Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi

“Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Bu haqda Huquqiy axborot xabar berdi .

🔰 Qarorga muvofiq, 2021 yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanadi.

Qarorga ko‘ra:

👉 A.Navoiyning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shgan mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordeni ta’sis etiladi;

👉 xorijiy davlatlarda saqlanayotgan A.Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish choralari ko‘riladi;

👉 2020-2021 yillar davomida A.Navoiyning qo‘lyozmalari asosida shoir asarlarining mukammal ilmiy nashri yaratiladi;

👉 A.Navoiy hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi e’lon qilinadi;

📌 2021 yil oxiriga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasida A.Navoiy asarlari hamda navoiyshunoslik fani bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning elektron platformasi yaratiladi;

📌 Alisher Navoiy asarlarini uzluksiz o‘qitish konsepsiyasi ishlab chiqiladi hamda 2021/2022 o‘quv yilidan barcha ta’lim muassasalarida shu asosda o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;

📌 2021 yilda Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi;

📌 2021 yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi;

✅ “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.


Принят Указ Президента «О широком праздновании 580-летия со дня рождения великого поэта и мыслителя Алишера Навои».

Об этом сообщает «Правовая информация».

🔰 В соответствии с постановлением, в 2021 году будет широко отмечаться 580-летие со дня рождения великого поэта и мыслителя Алишера Навои.

Согласно решению:

👉 Орден Алишера Навои учреждается для награждения граждан и научных и творческих учреждений нашей страны и зарубежья, внесших значительный вклад в углубленное изучение и популяризацию творческого наследия А. Навои;

👉 Будут приняты меры по доставке в нашу страну факсимильных копий рукописей, написанных А. Навои и хранящихся в зарубежных странах;

👉 В 2020-2021 годах будет создано прекрасное научное издание произведений поэта по рукописям А. Навои;

👉 Будет объявлен конкурс научных проектов в соответствии с требованиями государственного заказа на научно-исследовательские работы по жизни и творческому наследию А. Навои;

📌 К концу 2021 года Национальная библиотека Узбекистана создаст электронную платформу для научных исследований произведений А. Навои и навоинистики;

📌 Будет разработана концепция непрерывного преподавания произведений Алишера Навои и с 2021/2022 учебного года на этой основе будут преподаваться все образовательные учреждения;

📌 Школа творчества Алишера Навои будет создана в Ташкенте в 2021 году;

📌 В первой декаде ноября 2021 года в г. Навои состоится международная научно-практическая конференция на тему «Роль творческого наследия Алишера Навои в духовно-просветительском развитии человечества»;

✅ Будет разработан проект Указа Президента «О создании Международного общественного фонда имени Алишера Навои».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: