XTB metodistlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat?

XTB metodistlarining asosiy vasifasi nimalardan iborat?
Telegramda o'qish

Ko‘pchilik o‘qituvchilar ayrim XTB metodistlari ko‘p hollarda maktablarni faqat tekshirgani kelishlarini, shuningdek ularga bosim o‘tkazishini, ko‘pol qilib aytganda har doim tirnoq ostidan kir qidirishlarini aytishib shikoyat qilishadi. Shuning uchun XTB metodistlarining vazifasi nimalardan iborat ekanligini ko‘pchilik bilib olishi kerak deb o‘yladik.

❕Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining fan metodistlari o‘qituvchilarga quyidagi metodik xizmatlarni ko‘rsatadi:

✅o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash uchun o‘qituvchilarnii qo‘shimcha materiallar bilan ta’minlaydi;

✅o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida “online metodik kun” tashkil etadi;

✅o‘qituvchilarga fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv rejalar, dasturlar, darsliklar va boshqa me’yoriy hujjatlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar beradi;

✅o‘qituvchilar uchun tegishli fandan o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni topshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi va o‘quv-seminarlar tashkil etadi;

✅o‘qituvchilarni o‘quv-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha metodik tavsiyalar bilan ta’minlaydi;

✅o‘qituvchilar darslarini tahlil qiladi va ularga darsga tayyorgarlik ko‘rish, samarali dars o‘tish usullari haqida tegishli tavsiyalar beradi;

✅o‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan ishlash (iqtidorli va o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash) usullarini o‘rgatadi;

✅tayanch maktablaridagi fan bo‘yicha trener-o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quv yili davomida tegishli fan o‘qituvchilari uchun fan yutuqlarini tezkorlik bilan o‘zlashtirib olish, ta’limdagi yangiliklar va o‘qitish metodlarini amaliyotga joriy etishga oid o‘quvlar tashkil qiladi;

✅o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganadi, ularning kasbiy ehtiyojlarini aniqlaydi va ehtiyojni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

✅o‘qituvchilarga ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish usullarinit o‘rgatadi.

Xullas XTB metodistlarining asosiy vazifalari shulardan iborat.

Muallif Ulug‘bek Po‘latov

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: