Ta’limda qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?

Ta’limda qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi?

Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar amalga oshirilgani haqida.

Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari birlashtirilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etildi hamda mazkur tashkilotga Xilola Uktamovna Umarova vazir etib tayinlandi;

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkil etilib, mazkur tashkilotga Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov vazir etib tayinlandi;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyati tugatildi va uning funksional vazifalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida taqsimlandi;

Fan oyliklari va metodik kunlar rasman bekor qilindi hamda ommalashtirish ishlari onlayn platformaga o‘tkazildi. (https://ommalashtirish.uz/)

2023-yil 1-yanvardan boshlab maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar orasidan tanlab olinadi va kelishish uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga taqdim etiladi;

2023-yil 1-yanvardan boshlab 14 ta hududda tajriba asosida yangi darsliklar o‘qitiladi;

2023-yil 1-yanvardan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlar tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari tashkil etiladi;

2023/2024 o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish amaliyoti qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi.

Mavzuga doir:
2023 yilda xalq ta’limi tizimida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Ta’lim borasida davlat nima qilmoqchi?

Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi bo‘yicha yig‘ilishda aytgan so‘zlari


О том, какие изменения произошли в сфере образования.

Были объединены Министерства народного образования и дошкольного образования, образовано Министерство дошкольного и школьного образования, а министром этой организации назначена Хилола Уктамовна Умарова;

Было создано Министерство высшего образования, науки и инноваций, а министром этой организации назначен Ибрагим Йолчиевич Абдурахманов;

Деятельность Государственной инспекции по контролю качества образования при Кабинете Министров была прекращена, а ее функциональные задачи были разделены между Министерством дошкольного и школьного образования и Министерством высшего образования, науки и инноваций;

Месяцы науки и методические дни были официально отменены, а популяризаторские мероприятия переведены на онлайн-платформу. (https://ommamarzatsiya.uz/)

С 1 января 2023 года кандидатуры на должность директора школы будут отбираться только из числа лиц, имеющих управленческие аттестаты, и будут вноситься на согласование в районные (городские) Кенгаши народных депутатов;

С 1 января 2023 года в 14 регионах на основе опыта будут преподавать новые учебники;

С 1 января 2023 года в структуре республиканских центров по обучению учителей новым методикам будут создаваться отделы методической службы без статуса юридического лица;

С 2023/2024 учебного года практика бесплатного питания учащихся начальных классов, установленная в Каракалпакстане и Хорезме, будет внедрена в школах других областей и города Ташкента.

Предмет:
Какие изменения произойдут в системе народного образования в 2023 году?

Что государство собирается делать с образованием?

Слова Шавката Мирзиёева на совещании по народному образованию

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: