радостью встретили это событие деятели науки и творчества. Абдурахмон Джами Навои высоко оценил «Хамсу». Хусейн Бойкаро оседлал великого поэта на его белом коне и проехался по улицам Герата.
Растущий престиж Алишера при короле встревожил группу чиновников во дворце, в том числе Маджидиддина, которым нет дела до людей. Они стали искать способ убрать из виду справедливого полководца короля, и им это удалось. Поэт был назначен наместником Астработа в 1487-1488 годах и удален из столицы.
1480-1490 годы были плодотворными для Навои в искусстве. После Хамсы поэт создал ряд прозаических произведений. В 1488 году он написал «Историческое достояние Аджама». В эти годы последовательно умерли близкие друзья и учителя Навои Сайид Гасан Ардашер (1489 г.), Абдурахман Джами (1492 г.), Пахлавон Мухаммад (1493 г.). Навои написал посвященные им «Холати Саййид Хасан Ардашер», «Хамсат ул-мутахайирин», «Холати Пахлавон Мухаммад». Эти произведения были прозаическими и состояли из воспоминаний поэта о своих великих современниках.
В 1491 году поэт написал трактат о жанре задачи «Задача Рисолаи». Во времена Навои задача писалась в основном на персидском языке. Навои был одним из первых узбекских поэтов, написавших на узбекском языке. У поэта 52 узбекских и 500 персидских задач.
Одним из величайших достижений Навои в 1490-х годах было создание Хазайн ул-Маоний. Этот огромный сборник стихов, состоящий из четырех девонов, охватил почти все лирические поэмы, написанные поэтом на турецком языке.
Благодаря гению Навои тюркские народы, проживающие в разных уголках мира, обособились в истории человечества, а духовное наследие нации заняло прочное место в мировой сокровищнице. В независимом Узбекистане понимание Навои поднялось до уровня государственной политики. Один из крупнейших регионов страны и ее центр, Государственная премия Узбекистана, Институт языка и литературы Академии наук Республики Узбекистан, Академический театр оперы и балета, Государственная библиотека Узбекистана, г. Самарканд Государственный университет и сотни других культурно-просветительских учреждений, колхозов носят имя великого поэта. Алишер Навои, основоположник узбекского языка и государственный деятель, великий мыслитель, ученый, на века останется в памяти всех тюркских народов!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 4
  1. Аноним

    :idea: ;-) :idea: :twisted: :evil: :???: :cool: :cool:

  2. Аноним

    ;-) ;-) ;-) ;-) ;-) :idea: :idea: :idea: :idea:

  3. Аноним

    Raxmat :oops:

  4. dugona

    Katta raxmat

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: