Uy vazifasi berilmaydigan maktablar

Uy vazifasi berilmaydigan maktablar

Aziz bolalar! Niderland qirolligi maktablaridagi ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlarini bilasizmi?! Gollandiyada yashovchi bolalarning nega dunyodagi eng baxtli bolalar deb atalishini-chi? Bilmasangiz, mazkur sahifani diqqat bilan o‘qib chiqing.

Barcha savollaringizga javobni esa ko‘p yillardan buyon oilasi bilan Gollandiyada istiqomat qilayotgan yurtdoshimiz Feruza SHOSAIDOVA hikoyalaridan topasiz!
Niderland qirolligi maktablari o‘ziga xos va noan’anaviydir. U yerdagi o‘quv maskanlari nafaqat Yevropa davlatlaridagi, balki butun dunyo maktablaridan keskin farq qiluvchi jihatlari bilan ajralib turadi.
Gollandiyada (Niderland qirolligining norasmiy nomi) boshlang‘ich va o‘rta maktablar mavjud. Boshlang‘ich maktablarda 4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim olishadi. O‘quvchilar 12 yoshdan o‘rta maktabga o‘tkaziladi. Barcha maktablar uchun umumiy bo‘lgan darsliklar yo‘q. Har bir maktab ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan standartlarga amal qilgan holda dars yo‘nalishi va darsliklarini o‘zi belgilaydi. Maktabda mashg‘ulotlar soat 8:30 dan boshlanib 15.00 gacha davom etadi. Faqat chorshanba butun davlat bo‘ylab qisqartirilgan kun, deya e’lon qilingan va shu kuni darslar soat 12:30 da tugaydi. Gollandiya maktablariga bolalar 4 yoshdan qabul qilinadi. Yilning qaysi fasli, haftaning qaysi kuni bo‘lishiga qaramasdan bola 4 yoshga to‘lgan kunning ertasigayoq maktabga boradi. 4 va 5 yoshli bolalar bitta sinfda o‘qib, ta’lim olishadi. Bu yoshdagi, ya’ni 1-2 guruh (bizning tilimizda sinf) o‘quvchilari partasiz sinfxonalarda bo‘g‘in, tovushlarni o‘rganib, qo‘shiq kuylaydilar, birgalikda rasm chizib, turli xildagi qiziqarli o‘yinlar o‘ynashadi. Bunday ta’limning vazifasi o‘quvchida jamoaga kirishishni o‘rgatish, motorikani rivojlanishiga hissa qo‘shish va yuqori sinfga o‘tish uchun poydevor yaratishdan iboratdir.
6 yoshga to‘lgan bolalar (3-sinf) endilikda ancha jiddiy bo‘lgan maktab tizimida ta’lim ola boshlaydilar. Odatda bitta partada 4 ta o‘quvchi o‘tiradi. Sinfda taxminan 20-30 nafargacha bola o‘qiydi. O‘quvchilar maktabga istagan kiyimlarida keladilar. “Maktab formasi” degan tushuncha bu mamlakat o‘quvchi va o‘qituvchilari uchun begonadir. O‘quvchilar maktab sumkalarida faqatgina idishchalarga solingan tushliklarinigina olib keladilar. O‘quv qurollari – kitob, daftar, qalam, ruchka, darsliklarning hammasi o‘quvchining partasidagi shaxsiy tortmasi yoki qutisida qoladi, uyga hech narsa olib ketilmaydi. Gollandiya maktablarining eng ajoyib va bizni hayratga solgan yana bir jihati, bu yerda o‘quvchilarga uy vazifasi berilmaydi. O‘rta maktabga chiqqunlariga qadar o‘quvchilar uy vazifasisiz maktabning oltin davridan bahramand bo‘lib yashaydilar.
