Maktablar uchun innovatsion loyihalar. Dunyoning turli davlatlaridan ajoyib g‘oyalar

Maktablar uchun innovatsion loyihalar. Dunyoning turli davlatlaridan ajoyib g‘oyalar

Maktab – innovatsiyalar kiritilishi shart bo‘lgan joylardan biridir. Zamon bir joyda turmaydi, bolalarda borgan sari o‘qishga mehr uyg‘otish qiyinlashmoqda. Biroq, bunday innovatsiyalar bilan bu ishni amalga oshirish haqiqatga yaqindir.

Batut

Batut
Stokgolmning Vittra Telefonplan maktabidagi batutli o‘yin maydoni. Bu yerda giperaktiv bolalar o‘ynashlari va faol dam olishlari mumkin.

Ozodlik hisi

Ozodlik hisi
Original dizayn, devorsiz ochiq xona va partalarning noodatiy joylashuvi, yoqimli va yengil atmmosfera uyg‘otadi.

Ochiq muhit

Ochiq muhit
Vittra Telefonplan maktabidagi ichki muhitning noodatiy dizayni – devorlar va sinfxonalar yo‘q, turli zonalar esa original dizaynga ega yupqa to‘siqchalar bilan ajratilgan.

O‘yin mebeli

O‘yin mebeli
Yorqin futuristik mebel, o‘quvchilar ushbu interyerdan o‘yin inventari sifatida foydalanishlari mumkin. Maktabda yoqimliroq va qiziqroq!

Futuristik sinflar

Futuristik sinflar
Kiyevdagi dars xonalarining yorqin va zamonaviy interyer maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarida yaxshi kayfiyat uyg‘otadi. Boshqa maktablardagi oddiy o‘quv xonalariga umuman o‘xshamaydi.

Sport zal

Sport zal
Original qoplamali devor va pol, eng yangi sport inventarlari va moslamalari bilan jihozlangan, zamonaviy dizaynli sport zal, barcha yoshdagi o‘quvchilarga yoqishi turgan gap. Bu albatta sport bilan shug‘ullanishga ilhomlantiradi.

Oyna ortida

Oyna ortida
Kopengagenda katta bo‘lmagan gimnaziya, tashqaridan oynali kubga o‘xshaydi, ichida esa ko‘p qavatli devorsiz muhit, yog‘och to‘siqlar yordamida orolchalar va zonalarga ajratilgan futuristik konstruksiya. Bunday erksevar dizayn maktab siyosatiga o‘ta mos: bu yerda o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘quv guruhlarini va ilmiy tadqiqotlar uchun va haqiqiy hayotiy masalalar yechimini topish uchun vaqtinchalik sinflarni shakllantiradi.

Ofis

Ofis
Aykene (AQSh) dagi kichik bir maktabda, ish joyi ko‘plab alohida xonalarga past to‘siqlar bilan bo‘lingan. Har bir o‘quvchi o‘z kompyuteri va o‘qishning individual dasturiga ega. Maktab boshqarmasi bunday siyosat bolalarni haqiqiy kattalar hayotiga tayyorlaydi, muammo va masalalarni mustaqil ravishda hal qilishga o‘rgatadi deb hisoblaydi.

Stadion

Stadion
O‘ta katta stadion va bolalar maydonchasi boshlang‘ich maktabning tomiga qurilganligi – maktab territoriyasi to‘g‘ri va foydali ishlatilishining ajoyib misolidir. (Chjeszyan, Xitoy)

Kutubxona

Kutubxona
Panorama oynalar, yorqin devorlar, original stellajlar, qulay va yorqin o‘rinlar va stollar – o‘quvchilarni o‘qishga va kitob bilan ishlashga o‘rgatishning ajoyib usuli.

Arxitektura shedevri

Arxitektura shedevri
Bizning ko‘plab maktablarimizdan farqli o‘laroq, Melburndagi o‘rta maktab binosi o‘zining g‘ayrioddiy dizayni va yorqin ranglari bilan e’tiborni jalb qiladi. Maktab binosi yarim aylana shakla va turli qiyin geometrik shakllardan iborat, ichida esa katta hovlisi bor. Dizaynerlar ta’kidlashicha, yorqin ranglar o‘quvchilar fantaziyasini boyitadi va butun kunga energiya beradi.

Maktab avtobusi

Maktab avtobusi
Maktab avtobusining g‘aroyib saloni, divan va stullar, o‘quvchilarga yo‘l davomida dam olib, bir-birlari bilan suhbatlashishga qulay sharoit yaratadi.

Sport kompleksi

Sport kompleksi
Bergendagi NY – Krohnborg maktabining aql bovar qilmas dizaynga ega sport kompleksi, bahaybat basketbol maydoni, zamonaviy sport moslamalari, divan va stolchalarga ega foyeni o‘z ichiga oladi.

Art muhit

Art muhit
San Fransiskodagi noan’anaviy maktab, eski ombor hududiga ega, unda tirmashib chiqish konstruksiyalari, qo‘lbola teatr va qal’alar, qurilish va ijod qilish uchun kerakli moslamalar bor. Maktab siyosati – hech qanday ta’qiq yo‘q. O‘quvchilarga dog‘ qilish, tirmashib chiqish, narsalarni yoqish, tajribalar o‘tqazish, narsalarni buzish va yangilarini yasash – barchasi mumkin. Asoschilarning fikriga qaraganda, bunday o‘quv maskani bolalarni iste’mol qilishga emas balki yaratishga o‘rgatadi.

O‘qish sinfi

O‘qish sinfi
Shimoliy Karolinaning boshlang‘ich maktabida shunday sinf borki, u oddiy partalar o‘rniga velotrenajorlar bilan jihozlangan. Bunday yechim, o‘quvchilarning ko‘rsatkichlarini oshiradi, konsentratsiyani yaxshilaydi va miyaning ikkala yarimsharini ishlatishga imkon beradi.

Zinapoya dizayni

Zinapoya dizayni
Zinapoyaning matematik formulalar bilan bezatilgan har bir zinasi o‘quvchilarga ularni eslab qolish va unutmaslikka ko‘maklashadi.

Texnologiyalar

Texnologiyalar
Bu maktabda o‘qituvchilar bilan bir qatorda robortlar ham dars o‘tadi. Maktab rahbariyatining fikriga ko‘ra, bunday zamonaviy yondashish o‘quvchilarda ba’zi fanlarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otadi.

O‘quv zali

O‘quv zali
Monreal maktablaridan birining zamonaviy dizayni – markazida katta palma o‘suvchi dumaloq yog‘och stollar va stul o‘rniga original to‘nkalar.

Oshxona

Oshxona
Ko‘rinishidan yorqin dizaynli, zamonaviy restoranga o‘xshab ketadigan maktab oshxonasi, albatta, o‘quvchilar va o‘qituvchilarga yoqishi turgan gap.

Dam olish joyi

Dam olish joyi
Tinchlantiruvchi ranglarda bezalgan, osilib turadigan ajoyib yarimsfera shaklidagi kreslolar bilan jihozlangan dam olish xonasi, o‘quvchilar uchun tanaffus vaqtida dam olish uchun zo‘r joy.


Школа – одно из мест, где необходимы инновации. Время не стоит на месте, и детям становится все труднее привить любовь к чтению. Однако с такими новшествами выполнение этой работы близко к реальности.

Батут

Батутная площадка в школе Vittra Telefonplan в Стокгольме. Здесь гиперактивные дети могут играть и активно отдыхать.

Чувство свободы

Оригинальный дизайн, открытая комната без стен и необычная расстановка столов создают приятную и легкую атмосферу.

Открытая среда

Необычный дизайн интерьера школы Vittra Telefonplan – никаких стен и кабинетов, а различные зоны разделены тонкими перегородками с оригинальным дизайном.

Игровая мебель

Яркая футуристическая мебель, школьники могут использовать такой интерьер как игровой инвентарь. В школе веселее и увлекательнее!

Футуристические классы

Яркий и современный интерьер классных комнат в Киеве создаст хорошее настроение у учеников и преподавателей школы. Это не похоже на обычные классы в других школах.

Спортзал

Оригинальные облицовочные стены и полы, ультрасовременный тренажерный зал, оснащенный новейшим спортивным оборудованием и оборудованием, обязательно понравятся ученикам всех возрастов. Это определенно вдохновляет меня заниматься спортом.

За окном

В Копенгагене небольшой спортзал снаружи выглядит как стеклянный куб, а внутри многоэтажная бесстенная среда, футуристическая структура, разделенная на острова и зоны деревянными барьерами. Этот амбициозный проект полностью соответствует школьной политике: здесь учащиеся формируют независимые учебные группы и временные классы для исследований и поиска решений реальных проблем.

Офис

В небольшой школе в Айкене, США, рабочее место разделено на множество отдельных комнат с низкими перегородками. У каждого ученика есть свой компьютер и индивидуальная программа чтения. Администрация школы считает, что такая политика готовит детей к настоящей взрослой жизни и учит их самостоятельно решать проблемы и вопросы.

Стадион

То, что на крыше начальной школы построили огромный стадион и детскую площадку, — отличный пример правильного и полезного использования школьной территории. (Чечня, Китай)

Библиотека

Панорамные окна, светлые стены, оригинальные стеллажи, удобные и яркие сиденья и столы — отличный способ научить школьников читать и работать с книгами.

Архитектурный шедевр

В отличие от многих наших школ, здание средней школы в Мельбурне привлекает внимание своим необычным дизайном и яркими цветами. Здание школы состоит из полукруглой формы и различных замысловатых геометрических форм, с большим внутренним двором. Дизайнеры утверждают, что яркие цвета обогащают воображение школьников и заряжают энергией на весь день.

Школьный автобус

Странный салон школьного автобуса, диваны и стулья позволяют ученикам расслабиться в пути.создает комфортную среду для общения друг с другом.

Спортивный центр

Невероятно спроектированный спортивный комплекс в школе NY-Krohnborg School в Бергене включает в себя огромную баскетбольную площадку, современный спортивный комплекс, фойе с диванами и столами.

Арт-среда

В нетрадиционной школе в Сан-Франциско есть старый склад с конструкциями для лазанья, самодельными театрами и замками, а также помещениями, необходимыми для строительства и творчества. Политика школы — никаких запретов. Можно пачкать учеников, царапать, сжигать вещи, экспериментировать, ломать вещи и создавать новые. По словам основателей, такая школа учит детей создавать, а не потреблять.

Класс чтения

В начальной школе Северной Каролины есть класс, оборудованный велотренажерами вместо обычных парт. Это решение повышает успеваемость учащихся, улучшает концентрацию и позволяет им использовать оба полушария мозга.

Лестничный дизайн

Каждая ступенька лестницы, украшенная математическими формулами, помогает учащимся запоминать и запоминать их.

Технология

Помимо учителей, в этой школе преподают роботов. По мнению администрации школы, такой современный подход вызовет у учащихся интерес к изучению определенных предметов.

Читальный зал

В современном дизайне одной из монреальских школ вместо стульев стоят круглые деревянные столы и стулья с растущей в центре большой пальмой.

кухня

Школьная кухня, похожая на современный ресторан с ярким дизайном, обязательно понравится ученикам и учителям.

Зона отдыха

Лаундж, оформленный в спокойных тонах, оборудован потрясающими подвесными полусферическими креслами — прекрасным местом для отдыха студентов во время перемен.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: