Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan she’rlar to‘plami

Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan she’rlar to‘plami

Yangilik! Tafakkur olami deb nomlangan 1000 ta mantiqiy savollar kitobini tayyorladik, Yuklab olish.

Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan eng sara she’rlar to‘plamini qabul qiling.

Saytimizda Navoiy haqida she’rlarni mana bu sahifadan Navoiy g‘azallarini mana bu sahifadan, shoir ruboiylarini mana bu sahifadan topishingiz mumkin.

«Ehtirom» Navoiy tavalludiga she’r

Ildizdagi tuyg‘udan yaproqlarim titraydi,
Tog‘da jim erigan qor soylarda sharqiraydi,
Bobom bo‘g‘zidagi “oh” ko‘zimdan tirqiraydi,
She’r jonidan to‘yganmi, dil tubiga sakraydi,
Bu holimga ufqdan birov to‘lib qaraydi,
Asrlar ham bir-birin odam kabi qumsarkan,
Bunda she’r o‘qiy desam, quyosh ko‘zni to‘sarkan.

Bunda ey, niyatlarin yaproq kabi to‘kkanlar,
Bir elning hasratini dilda mushtdek tukkanlar,
Ey, qanotsiz uchganlar, qush tilidan o‘pganlar,
Asrlar yuragida yugurik qonday chopganlar,
Usti ochiq dunyoning etagini yopganlar,
Oltin qoziqqa boqib sayyoh ham yo‘l toparkan,
O‘zbekni izlaganlar Navoiydan toparkan.

Bobo tuproq, shon tuproq, ildizim botgan tuproq,
Taftin tanimga berib, o‘zi sovqotgan tuproq.
Sendan o‘sgan chinorning shoxida men bir yaproq,
Qorong‘u tomonimni yoritgan ey, shamchiroq,
Ko‘ngilning qubbasiga Xudoyim ilgan bayroq,
Uni hilpiratguchi yel yurakdan esarkan,
Bunda she’r o‘qiy desang, yelkangdan so‘z bosarkan.

Tog‘larda qor ostida mening ko‘nglim o‘syapti,
Cho‘poningning iziga tavof deb yuz bosyapti,
Yomg‘ir tortgan pardalar jamolingni to‘syapti,
Shu elning or-g‘ururi kamolingdan toshyapti,
Yelkam jimirlayapti – qanotga o‘xshayapti,
Yurak she’rdan to‘lishsa, so‘z qanotga do‘narkan,
Hurlik uchirgan qushlar yurt shoxiga qo‘narkan.

Vohki! Ko‘nglim shu damda buncha bunyod ko‘ringay,
Ko‘zim yumib qarasam, bundan Hirot ko‘ringay,
Ko‘zim ochib qarasam, mangu ijod ko‘ringay,
Ko‘zim uzmay tikilsam, shunday ajdod ko‘ringay,
Ko‘z yosh bilan qarasam, Puli Sirot ko‘ringay,
Bobo! Ko‘zlarim yondi – ko‘ngil shunday to‘larkan,
Bundagi har navnihol chinordan bo‘y olarkan,
O‘zbekni izlaganlar Navoiydan toparkan.

Shodmonqul SALOM

Ushbu sahifa ham sizga qiziq bo‘lishi mumkin: Alisher Navoiy haqida sahna ko‘rinishlari to‘plami

Hazrat navoiy haykali poyida (Navoiyga bag‘ishlangan she’r

Men bu joyga minglab keldim, yuzlab keldim,
Ko‘ngil kuyin tinglab keldim, bo‘zlab keldim,
Hazratdan so‘z qarz olib, so‘ng, so‘zlab keldim,
Qaqrab keldim, yonib keldim, muzlab keldim,
Bu dargohga men o‘zimni izlab keldim,
Nigohingiz sel qildi-ku, oh, Navoiy,
So‘z mulkida sulton bobom – shoh Navoiy.

Bobo, deyman, vujudlarim titroq tortib,
To‘zg‘ib yotgan dunyolarga bergan tartib,
Kaftidadir sayyoralar, Mashriq, Mag‘rib,
Hazrat sabab shu tuproqqa mehrim ortib,
Baxtiyorman poylarini ko‘zga surtib,
Kim ul zotga talpinsa gar – yor Navoiy,
Iymondir ham, nomusdir ham or Navoiy.

Ba’zan xursand, ba’zan esa nolib keldim,
Ba’zan nafsga mag‘lub, ba’zan g‘olib keldim,
G‘azal tinglab, dilga mehr solib keldim,
Eng pokiza tuyg‘ularim olib keldim,
Ul kishiga shogird tushib – tolib keldim,
Shogirdlarin har dam qo‘llar – bog‘ Navoiy,
Zabt etilmas yuksak cho‘qqi, tog‘ Navoiy.

Odam desam, yolg‘on bo‘lgay, farishtadir,
Yeru ko‘kni bog‘lab turgan oq rishtadir,
Hazrat misol pok yashab, pok qarishni bil,
Muborak tut yodlarini – har ishda bil,
Pok nomlarin pok tutgay har qarichni bil,
Qabohatga qarshi turgan – dov Navoiy,
Razolatning yo‘lin to‘sar – g‘ov Navoiy.

Kel, nabiram, desa, bir bor boqib qo‘ysa,
G‘ayrat qilgin, deb, yelkamga qoqib qo‘ysa,
Nazar tashlab qalbimga o‘t yoqib qo‘ysa,
Yoshim daryo, qani unda oqib bo‘lsa,
Avliyo zot har onimdan voqif bo‘lsa,
Madad bo‘ling, yo, Hazratim – yo, Navoiy,
Olam butun – bor ekanki to Navoiy.

Etagidan mahkam tutib o‘tingayman,
Nazaridan qolmay deya yutingayman,
Ul siymoga sodiq navkar tutingayman,
Bir qarasam, to‘zg‘ib yotgan tutundayman,
Ismin aytsam, boshdan oyoq butundayman,
Quyosh yang‘liq ziyo sochar – nur Navoiy,
Ikki dunyo bahosi yo‘q – dur Navoiy.

Baxtimiz shu – o‘zbek bo‘lib tug‘ilganmiz,
Yulduzlarga narvon qo‘yib, tug‘ ilganmiz,
Dushman kelsa ko‘kragiga tig‘ ilganmiz,
Butun millat bir musht bo‘lib tugilganmiz,
Bor olamda Navoiy deb o‘qilganmiz –
El degandan, yurt degandan shod Navoiy,
Qaytib jahon ko‘rmas shunday zot – Navoiy!

Jo‘rabek Jahon,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

Ushbu sahifani ham kuzating: Alisher Navoiy g‘azallari, eng sara g‘azallar audio shaklda

Alisherning armonlari (Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlanadi)

Birin-ketin o‘tib borar asrlarning karvonlari,
Oh, nechog‘lik xatarlidir uning oshar dovonlari.
Inson zoti murodiga azal-abad yetar edi,
Ushalsa gar umidvor zot — Navoiyning armonlari!
Fursat keldi, do‘stu g‘anim kimligini bilay bu kun,
Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun,
Ko‘kka boqib sahar chog‘i, iltijolar qilay bu kun,
Nurga to‘lsin aziz bobom Alisherning makonlari.

✍ Abdulla Oripov

Sizga kerak sahifa bu yerda bo‘lishi mumkin: Alisher Navoiy ruboiylari eng sara ruboiylar audio shaklda

Buyuk shoir (Navoiy hazratlari haqida she’r)

Ulug‘ shoirlarning panjalariga
Panjasin urganda misoli mard sher.
Nazm darg‘alarin davralarida
Eng oliy o‘rinni oldi Alisher.

Yoshlikdan kitobga mehr qo‘ydi, bas,
Bobolar duosi bo‘ldi ijobat.
Hirot saltanatin Boyqaro emas,
Navoiy yashnatdi- ayni haqiqat!

Har bir misrasida, har bir baytida
Turkiy lafz qadrini ko‘tardi yuksak.
Bitiklari bilan xalqin qalbida
O‘z tilin sevmoqni uyg‘otdi beshak.

Tanangda ezgulik yoyadi tomir
Esh bo‘lsang Navoiy asarlariga.
«Xamsa»-yu «Munshaot», «Lison ut-tayr»,
Oshiq bo‘l g‘azalin satrlariga.

Xazina istasang kavlama yerni,
O‘qigin Navoiy asarlarini
O‘qiganing sari ochib qalb ko‘zni
His etib borasan oltin-u zarni.

Buyuk bir shoir-u xalqparvar inson
Ikkisi bir qalbga bo‘lgan edi jo.
Unutmaydi sizni hech ahli jahon,
Besh yuzmas, besh ming yil o‘tsa ham hatto!

✍Mohinur Shodmonova

Alisher navoiy «kashf qilgan» 5 zamonaviy texnologiya

Navoiyning onasi Navoiyga bag‘ishlangan she’rlar

Navoiyning onasin izlab,
Ming olimning sochi oqardi.
Na siyratin, na ismin eslab,
Moziy uzra hayron boqardi.

Tasavvurlar ichra Xuroson,
Tarix sari yetaklar xayol.
Javob topmoq emasdir oson,
Kim ekan ul hirotlik ayol?!

Bildik, mehring kabidir jisming,
Muhabbating mohning o‘zi deb.
Ulug‘laydi bilmayin isming,
Abusaid Changning qizi deb.

Mavlononi ilkidan tutmish,
Guli nomli xayoliy malak.
Ming titkilab chiqilsa o‘tmish,
Onasidan yo‘q edi darak.

Ul mo‘tabar ayol, ehtimol,
Chiroy ichra Laylidan qiyos.
Boshi uzra gul shohi ro‘mol,
Sadoqatda Shirin iqtibos.

Besh asrki, ishq bilib, guyo,
Nishonsiz zot siyratin o‘par,
Hamon javob izlaydi dunyo,
Kim edi u, mushfiq — mushtipar?

Bir so‘z yo‘qdir, taxmindan bo‘lak,
Endi qalbning amriga ko‘ngil:
Navoiyning Vatani — yurak,
Navoiyning onasi — ko‘ngil!

O‘lmasbek Samarqandiy.

Sizni befarq qoldirmaydi: Navoiy va Guli monologi

Navoiy haykali poyida

Shu paytgacha kim ko‘zda mudroq
Va g‘aflatdan topibdi e’zoz?
Kim kamolga yetibdi mutloq,
Yo‘l ko‘rsatib turmasa ustoz!

Taqdir bizni siylagan chandon,
Qancha daho ulg‘aygan bog‘ bu.
Mir Alisher yoqqan bir shamdon
Hamon sochar olamga yog‘du.

Bu millatning yo‘li – yorug‘ yo‘l,
Zero, bizga Navoiy yordir.
Ul hazratdan saboq olgan el
Dunyoga dars berishga qodir.

Yolchimasa yaxshi bir ustoz,
Qayga borar no‘noq shogirdlar…
Shundan bizga qo‘ygandir ixlos
Navoiysi bo‘lmagan yurtlar.

✍ Nosirjon Jo‘rayev

Til haqida Alisher Navoiy hikmatlari

Navoiy qudrati haqida she’r

Qudratingdan yaraldi olam,
Yetti kunda yo‘qdan qilding bor.
Darig‘ tutma mehringni mendan,
So‘zsiz qoldim. Tangrim, so‘z yubor.

So‘z yo‘q. Garchi tug‘yonlarimdan,
Barcha yo‘qlik tushar larzaga.
Bir so‘z bergil — men yarataman,
Bu olamni yetti lahzada.

II

Quyosh bo‘lib osmondan boqding,
Zor qilding-ku, yo‘lingga — kelgin!
Men hammani olovda yoqdim,
Faqat o‘zim muzladim, sevgim…

Usmon Azim

O‘qing: Navoiy sotib olgan bir bayt

Navoiyni bilmaganlarga…

Gurjistonda shunday udum bor:
Qizga kelsa yigitdan sovchi,
Kimligiga qilmay e’tibor
Kosibmi u, dehqonmi, ovchi…

Ilk savoli faqat shu bo‘lar,
O‘qiganmi Rustavelini?
Shu vajdati shoirin bilar
Gurjilarning kuyov-kelini.

Har o‘zbekning uyiga birrov
Buyurganda sovchilar tashrif.
Navoiyni bilarmi kuyov?
Deb so‘rashni qilurman taklif.

Shunday talab qo‘yilsa, alhol
Qo‘rqmang, qolmas qizlarimiz toq
Buyuk shoir she’rlarin darhol
Yod olardi, har oshiq bo‘ydoq.

Nazmi – millat
Yuragi Vatan,
Navoiydan poklanar iymon.
Navoiyni dunyo olar tan,
Bizga nasib navoli chaman.

Ulug‘likka timsol, andoza,
Har bir so‘zi ilohiy va haq.
Vijdoni but, yuragi toza,
Navoiydan madad olgan xalq.

Qalbini ishq tilmaganlarga,
Nasib etmas faxrli o‘zlik.
Navoiyni bilmaganlarga,
Qiz bermasin bironta o‘zbek!

Qambar Ota

Bu rost: Alisher Navoiy gʻazallari chuvash tilida yangradi

Navoiy bobom

To‘qqizinchi fevral siz tug‘ilgan kun,
Yashab o‘tgandirsiz ko‘p asr burun.
Dilimuzda aslo o‘chmaysiz, bobo,
Sizni tan oladir bugun bor dunyo.

Siz haqingizda aytgan har so‘zim,
Barchasi rostdir, emas havoiiy.
Sizni hurmat qilar bu kun yosh avlod,
Mening shoir, olim bobom Navoiy.

Joniqulova Sevinch

Mavzuga doir:
Alisher Navoiy haqida ma’lumot, tarjimai hol, hayoti va ijodi

Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan senariylar to‘plami

Faol o‘quvchilarga Alisher Navoiy rag‘bat kartochkasi


Получите лучший сборник стихов, посвященный дню рождения Алишера Навои.
На нашем сайте вы можете найти стихи о Навои на этой странице, газели Навои на этой странице, поэт рубаи на этой странице.
«Уважение» — стихотворение ко дню рождения Навои
Мои листья дрожат от чувства в корне,
В горах тихо тает снег в ручьях,
«О» в горле моего дедушки вырывается из моих глаз,
Полно ли стихотворение души, прыгает до глубины души,
Кто-то смотрит на меня с горизонта,
Века подобны людям,
Если я попрошу вас прочитать стихотворение, солнце вырежет вам глаза.
В этом вы, сбросившие свои намерения, как листья,
Те, кто держит горе нации, как кулак в своем сердце,
О ты, летающий без крыльев, кого целует язык птицы,
Те, кто бежал, как бегун, в сердце веков,
Те, кто прикрывает юбки открытого мира,
Пока турист находит дорогу, глядя на золотую стопку,
Те, кто ищет узбекский язык, найдут его в Навои.
Дедушка — это земля, слава — это земля, земля, где уходят мои корни,
Почва, которую Тафтин дал моему телу и остыла.
Я лист на ветке клена, выросшего из тебя,
О, свет, который освещает мою темную сторону,
Мой Бог — флаг, вывешенный в куполе сердца,
Сдувая его от трепещущего ветра сердца,
Если вы попросите меня прочитать стихотворение, я кое-что скажу.
Мое сердце растет под снегом в горах,
Он идет по стопам вашего пастуха.
Дождливые шторы блокируют твою красоту,
Гордость этой страны переполняется твоей зрелостью.
Мое плечо дрожит — оно как крыло,
Когда сердце полно поэзии, когда слова летят на крыльях,
Когда птицы улетают, они приземляются на угол земли.
Ух ты! Моё сердце сейчас выглядит так,
Когда я закрываю глаза, я вижу Герат.
Когда я открываю глаза, я вижу вечное творение.
Если я смотрю, не отрывая глаз, я вижу такого предка,
Когда я смотрю на это со слезами, я вижу Пули Сирот,
Дедушка! Мои глаза горели — когда мое сердце было так полно,
В этом случае вы получите кленовое дерево,
Те, кто ищет узбекский язык, найдут его в Навои.
Привет привет
Вам также может быть интересна эта страница: Сборник сцен об Алишере Навои
У подножия статуи Хазрата Навои (стихотворение, посвященное Навои
Я пришел сюда тысячами, я пришел сотнями,
Я слушал свое сердце, я пришел сюда
Заимствуя слова у Хазрата, я пришел поговорить,
Мне холодно, я горю, я замерзаю,
Я пришел сюда в поисках себя,
Твой взор залил, о, Навои,
В имении слова дед султана — Шах Навои.
Дедушка, говорю, мое тело дрожит,
Приказ, отданный умирающим мирам,
На ладони планеты Восточная, Магрибская,
Дорогой Господь, я полюбил эту почву.
Я рад показать свои ноги
Кто на престол просит, дорогой Навои,
Это и вера, и честь, Навои.
Иногда я счастлив, иногда мне грустно
Иногда я проигрывал похоти, иногда выигрывал,
Прослушивание газели наполнило мое сердце любовью,
Я принес свои самые чистые чувства,
Я стал учеником этого человека.
Всегда в руках твоих учеников — сад Навои,
Непобедимая высокая вершина,гора Навои.
Если я скажу человек, это ложь, он ангел,
Йеру — белая связь, связывающая синюю,
Хазрат пример, умейте жить чисто и стареть чисто.
Будь благословен — знай во всем,
Храни свои чистые имена в чистоте, знай каждый дюйм,
Тот, кто противостоял Кабахату, был Навои,
Путь Разолата отрезан — губернатор Навои.
Давай, мой внук, если он скажет, накорми его раз,
Если он похлопает меня по плечу, чтобы подбодрить,
Если он посмотрит на меня и подожжет мое сердце,
Мой возраст — река, я хочу, чтобы она могла течь
Если святой осознает каждый мой миг,
Помоги мне, мой господин — или Навои,
Вся вселенная существует, даже Навои.
Я держусь за юбку,
Я не могу не сказать,
Я буду служить ему верой и правдой,
Когда я смотрю на это, я как дым
Если я произнесу свое имя, я буду целым с головы до ног,
Ярко светит солнце — светлый Навои,
Нет цены двум мирам — дура Навои.
Нам повезло — мы родились узбеками.
Мы родились, поставив лестницу к звездам,
Когда приходит враг, мы прилипаем к его груди,
Мы родились целым народом,
Во вселенной нас читали как Навои —
Навои, который счастлив, когда говорит страна, когда говорит страна,
Навои — это такая порода, которую мир больше никогда не увидит!
Джорабек Джахан,
Член Союза писателей Узбекистана.
Смотрите также эту страницу: Газели Алишера Навои, лучшие газели в аудиоформате
Сны Алишера (посвящается дню рождения Алишера Навои)
Караваны веков проходят один за другим,
О, как опасны его горные перевалы.
Человечеству хватит на века,
По крайней мере, обнадеживающий — мечты Навои!
Пришла возможность, я знаю, кто мой друг, это день
Желаю всем детям человечества благословения в этот день,
Глядя на небо на рассвете, молясь за этот день,
Пусть светом наполнятся просторы моего дорогого дедушки Алишера.
✍ Абдулла Орипов
Нужную страницу можно найти здесь: лучшие рубаи Алишера Навои в аудио форме
Великий поэт (Поэма о Святейшем Навои)
В лапы великих поэтов
Пример храброго льва при ударе лапой.
В кругах Назм Дарги
Алишер занял самое высокое место.
Он любил книги с юных лет,
Молитва предков была услышана.
Гератское королевство не Бойкара,
Навои постарел — это правда!
В каждом стихе, в каждой строфе
Турецкое слово повысило свою ценность.
В сердцах людей своими писаниями
Его язык пробудил колыбель любви.
Вена распространяет добро в вашем теле
Если вы женаты на произведениях Навои.
«Хамса» и «Муншаот», «Лисон ут-Тайр»,
Влюбитесь в линии газели.
Хочешь сокровищ, не копай землю,
Читать произведения Навои
Откройте свое сердце, чтобы читать
Вы можете почувствовать золото.
Он великий поэт и меценат.
Эти двое были влюблены.
Вас никто в мире не забудет.
Даже через пятьсот, пять тысяч лет!
✍ Мохинур Шодмонова
5 современных технологий, «открытых» Алишером Навои
Стихи, посвященные матери Навои
Ищу мать Навои,
Волосы тысячи ученых развевались.
Не помня ни твоей скорости, ни твоего имени,
Мози был удивлен.Воображение в Хорасане,
Воображение ведет к истории.
Не легко найти ответ,
Кто эта женщина из Хирата?!
Мы знаем, что твое тело похоже на твою любовь,
Твоя любовь подобна самой луне.
Я не знаю твоего имени.
Абусаид как дочь Чанга.
Ты поймал Маулана с самого начала,
Вымышленная девушка по имени Гули.
Прошлое есть прошлое, если вы посмотрите на него тысячу раз
Не было никаких признаков его матери.
Она респектабельная женщина, наверное
Красота сравнивается с Лейли.
На голове платок цветочного короля,
Сладкая цитата о преданности.
Пять веков назад, как будто познали любовь,
Поцелуй твое лицо без цели,
Мир все еще ищет ответ,
Кем он был, мушфик-муштипар?
Нет слов, только догадка,
Теперь следуй велению сердца:
Родина Навои — сердце,
У мамы Навои сердце!
Олмасбек Самарканди.
Не оставит равнодушным: монолог Навои и Гули
У основания памятника Навои
До сих пор у кого сонные глаза
И он нашел это по незнанию?
Кто созрел совсем,
Учитель не указывает путь!
Песок, которым нас наградила судьба,
Сколько гениев выросло в этом саду.
Подсвечник, который зажег Мир Алишер
Дождь все еще пролился на мир.
Путь этой нации — светлый путь,
Ведь Навои хорош для нас.
Он узнал от Хазрата
Умеет учить мир.
Хороший учитель, если вам это не нравится
Куда деваются глупые студенты…
Вот почему он отдал нам свое сердце
Страны, в которых нет нужды.
✍ Насирджон Джораев
Мудрость Алишера Навои о языке
Поэма о могуществе Навои
Вселенная создана твоей силой,
Ты сделал это из ничего за семь дней.
Не упусти свою любовь от меня,
Я был в оцепенении. Боже, пошли слово.
Нет слов. Хотя от моих корней,
Все ничто трясется.
Дай слово — я создам
Этот мир за семь мгновений.
II
Как солнце, ты питался с неба,
Ты усложнил задачу, иди своей дорогой!
Я сжег всех в огне,
Я просто замер, любовь моя…
Осман Азим
Читайте: Байт, купленный Навои
Для тех, кто не знает Навои…
В Грузии есть:
Хочешь девушку, спроси у парня,
Независимо от того, кто вы
Будь то жнец, фермер, охотник…
Первый вопрос как раз в этом.
Он читал Руставели?
Поэт знает эту ситуацию
Жених и невеста грузин.
По одному на каждый дом узбека
Женихи приходят по приказу.
Зять знает Навои?
предлагаю спросить.
Если такое требование сделано, это нормально
Не бойся, у нас много девушек
Стихи великого поэта сразу
Он вспомнил, что каждый любовник одинок.
Назми это нация
Сердце — Родина,
Вера, очищенная от Навои.
Мир узнает нуждающихся,
Нам повезло.
Символ величия, образец,
Каждое слово божественно и верно.
Его совесть совершенна, его сердце чисто,
Люди, получившие помощь от Навои.
Тем, чье сердце не влюблено,
Несчастный гордый я.
Для тех, кто не знает Навои,
Не отдавай девушку ни одному узбеку!
Камбар Ота
Это правда: газели Алишера Навои пели на чувашском языке
Мой дедушка Навои
Девятое февраля — твой день рождения.
Вы, должно быть, жили много веков назад.
Ты никогда не умрешь в наших сердцах, дедушка.
Мир узнает вас сегодня.
Каждое слово, которое я говорю о тебе
Все правда, не фейк.Вас сегодня молодое поколение уважает,
Мой поэт, ученый дедушка Навои.
Жоникулова Севинч
Предмет:
Информация, биография, жизнь и творчество Алишера Навои
Сборник сценариев ко дню рождения Алишера Навои
Поощрительная карта Алишера Навои для активных студентов

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :oops: :| ;-) :roll: :grin: :!: :arrow: :smile: :twisted: :shock:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: