Urush va tinchlik haqida maqollar to’plami

Urush va tinchlik haqida maqollar to’plami
Telegramda o'qish

Tinchlik, notinchlik haqidagi maqollarni qabul qiling.

Begʼalva bosh bosh emas.

Bir kun urush boʼlgan uydan
Qirq kun baraka koʼtarilar.
Bir kunlik janjal
Qirq kunlik rizqni olar.

Bugun sizdan, ertaga bizdan.

Boʼy — boʼylab,
Teng — tenglab.

Dovul tursa, bulut quvar,
Yov qutursa, yurt quvar.

Yovning tashida boʼiguncha, ichida boʼl.

Yopigʼliq qozon — yopigʼlik.

Janjalli joyda ogʼzingni ochma.

Janjalli uy — azobli goʼr.

Jon bor joyda janjal bor.

Moli toʼqning koʼngli toʼq.

Molingni oʼgʼriga topshir,
Qoʼshning omonda boʼlsin.

Nogʼora tovushining uzogʼi yaxshi.

Oz oshim — gʼavgʼosiz boshim.

Olam tinch — xonam tinch.

Osoyishtalik — eng yaxshi malham.

Och boʼl, omon boʼl.

Och yur, tinch yur.

Och qornim — tinch qulogʼim.

Tomosha tandir boshida.

Tinch elning bogʼi gullar.

Tinchliging — hurliging.

Tinchhk — baxt, sogʼlik — taxt.

Tinchlik bilan el koʼkarar,
Yomgʼir bilan — yer.

Tinchlik urushni yengar.

Tinchlik — farovonlik yoʼldoshi.

Tush uyqusi — qush uyqusi.

Urush bilan gap ortar,
Gapdan nima naf ortar.

Urush ayirar,
Tinchlik topishtirar.

Urush boʼlsa, turish yoʼq.

Urush — yoʼqlik,
Tinchlik — toʼqlik.

Urush — ofat,
Tinchlik — farogʼat.

Urush — tomoshabinga oson.

Urush — xunrezlik.

Urush qurbonsiz boʼlmas.

Urushda turish yoʼq.

Urushning boshi — oʼyin,
Oxiri — oʼlim.

Urushning kengashi yoʼq.

Urushlik uy — mozor.

El omon — yaxshi zamon.

Yurti tinchning eli tinch.

Qarz tovush chiqarmasa ham,
Uxlagani qoʼymas.

Qirqdan qirgʼin yomon.

Qirgʼin daraxt shoxida emas,
Odam boshida yurar.

Qori erib, togʼi qolar,
Urush oʼtib, dogʼi qolar.

Qoʼshning tinch — sen tinch.

Gʼaming yoʼq boʼlsa, quda qil.

Yuklab olish — Urush va tinchlik haqida maqollar

Maqollarni yuklab olishUrush va tinchlik haqida maqollar to’plami

Foydalanilgan adabiyot
O’ZBEK XALQ MAQOLLARI
«Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik korapaniyasi Bosh tahririyati, 2005.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: