Qashqadaryoda haftaning har seshanbasi “maktablar kuni” deb e’lon qilindi

Qashqadaryoda haftaning har seshanbasi “maktablar kuni” deb e’lon qilindi

Qashqadaryo viloyatida haftaning har seshanba kuni “maktablar kuni” deb e’lon qilindi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayev pandemiya sharoitida umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonini tashkil etish va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Ma’lumot berilishicha, viloyat hokimi shahar va tuman hokimlariga murojaat qilib, ularni haftaning har seshanbasida hududlardagi maktablarda bo‘lib, ta’lim tizimi xodimlari bilan muloqot qilishga chaqirgan.
“Hokimlar haftaning har seshanbasida maktablarda bo‘lib, dars o‘tsin. O‘qituvchilar bilan muloqot qilib, ularning muammolari bilan qiziqsin. Hokim sifatida kamchiliklarga yechim topsin”, — dedi viloyat rahbari.

Viloyat hokimi Zoir Mirzayev viloyatdagi maktab direktorlarining “ishlayman”, “yangilik qilaman” deya tashabbus ko‘rsatganlarini tanlab olib, Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi matematikaga ixtisoslashgan maktabga olib borib, tajriba orttirishi uchun imkoniyat yaratish berish taklifini o‘rtaga tashladi.
“Maktab direktorlari Qorako‘ldagi maktabga borib, tajriba orttirsin, yangilik qilsin. Har bir tuman va shaharda matematika, kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslashgan maktablar tashkil qilaylik. Ta’limda yangilik qiladigan vaqt keldi”, — dedi hokim.
Zoir Mirzayev viloyatda matematika va kimyo-bilogiya fanlariga ixtisoslashgan maktab tashkil qilib, yaxshi natija ko‘rsatgan maktab direktorlariga oylik-maoshidan tashqari viloyat hokimligi tomonidan har oy 5 million so‘mdan mukofot berilishini ma’lum qildi.
“Qaysi maktab direktori maktabini matematika yoki kimyo-biologiyaga ixtisoslashtirib, yaxshi natijalar ko‘rsatsa, har oy oylik maoshidan tashqari viloyat hokimligi tomonidan 5 million so‘mdan mukofot ham berib boriladi”, — deydi Zoir Mirzayev.

Qashqadaryo hokimi yig‘ilish davomida maktablarda faoliyat yurituvchi qorovullar ko‘pincha nafaqaga chiqqan fuqarolar ekanligini aytib, “Faqat nafaqaga chiqqan odam maktab qorovuli bo‘lishi kerak degan tushunchani o‘zgartirib, ishsiz yoshlarni ham qorovullikka olish kerak”, — dedi.
“Maktab qorovuli maktabga kelgach, uxlamasdan hududini qo‘riqlab chiqishi kerak-ku. Xo‘sh, nafaqa yoshidagi qorovul buni qay darajada uddalaydi?”, — deya savol berdi hokim.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bayramiga bag‘ishlangan tabrigida “Qorako‘l maktabi biz uchun zamonaviy maktabning haqiqiy andozasi emasmi? Nima uchun Xalq ta’limi vazirligi uning noyob tajribasini yetarlicha ommalashtirmayapti? Nima uchun boshqa maktab direktorlari bu ta’lim dargohidan ibrat olmayapti? Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov nega uch yildan buyon bu jiddiy masalaga yetarlicha e’tibor bermayapti?”, degandi.


В Кашкадарьинской области каждый вторник недели объявлен «Школьным днем». Об этом сообщил аким области Зоир Мирзоев на совещании по вопросам организации учебного процесса в общеобразовательных школах в условиях пандемии и решения существующих проблем, передает корреспондент «Дарио». Сообщается, что губернатор призвал мэров городов и округов каждый вторник посещать школы в этом районе, чтобы общаться с чиновниками из сферы образования.
«Мэры должны быть в школах каждый вторник недели. Общайтесь с учителями и интересуйтесь их проблемами. Как губернатор, пусть найдет решение недостатков», — сказал глава региона.

Губернатор области Зоир Мирзоев выбрал инициативу директоров школ области «работать» и «вводить новшества» и предложил взять его в школу с математическим уклоном Каракульского района Бухарской области и дать ему возможность получить опыт.
«Директора школ должны ехать в школу в Караколе, чтобы набираться опыта и внедрять инновации. Давайте создадим в каждом районе и городе школы с математическим, химико-биологическим уклоном. Пришло время внедрять инновации в образование», — сказал он.
Зоир Мирзоев сообщил, что им создана в районе школа по математике и химии и биологическим наукам, и что администрация школы будет ежемесячно выплачивать по 5 миллионов сумов директорам школ, показавшим хорошие результаты.
«Помимо месячной зарплаты администрация области наградит премией в размере 5 млн сумов любому директору школы, специализирующемуся в области математики или химии и биологии», — сказал Зоир Мирзоев.

В ходе встречи мэр Кашкадарьи сообщил, что охранники, работающие в школах, в основном граждане пенсионного возраста.
«Когда школьный охранник приходит в школу, он должен бодрствовать. Так насколько хорошо это может сделать гвардеец пенсионного возраста?» — спросил губернатор.
Напомним, Президент Шавкат Мирзиёев в поздравлении с Днем учителя сказал: «Разве Каракольская школа не является для нас настоящим образцом современной школы? Почему Министерство народного просвещения недостаточно популяризирует его уникальный опыт? Почему директора других школ не следуют примеру этой школы? Почему министр народного просвещения Ш. Шерматов уже три года не уделяет должного внимания этому серьезному вопросу?»

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: