TELEVIZION DARSLARNI TASVIRGA OLISHDA FAOL QATNASHGAN BIR GURUH PEDAGOGLAR TAQDIRLANDI

TELEVIZION DARSLARNI TASVIRGA OLISHDA FAOL QATNASHGAN BIR GURUH PEDAGOGLAR TAQDIRLANDI
Telegramda o'qish

Xabaringiz bor, Xalq ta’limi tizimida masofaviy ta’lim jarayonini amaliyotga keng joriy etish, o’quv-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion shakl va usullaridan samarali foydalanish hamda ta’lim sifatini oshirishga ko’maklashish maqsadida “online maktab” ruknidagi televizion darslar tasvirga olinmoqda.

Televizion darslarni tasvirga olishda 100 dan ortiq malakali, tajribali fan o’qituvchilari, surdo-tarjimonlar jalb qilingan.
Bugun ushbu jarayonda faol qatnashgan bir guruh pedagoglarimiz 1-oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur fidoiy o’qituvchilarga ushbu ko’krak nishonlari Xalq ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev tomonidan topshirildi.
Xalq ta’limi vazirligi “online maktab” ruknidagi televizion darslar tasvirga olishga jalb qilingan barcha o’qituvchilar, srudo-tarjimonlar, muharrirlar va televideniye xodimlariga o’z minnatdorchiligini bildiradi.
“Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro’yxati
Taxmina Axrorova – Chilonzor tumanidagi 103-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Taxmina Samadova – Mirzo Ulug’bek tumanidagi 142-sonli umumta’lim maktabining Ingliz tili fani o’qituvchisi.
Nargiza Akramova – Profilli mehnat ta’limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
Xilola Karimova – Mirobod tumanidagi 60-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining Nemis tili fani o’qituvchisi.
Shoxista Xudayarova – Yunusobod tumanidagi 51-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining Fransuz tili fani.
Mariya Soy – Yunusobod tumanidagi 51-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining Kimyo fani o’qituvchisi.
Nilufar Raxmatova – Chilonzor tumanidagi 126-sonli umumta’lim maktabining Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi.
Emine Adjimambetova – Chilonzor tumanidagi 103-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining Kimyo fani o’qituvchisi.
Zamira Nurmanova – Toshkent viloyati Angren shahridagi 21-sonli umumta’lim maktabining Rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi.
Manzura Abduazimova – Toshkent shahridagi 102-sonli maxsus maktab internatining surdo tarjimoni.
Farhod Karimov – Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish institutining prorektori.
Hamidov Salohiddin – ZO’R TV telekanalining montaj ustasi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: