Pedagoglar ijtimoiy himoyasi davlat e’tiborida

Pedagoglar ijtimoiy himoyasi davlat e’tiborida

Ilm o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash, uni rag‘batlantirish ham ijtimoiy muhofazaga kiradi.

Bugungi kunda davlatimizda yosh avlodning milliy va jahon ilm-fan yutuqlarini o‘rganish, o‘zlashtirishga intilishini rag‘batlantirish, yoshlarning fundamental fan asoslarini puxta egallashi uchun shart-sharoit yaratish, bo‘lg‘usi olimlarni tayyorlash, ularning innovasion qobiliyatini oshirish, iqtidorini ro‘yobga chiqarish, iste’dodli yoshlarni izlab topish, ularni ilmiy faoliyatga jalb qilish hamda har tomonlama qo‘llab quvvatlash yuzasidan belgilangan vazifalar izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.
Ayniqsa, 2017-2021 yillar davomida birinchidan, ilm-fan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish, bu boradagi qonunchilikni zamon talablari asosida takomillashtirib borish, xususan, ilmiy-tadqiqot va ilmiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini yanada kengaytirish, ilmiy ishlanmalar va yangi g‘oyalarni hududlarda ishlab chiqarish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joriy etishni nazarda tutuvchi yangi huquqiy mexanizmlarga asos solindi.
Ikkinchidan, ilm-fan va ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish hamda ilm-fan vakillarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha juda katta miqyosda ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Fanlar akademiyasi va uning institutlariga “yangidan hayot baxsh etish” natijasida tizimdagi ilmiy muassasalar soni 20 tadan 35 taga yetkazildi. Akademiyaga saylovlar qayta tiklandi. Innovasion rivojlanish vazirligi tashkil etildi, bir qator innovasiya markazlari, ilmiy klaster va texnoparklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimiz e’tirof etganlaridek, “ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag‘batga munosib”. Shuning uchun ham o‘tgan besh yilda ilm-fan sohasini moliyalashtirish 4 karra ko‘paydi. Ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularning ish haqlari 3 barobar oshirildi. Fan doktori va nomzodlari uchun alohida ustama haq belgilandi.
Ta’lim va tarbiya masalasi har qanday jamiyat rivojining ustuvor yo‘nalishi sanaladi. Yurt farovonligi albatta ta’limning qanchalik rivojlanganligiga bog‘liq. Xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi bo‘lgan yoshlarga bilim berayotganimizdan, yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan, raqobatdosh kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan oliy ta’lim sohasida mehnat qilayotganimizdan faxrlanamiz. Oldimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish maqsadi turgan ekan, buning uchun bizga zamonaviy ilm va unga hamohang ravishda tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoshlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-o‘qituvchilar, haqiqiy ziyolilar qatlamisiz bu niyatlarga erisholmaymiz. Zero, ta’lim va tarbiya, ularning uyg‘unligi masalasi har qanday jamiyat rivojining ustuvor yo‘nalishi sanaladi. Yurt farovonligi albatta ta’limning qanchalik rivojlanganligiga bog‘liq.
Yaqinda Taraqqiyot strategiyasiga oid Farmon loyihasining jamoatchilik muhokamasi yakunlandi. Strategiyaning yetti yo‘nalishidan to‘rtinchisi adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-tarbiya, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalari bugungi dolzarb, kechiktirib bo‘lmaydigan yo‘nalishlardan ekanligi ta’kidlandi. Bu har birimizning ertangi kunimiz va taraqqiyotimiz bilan bog‘liq vazifalar. Eng e’tiborlisi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasi vakillari majburiy mehnatdan ozod etildi, ularning oylik maoshlari 3-3,5 baravar oshirildi. Ammo, Prezidentimiz o‘z nutqida ta’kidlaganidek, bu hali hammasi emas. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, o‘qituvchilar mehnatini munosib rag‘batlantirish uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi. 2025 yilga borib, oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida ming dollarga yetkazish choralari ko‘riladi.
Intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatda demokratik qadriyatlar va ko‘nikmalar barqaror rivojlanadi. Chunki intellektual boylik faqat bilim, aqlu tafakkur, ilm-fan salohiyati bilan birga, yuksak ma’naviyatni ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham Yurtboshimiz ana shu omillarning barchasini nazarda tutib, O‘zbekistonda ta’lim tizimini har tomonlama rivojlantirish, soha xodimlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash borasida yangi tashabbus va g‘oyalarni muntazam ilgari surib kelmoqda.
Ismoil Saifnazarov,
falsafa fanlari doktori, TDIU professori

Manba: aniq.uz


Поддержка и поощрение изучения науки также является частью социальной защиты.

Сегодня в нашей стране изучение отечественных и мировых научных достижений подрастающего поколения, поощрение их стремления к овладению, создание условий для овладения молодежью основами фундаментальной науки, подготовка будущих ученых, повышение их инновационных способностей. последовательно осуществляется реализация проекта, поиск талантливой молодежи, вовлечение ее в научную деятельность и всесторонняя поддержка.
В частности, в течение 2017-2021 гг., прежде всего, правовое регулирование науки, совершенствование законодательства в этой сфере в соответствии с современными требованиями, в частности, дальнейшее расширение роли частного сектора в предоставлении исследований и научных услуг, созданы научно новые правовые механизмы, предусматривающие непосредственное внедрение разработок и новых идей в производственный процесс в регионах.
Во-вторых, проводится большая работа по коренному совершенствованию системы науки и образования, а также по материальной и моральной поддержке ученых. В частности, в результате «оживления» Академии наук и ее институтов количество научных учреждений в системе увеличилось с 20 до 35. Выборы в Академию возобновились. Создано Министерство инновационного развития, создан ряд инновационных центров, научных кластеров и технопарков. Как признал Президент, «Наука, новые открытия и изобретения подобны копанию колодца иголкой. Поэтому труд наших ученых, самоотверженно трудящихся на этом нелегком поприще, заслуживает похвалы и поощрения». Вот почему финансирование науки увеличилось в четыре раза за последние пять лет. Заработная плата ученых была утроена, чтобы обеспечить финансовые стимулы. Для докторов и кандидатов наук была установлена ​​отдельная премия.
Образование и воспитание является приоритетом развития любого общества. Благополучие страны, безусловно, зависит от уровня образования. Мы гордимся тем, что воспитываем молодежь, которая является опорой нашего народа, и работаем в сфере высшего образования, которое направлено на подготовку высококвалифицированных и конкурентоспособных кадров. Поскольку цель состоит в том, чтобы заложить основы Третьего Возрождения, для этого нужна современная наука и образование в гармонии с ней. Мы не можем достичь этих целей без прослойки высококвалифицированных педагогов и тренеров, профессоров и настоящих интеллектуалов, которые будут решать судьбы нашей молодежи сегодня и завтра. Ведь образование и воспитание, вопрос их совместимости является приоритетным для развития любого общества. Благополучие страны, безусловно, зависит от уровня образования.Недавно завершилось общественное обсуждение проекта Указа о Стратегии развития. Четвертым из семи направлений стратегии является проведение справедливой социальной политики, качественного образования, являющегося важнейшим фактором развития человеческого капитала, социальной защиты педагогов и медицинских работников, подчеркнуто. Это задачи каждого из нас для нашего будущего и нашего развития. В частности, от принудительных работ были освобождены представители высшего и среднего специального образования, а их заработная плата была увеличена в 3-3,5 раза. Однако, как сказал в своем выступлении Президент, это еще не все. Как бы ни было сложно, будут приложены все усилия, чтобы побудить учителей к работе. К 2025 году будут приняты меры по увеличению месячной зарплаты учителей высокого класса до эквивалента одной тысячи долларов.
В интеллектуально развитой стране демократические ценности и навыки устойчивы. Потому что интеллектуальное богатство включает в себя не только знания, интеллект, научный потенциал, но и высокую духовность. Поэтому, учитывая все эти факторы, глава нашего государства постоянно выдвигает новые инициативы и идеи по всестороннему развитию системы образования Узбекистана, обеспечению социальной защиты работников сферы.
Исмаил Саифназаров,
доктор философских наук, профессор ТГУ

Источник: Точно.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: