III chorakdan barcha maktablar to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkaziladi

III chorakdan barcha maktablar to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkaziladi

Xabaringiz bor, 2020-2021 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida o‘quv jarayoni yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, ota-onalarning ixtiyoriga ko‘ra an’anaviy va masofaviy shaklda olib borildi.

Xalq ta’limi vazirligi yurtimizda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani, ikkinchi chorak yakuniga qadar 90 foizdan ortiq o‘quvchilar an’anaviy shaklda ta’lim olish maqsadida maktabga qaytganini inobatga olib, 2021 yilning 11 yanvaridan (III chorak) barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aytish joizki, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida o‘quv yilining birinchi yarim yilligi davomida an’anaviy shaklda ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yilgan maktablarda epidemiologik vaziyatning barqarorligi ta’minlandi.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ikki chorak davomida masofaviy ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning darslarni to‘liq o‘zlashtirishlariga yetarli imkoniyat bermadi, ayrim holatlarda o‘quvchilar televizion darslarni ko‘rish va o‘rganish o‘rniga vaqtini besamar o‘tkazish va ota-onalar tomonidan yetarli nazorat etilmasligi oqibatida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlari ham kuzatildi.

Shu bois, ota-onalardan farzandlarining kelajagi uchun o‘z vaqtida bilim olishlariga sharoit yaratishlari va maktabga yuborishlarini so‘rab qolamiz.

O‘z o‘rnida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari barcha umumta’lim maktablarida qishki mavsumda issiqlik tizimini barqaror ishlashi, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bilan bog‘liq tashkiliy choralarni ko‘rish, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlashlari talab etiladi.


Как известно, в первой половине 2020-2021 учебного года учебный процесс проводился в традиционной и дистанционной форме по желанию родителей с учетом эпидемиологической ситуации в стране.

Министерство народного образования учло стабилизацию эпидемиологической ситуации в стране, тот факт, что к концу II четверти более 90% учащихся вернулись в школу на традиционную форму обучения, лек будет переведен на традиционную форму .

Следует отметить, что в результате своевременно принятых мер по охране здоровья учащихся в первой половине учебного года стабильность эпидемиологической ситуации в школах с традиционным образовательным процессом остается стабильной.

Анализы показывают, что дистанционное обучение в течение двух четвертей не позволяло учащимся в полной мере усвоить уроки, а в некоторых случаях учащиеся тратили время вместо просмотра и изучения телевизионных уроков. Также сообщалось о правонарушениях несовершеннолетних в результате недостаточного родительского надзора.

Поэтому мы просим родителей создать условия для получения их детьми своевременного образования на будущее и направления их в школу.

Советом Министров Республики Каракалпакстан, областными и Ташкентским городскими хокимиятами приняты организационные меры по обеспечению стабильной работы системы отопления во всех общеобразовательных школах в зимний период, охране здоровья учащихся, улучшению санитарно-гигиенических условий. необходимо обеспечить дезинфицирующими средствами.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: