Teledarslarda ishtirok etayotgan pedagoglar xavfsizligi ta’minlanmoqda

Teledarslarda ishtirok etayotgan pedagoglar xavfsizligi ta’minlanmoqda

Teledarslarda ishtirok etayotgan pedagoglar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda

Yurtimizda maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar tayyorlashning uzluksizligini ta’minlash hamda tasvirga olish jarayonida ishtirok etayotgan o‘qituvchilar va ularning yaqinlarini koronavirus (COVID-19) infeksiyasidan himoya qilish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xususan, Hukumat komissiyasi teledarslarni tayyorlashda ishtirok etayotgan pedagoglar hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimlarining COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olishlarini oldini olish maqsadida darslarni tasvirga olish jarayonini kerakli sharoit – moddiy texnika bazasi va yotoqxonasi mavjud bo‘lgan Toshkent shahridagi Prezident maktabida tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 30 mart kuni mamlakatimizda teledarslar namoyish etilishi boshlangan. Ushbu teledarslar Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida tayyorlanib, MTRK studiyalarida tasvirga olinayotgan edi.
Hozirgi kunga qadar o‘qituvchilar hamda teleradiokompaniya xodimlari uyidan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Media markaziga qatnagan holda teledarslarni tayyorlayotgan edi. Onlayn-maktab loyihasining barcha ishtirokchilarini koronavirus (COVID-19) infeksiyasidan himoya qilish maqsadida teledarslarni bir joyda tayyorlash bo‘yicha qaror qabul qilindi.
— Hukumat komissiyasining qaroriga ko‘ra, o‘qituvchilar va MTRK xodimlari teledarslarni Toshkent shahridagi Prezident maktabi binosida tasvirga olishni boshlashdi. Ushbu qaror birinchi navbatda loyihada ishtirok etayotgan pedagog va MTRK xodimlari hamda ularning yaqinlari sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan, — dedi Xalq ta’limi vaziri SHerzod SHermatov.
Loyihaning barcha 158 nafar ishtirokchilari koronavirusni aniqlash bo‘yicha virusologik tekshiruvdan o‘tkazildi va test natijalariga asosan Prezident maktabiga joylashtirildi. Pedagog va teleradiokompaniya xodimlari faoliyati uchun kerakli barcha sharoitlar yaratildi. Jumladan, jalb qilingan xodimlarga alohida yotoq anjomlari xarid qilindi.
Teledarslarni takomillashtirish maqsadida jalb etilgan mutaxassislar esa o‘z faoliyatini masofadan davom ettiradi. Ular teledarslarni suratga olish uchun materiallarni tayyorlashda va darslarni efirga uzatishdan avval ko‘rib chiqishga ko‘mak berishadi.


Принимаются дополнительные меры для обеспечения безопасности учителей, участвующих в телеуроках

В нашей стране принимаются дополнительные меры для обеспечения непрерывности подготовки школьников к телеурокам и защиты педагогов и их родственников, задействованных в съемочном процессе, от коронавирусной (COVID-19) инфекции.
Об этом сообщает пресс-служба Министерства народного образования.
В частности, Правительственная комиссия по организации съемочного процесса в Президентской школе г.Ташкента, имеющей необходимую материально-техническую базу и общежитие, в целях недопущения заражения педагогами и работниками Национальной телерадиокомпании Узбекистана COVID -19 зараза.решено.
Напомним, телеуроки начали транслироваться в нашей стране 30 марта этого года. Передачи подготовлены Министерством народного просвещения и Национальной телерадиокомпанией Узбекистана и сняты на студии НТРК.
До сих пор педагоги и сотрудники телерадиокомпании готовили телеуроки из дома, посещая Медиа-центр Национальной телерадиокомпании Узбекистана. Было решено подготовить телеуроки в одном месте, чтобы обезопасить всех участников проекта онлайн-школы от заражения коронавирусом (COVID-19).
— По решению правительственной комиссии учителя и сотрудники НТРК начали снимать телеуроки в здании Президентской школы в Ташкенте. Это решение в первую очередь направлено на охрану здоровья педагогов и сотрудников НТРК, задействованных в проекте, а также их родственников, — сказал министр народного образования Шерзод Шерматов.
Все 158 участников проекта прошли вирусологическое тестирование на выявление коронавируса и по результатам тестирования были зачислены в Президентскую школу. Созданы все необходимые условия для работы педагогов и сотрудников телерадиокомпании. В частности, для задействованного персонала были приобретены отдельные постельные принадлежности.
Специалисты, нанятые для улучшения работы телеканалов, продолжат свою работу удаленно. Они помогают подготовить материалы для съемок телеуроков и просмотреть уроки перед выходом в эфир.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: