Savol: Men rus tili fani o‘qituvchisiman. Maktabda o‘rindosh bo‘lib, 8 soat dars beraman. Boshqa maktabdan ham dars olganman. U yerda asosiyman. 14 soat darsim bor. C1 sertifikatim bor. O‘rindoshlik ish joyimda bu sertifikat uchun ustama to‘lanmas ekan. Shu rostmi? Axir ko‘p maktablarda beriladiku. Shu masalaga oydinlik kiritib bering.
Savolga xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 28 iyulda bir necha vazirliklar bilan imzolagan 25-sonli qo‘shma qarori bilan 2023-2024 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan certifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
Ushbu qarorda esa barcha sertifikatlar o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega umumta’lim maktablarda faoliyat yuritadigan, shu jumladan soatbay va o‘rindosh, pedagog xodimlarga shu jumladan, maktab direktori va o‘rinbosarlarga ham har oylik ustama to‘lash nazarda tutilgan.
Demak, vazirlik qo‘shma qarorida nazarda tutilgan sertifikatlarga ega bo‘lgan soatbay va o‘rindosh hamda maktab direktori va o‘rinbosarlarga ham o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatlar uchun ustama to‘lab berilishi lozim.
mavzuga doir:
Sertifikat ustamasi faqat 1 stavka uchun to‘lanadimi?
C1 sertifikati bor pedagoglar attestatsiyadan ozod etiladimi?