Maktabda oshxona, hatto kichkina bufet ham yo‘q. Har bir o‘quvchi uyidan olib kelgan yegulik – buterburod, pishloqli non va ichimlik bilan tushlik qiladi yoki katta tanaffusda uyiga borib, ovqatlanib kelishi mumkin. Katta tanaffus 1 soat-u 15 daqiqa davom etadi. O‘quvchilar darslar orasidagi kichik tanaffuslarda meva yoki sabzavot bilan tamaddi qilib olishadi. Bolalar har qanday ob-havo sharoitida – yomg‘ir yoki qor yog‘ayotgan bo‘lsa-da, albatta, maktab hovlisiga chiqadilar. Chunki gollandlar toza havo bolalarni yana-da sog‘lom bo‘lishlariga katta yordam beradi, deb hisoblaydilar. Gollandiyada eng ommabop va deyarli har bir fuqaro foydalanadigan transport turi bu – velosiped. 2 yoshdanoq bu yerning bolalari velosiped haydashni o‘rganadilar. Ko‘chada ota-onasining velosipedi yonida o‘zining kichkinagina velosipedchasiga o‘tirib bog‘chasiga ketayotgan bolalarni uchratasiz. Ular maktabga ham velosipedda keladilar. Har bir ta’lim maskani hududida velosipedlar uchun maxsus turargohlar bor. Maktab dasturiga velosiped haydash qonun-qoidalarini o‘rgatuvchi fan ham kiritilgan. Bu darsda o‘quvchi va o‘qituvchilar maktabdan tashqarida velosipedlarga o‘tirib, ko‘chalarda amaliyot o‘tkazadilar.
Gollandiya maktablarida doimiy dars jadvali mavjud emas. O‘qutuvchi qaysi fanni o‘tishni o‘zi hal qiladi. Odatda, kunning birinchi yarmida matematika, til, fizika kabi murakkab fanlar o‘tilsa, kunning ikkinchi yarmida esa mehnat, tabiat, jismoniy tarbiya kabi yengilroq darslardan mashg‘ulot olib boriladi. Bu mamlakatda juda ko‘p suv havzalari bo‘lganligi sabab, maktab bitiruvchilariga shahodatnoma berishdan oldin o‘quvchidan, albatta, suzishni o‘rganganligi haqidagi diplom so‘raladi. Chunki maktablarning dars jadvaliga suzish darsi ham kiritilgan. Ammo, darsdan tashqari vaqtda deyarli har bir o‘quvchi o‘z ixtiyori bilan suzishga qatnashadi. Suzishni o‘rganish har bir golland o‘quvchisining norasmiy majburiyati hisoblanadi.
Quyi maktab darslari 8-sinfni bitirgunga qadar davom etadi. So‘ng bolalar o‘rta maktabga o‘tadilar. 8-sinf yakunida o‘quvchilar bitiruv testi, imtihon topshiradilar. Test natijasi o‘quvchining kelgusi hayotini belgilaydi. Imtihonning natijasi o‘rta maktabdagi uch yo‘nalishdan qaysi biriga loyiq deb topilsa, o‘quvchi o‘sha yo‘nalishdagi o‘rta maktabda o‘qishni boshlaydi.
Gollandiya maktablarining yana bir jihati – davomatga o‘ta qattiqqo‘llik bilan yondashuvda. Sababsiz bir kun dars qoldirgan o‘quvchining ota-onasi kattagina jarima to‘laydi. Ayniqsa, ta’til oldi va ta’tildan keyingi kunlar davomat qattiq tekshiriladi. Gollandiyada eng uzoq ta’til – yozgi, ya’ni iyul oyi o‘rtalarida boshlanib, 6 hafta davom etadi. Yil davomidagi boshqa ta’tillar esa 7 kun va 14 kunni tashkil etadi. Maktablarda ta’lim olish tekin, faqat bir yilda bir marotaba 20-50 yevro atrofida maktab fondi to‘lanadi. Bu jamg‘arilgan pullar o‘quvchining bir yillik o‘quv quroli, darsliklar, maktab ma’muriyati tomonidan uyushtiriladigan sayohat va bayramlarda ishtirok etishi, xarid qilinadigan sovg‘alar uchun ishlatiladi. Bir yilda ikki marta ota-onalar majlisi bo‘ladi. O‘quv yilining boshidagi majlisda yil rejasi bilan tanishtiriladi. O‘quv yili so‘ngidagi yig‘ilishda esa ota-onalarga farzandlarining yakuniy natijalari taqdim etiladi.
O‘quvchining o‘qituvchi oldida hech qanday majburiyati yo‘q, doskaga chiqib she’r yodlash yoki mavzuni tushuntirish kerak, degan tushunchalar begona. Hayratli tomoni, bu davlatda o‘quvchilarga baho qo‘yilmaydi, o‘qituvchilar o‘quvchilarni umuman urishishmaydi. Gollandlar bunday erkin tizimni bolada maktabga bo‘lgan muhabbatni so‘nib qolmasligida, kelajakda hayotda erkin fikrli bo‘lib o‘sishida, jamiyatda o‘z yo‘lini qiynalmay topishida yordam beradi, deb ta’kidlaydilar.
O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin do‘stdek munosabatda bo‘ladilar. Haddan ziyod bu erkinlikka qaramay, ustozlarning o‘quvchilar oldidagi hurmati juda yuqori. Gollandiyalik ustozlar maktabdan, o‘qituvchidan qo‘rqish bolaning ilmga bo‘lgan qiziqishini so‘ndiradi, aksincha, ular bilan o‘rtoqlashib, muammosiga ko‘mak berish, quvonchiga sherik bo‘lish bilan birga o‘quvchining mehrini qozonib, hurmatga erishiladi, deb hisoblaydilar.
Gollandiya – egasiz, ko‘chada yashovchi daydi hayvonlar yo‘q bo‘lgan yagona mamlakat. Bu yerda hattoki hayvonlarning ham o‘z haq-huquqlari bor. Jonivorlarga nisbatan beshafqatlik jinoyat hisoblanadi. Uydagi mushuk yoki kuchukka oila a’zosidek qaraladi. Har bir uy hayvonining sog‘lig‘i sug‘urtalangan bo‘lib, ular zarur vaksinalarni olishi maxsus idoralar tomonidan nazorat qilinadi.
Gollandiya ariqlarida o‘rdaklar bisyor. Tabiatni tomosha qilish uchun chiqqan odamlar o‘zlari bilan non olib kelib, ularni mehr bilan oziqlantirishadi. Mening qizlarim har kuni maktabdan kelgach, qo‘liga katta non bo‘laklarini olganicha ko‘chamizdagi ariqchada suzib yuruvchi o‘rdaklar oshiqadilar. Bu yerdagi barcha turdagi qushlar odamlarga o‘rgangan.
Biz bugun hikoya qilayotgan ushbu o‘lka olamga mashhur Golland atirgullari-yu lolalari bilan insonlarni o‘ziga maftun etibgina qolmay, unda o‘sayotgan har bir o‘simlik, nafas olayotgan har bir jonivorga bo‘lgan mehr tufayli ham o‘ziga xosdir.
Shaxsan men uchun – o‘z yurtimda yetarlicha qattiqqo‘llik, me’yor va qoidalarga rioya qilgan, hattoki ta’tilda ham uyga berilgan vazifalarni bajarib katta bo‘lgan o‘quvchi uchun Gollandiyadagi ta’lim tizimi biroz oddiy, ba’zan hayratlanarli tuyuladi. Har yerning o‘z tosh-u tarozisi bor, deganlariday, bu tizimning men uchun kamchilikdek ko‘ringan jihati shuki, ota-ona farzandining fanlar bilan bog‘liq harakatlari, o‘zlashtirish darajasidan to‘liq xabardor bo‘la olmaydilar. Ota-onalarning o‘z bolasiga fanlarni o‘zlashtirishiga turtki bo‘ladigan yordamni o‘z vaqtida bera olmasligi, har kunlik o‘tilayotgan mavzular bilan tanisha olmay, nazorat qilolmasliklari men uchun ajablanarli hol bo‘ldi.
Bunday qaraganda, Gollandiya maktabining o‘quvchisi bo‘lish bu – o‘z transport vositasida – velosipedda maktabga borish, hamisha maktab darvozasi oldida qo‘lida kofe solingan krujkasi bilan “Xayrli tong”, deya jilmayib qarshi olayotgan direktor va o‘qituvchi, kosmik kemaga o‘xshagan sinfxonada dars o‘tish, doim yordamga tayyor, irq, millat ajratmaydigan sinfdoshlar bilan miriqib suhbatlashish, sportga muhabbat, uyushqoqlik, erkinlikni o‘rganish demakdir. Zero Gollandiyada yashovchi bolalarni dunyoning eng baxtli bolalari deb atashlari bejiz emas.


Дорогие дети! Знаете ли вы специфику системы образования в школах Королевства Нидерландов?! Почему детей, живущих в Нидерландах, называют самыми счастливыми детьми в мире? Если вы не знаете, внимательно прочитайте эту страницу.
Ответы на все интересующие вас вопросы вы найдете в рассказах нашей соотечественницы Ферузы Шосаидовой, которая уже много лет живет в Нидерландах со своей семьей!
Школы Королевства Нидерландов уникальны и нетрадиционны. Учебные заведения там отличаются от школ не только европейских стран, но и всего мира.В Нидерландах (неофициальное название Королевства Нидерландов) есть начальные и средние школы. Дети в возрасте от 4 до 12 лет учатся в начальных школах. Учащиеся переводятся в среднюю школу с 12 лет. Единых для всех школ учебников нет. Каждая школа определяет направление своего курса и учебники в соответствии со стандартами, установленными Министерством образования. Занятия в школе начнутся в 8:30 и продлятся до 15:00. Только среда объявлена по всей стране сокращенным днем, а занятия заканчиваются в 12:30. Дети принимаются в голландские школы с 4 лет. Независимо от того, какое время года, какой день недели, ребенок идет в школу на следующий день после того, как ему исполнится 4 года. Дети 4 и 5 лет учатся в одном классе. Учащиеся этого возраста, т.е. 1-2 группы (класс на нашем языке) в классах без парт, учат слоги, звуки, поют, вместе рисуют, играют в разнообразные веселые игры. Задача такого обучения состоит в том, чтобы научить учащегося вливаться в общество, способствовать развитию моторики, заложить основу для перехода в старший класс, начать учиться. Обычно за одной партой сидят 4 ученика. В классе около 20-30 детей. Ученики приходят в школу в любой одежде. Понятие «школьная форма» чуждо ученикам и учителям в этой стране. Ученики приносят только упакованные обеды в школьных сумках. Учебные пособия – книги, тетради, карандаши, ручки, учебники – все остается в личном ящике ученика или ящике на парте, домой ничего не забирается. Другой аспект голландских школ, который является самым замечательным и поражает нас, заключается в том, что здесь ученикам не задают домашнее задание. Пока они не пойдут в старшие классы, ученики наслаждаются золотым веком школы без домашних заданий, в школе нет ни кухни, ни даже небольшой столовой. Каждый студент может пообедать едой, которую принесет из дома – бутербродами, сырным хлебом и напитками, или пойти домой на большой перерыв и прийти поесть. Большой перерыв длится 1 час 15 минут. Учащиеся едят фрукты или овощи в небольшие перерывы между занятиями. Малыши обязательно выйдут на школьный двор в любую погоду — будь то дождь или снег. Потому что голландцы верят, что свежий воздух – отличный помощник для того, чтобы дети были еще здоровее. Самым популярным видом транспорта в Нидерландах, которым пользуется почти каждый гражданин, является велосипед. С 2 лет дети здесь учатся кататься на велосипедах. На улице вы встречаете детей, которые едут на своих маленьких велосипедах рядом с велосипедами родителей и ходят в детский сад. Они также приезжают в школу на велосипедах. На территории каждого учебного заведения есть специальные места для парковки велосипедов. В школьную программу также входит предмет, обучающий правилам езды на велосипеде. В этом классе ученики и учителя ездят на велосипедах вне школы, чтобы практиковаться на улице. В голландских школах нет регулярного расписания занятий. Учитель решает, какой предмет сдать. Обычно в первой половине дня преподаются сложные предметы, такие как математика, язык, физика, а во второй половине дня преподаются более легкие предметы, такие как труд, природа, физкультура. Поскольку в этой стране очень много бассейнов, у ученика попросят диплом, подтверждающий, что он действительно научился плавать, прежде чем выдавать сертификат выпускникам школ. Ведь уроки плавания тоже входят в школьную программу. Однако вне занятий практически каждый ученик занимается плаванием на добровольной основе. Обучение плаванию является неформальной обязанностью каждого голландского студента. Потом дети идут в среднюю школу. По окончании 8-го класса учащиеся сдают выпускной экзамен. Результат теста определяет дальнейшую жизнь студента. Если результат экзамена будет признан достойным любого из трех направлений старшей школы, ученик начнет обучение в старшей школе этого направления.Еще одна особенность голландских школ – очень строгий подход к посещаемости. Родитель ученика, пропустивший день без причины, заплатит крупный штраф. Особенно до и после праздников посещаемость строго проверяется. Самый длинный отпуск в Нидерландах — летний, который начинается в середине июля и длится 6 недель. Другие праздники в течение года составляют 7 дней и 14 дней. Обучение в школах бесплатное, только раз в год школьный фонд выплачивает около 20-50 евро. Эти деньги пойдут на покупку учебников, учебных пособий на год, поездки и праздники, организованные администрацией школы, а также на покупку подарков. Дважды в год будут проходить родительские собрания. План года будет представлен на собрании в начале учебного года. В конце учебного года родителям будут представлены окончательные результаты работы их детей. Удивительно, но в этом состоянии учеников не оценивают, а учителя вообще не бьют учеников. Голландцы утверждают, что такая свободная система помогает ребенку не потерять любовь к школе, вырасти в будущем вольнодумцем, без труда найти свой путь в обществе Они относятся друг к другу как к близким друзьям. Несмотря на эту крайнюю свободу, уважение учителей к ученикам очень велико. Голландские учителя опасаются, что страх перед школой, перед учителем гасит у ребенка интерес к науке, а скорее делится им с ними, помогает с проблемой, разделяет радость, завоевывает любовь и уважение ученика. Нидерланды — единственная страна в мире, где нет бездомных животных. Здесь даже животные имеют свои права. Жестокое обращение с животными является преступлением. Кошка или щенок в доме считаются членами семьи. Здоровье каждого питомца застраховано, а получение им необходимых вакцин контролируется специальными агентствами. В голландских каналах водится большое количество уток. Люди, выезжающие на природу, приносят с собой хлеб и с добротой кормят их. Каждый день, когда мои дочери приходят домой из школы, утки, плавающие в канаве на нашей улице, спешат, так как берут в руки большие куски хлеба. Все виды птиц здесь знакомы людям. Край, о котором мы сегодня говорим, завораживает не только своими всемирно известными голландскими розами и тюльпанами, но и каждым растением, которое в нем растет, каждым животным, которое дышит. Лично для меня, Для ученика, который вырос в моей родной стране с достаточной строгостью, нормами и правилами, и который вырос, делая домашнюю работу даже на каникулах, система lim немного проста, иногда удивительна. Как говорится, в каждом месте свои весы, недостатком этой системы мне кажется то, что родители не в полной мере осведомлены о научно-исследовательской деятельности своего ребенка, уровне его мастерства. Для меня было неожиданностью, что родители не смогли помочь своим детям своевременно осваивать науки, знакомиться с темами, освещенными в распорядке дня, а не контролировать его. на собственном транспортном средстве — на велосипеде, для занятий в классе, похожем на космический корабль, где директор и учитель всегда встречают вас с кружкой кофе перед школьными воротами и с улыбкой говорят «Доброе утро». всегда быть готовым прийти на помощь, к хорошему общению с одноклассниками, не допускающими дискриминации по признаку расы, национальности, любви к спорту, сплоченности, свободы. Неслучайно детей, живущих в Нидерландах, называют самыми счастливыми детьми в мире.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: