Alisher Navoiy tavalludiga bag’ishlangan senariylar to’plami

Alisher Navoiy

O’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk qomusiy olim va mutafakkir, ulug’ donishmand, davlat arbobi, o’z davrining madaniy hayotiga rahbar, ilm-fan, san’at va adabiyot ahliga homiy, murabbiy va ustoz, buyuk alloma, nafis musiqashunos, yetuk tarixchi, mohir xattot va dunyoga tanilgan komil inson – Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludini keng nishonlash odat tusiga kirib ulgurdi.

Har yili 9-fevralni, ayniqsa, xalqimiz zo’r iftixor bilan kutib oladi. An’anaga aylangan ushbu kunda mamlakatimizning barcha ilm dargohlarida Navoiyhayoti va ijodiga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, navoiyxonlik va she’riyat kechalari bo’lib o’tadi.
Bunday tadbirlarni o’tkazishdan maqsad Аlisher Navoiyning boy adabiy merosini o’rganish va targ’ib etishni keng yo’lga qo’yish, o’quvchi-yoshlar qalbi va ongiga Navoiy asarlarining mazmun-mohiyatini, badiiy xususiyatini va tarbiyaviy ahamiyatini chuqur singdirish, Yosh avlodni yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim omil bo’lmog’i lozim. Alisher Navoiyning o’zbek tili va adabiyoti rivojiga qo’shgan ulkan hissasi, asarlaridagi teran ijtimoiy falsafa mohiyati, ulug’ shoir ijodining yoshlarni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, insonlar o’rtasida mehr-oqibat va samimiyat tuyg’ularini mustahkamlashdagi beqiyos ahamiyatini anglashga hissa qo’shish, shoir asarlaridagi insonni ma’naviy kamolotga da’vat etuvchi tuyg’ular — hamjihatlik, tinchlik va osoyishtalik, bunyodkorlik, vatanparvarlik, halollik singari ezgu g’oyalar mujassamligini targ’ib qilish va bu borada yoshlar bilimini nazorat qilishdan iboratdir. Buyuk bobokalonimizning tavallud kunlariga bag’ishlab o’tkaziladigan bir necha tadbir senariysini e’tiboringizga havola etamiz. Bunday yangicha senariylar bilan hamkasblarini mamnun etayotgan mualliflarga minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Alisher Navoiy – g’azal mulkining sultoni (boshlang’ich sinflar uchun).doc
Alisher Navoiy – g’azal mulkining sultoni.doc
Alisher Navoiy uchun buklet.doc
Alisher Navoiyni yod etib…doc
Biz Navoiy izdoshlarimiz.doc
Navoiy qalblarda mangu barhayot.doc
Navoiydan so’z ochsam agar nomli adabiy-badiiy kecha senariysi.doc
Navoiyni bilasizmi nomli intellektual ring tarzidagi tadbir senariysi.doc
Navoiyxonlik uchun yangicha sahna ko’rinishi.doc

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!