Rossiyalik pedagoglar rus tili o‘qituvchilariga yordam berish uchun yurtimizga kelmoqda

Rossiyalik pedagoglar rus tili o‘qituvchilariga yordam berish uchun yurtimizga kelmoqda

Maktab bitiruvchilarimiz o‘zbek tilini bilishi bilan birga rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarini bilishi ularni kelajakda muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi!

Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov quyidagi xabarni e’lon qildi:
10 mingga yaqin maktablarimizda minglab rus va ingliz tili o‘qituvchilari faoliyat olib borishadi, lekin joylarda ular bilan suhbatlar davomida ularning tilni bilish bo‘yicha malakasini oshirish muhimligiga ko‘p marotaba amin bo‘lganman. Suhbatlar davomida mashhur kinofilmdagi “shestnitsa desa ham bo‘ladi, subbota desa ham bo‘ladi” degan epizod afsuski ko‘p marotaba esimga tushgan. Qanday qilib o‘zi chet tilini bilmagan o‘qituvchi o‘quvchiga ushbu tilni sifatli o‘rgatishi mumkin!

Xabaringiz bor, ingliz tilini o‘rgatishni yaxshilash maqsadida English Speaking Nation deb nomlangan loyihamiz orqali ingliz tili o‘qituvchilarini malakalarini oshirish uchun AQSH, Buyuk Britaniya davlatlari tomonidan 50 mln dollardan ortiq grant mablag‘larini jalb qilishga kelishganmiz va bu borada ishlar boshlangan.

Xuddi shunday, endi o‘zbek tilida dars o‘tiladigan maktablarda rus tilini o‘qitishni yaxshilash maqsadida Rossiya Federatsiyasining Maorif vazirligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Unga ko‘ra Rossiyalik pedagoglar O‘zbekistonga kelib hududiy malaka oshirish markazlarida rus tili o‘qituvchilarimizning malaka oshirishlariga hamda o‘zbek tilida dars o‘tilayotgan maktablarda rus tilini o‘rgatishni yaxshilashga yordam beradilar. Bu esa ushbu maktablardagi rus tili o‘qituvchilarimiz uchun ham juda katta foyda bo‘ladi.

Toshkent shahri va viloyat markazlarida rus tilida dars o‘tiladigan maktablarga ota-onalar tomonidan talab juda yuqori. Ko‘pchilik ota-onalar uyda rus tilida so‘zlashmasliklari sababli bolalari o‘qishda qiynalsa ham rus tilidagi maktabga berishga harakat qiladilar. Bunga asosiy sabablardan biri, men bilmasam ham bolam juda bo‘lmasa rus tilini o‘rganib chiqsin deydi. Aslida esa bunday o‘quvchilar maktabda boshqa fanlarni o‘zi bilmaydigan tilda o‘zlashtirishga qiynaladilar.

Ushbu loyihadan maqsad, o‘zbek tilidagi maktab bitiruvchisi fanlarni o‘z ona tilida yaxshiroq o‘rgana olishi bilan birga rus tilini ham biladigan bo‘lib bitirib chiqsin.

Maktab o‘quvchilari kelajagi uchun muhim bo‘lgan ushbu loyihani ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi “aqlli”lar darrov siyosiylashtirishga harakat qilishayotganini ko‘rib, aniq aytib qo‘ymoqchiman: ushbu loyihani orqasida biron bir siyosiy maqsad yo‘q. Asosiy maqsadimiz bitiruvchilarimiz dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lishiga erishish. Buning uchun esa, albatta, jahonda keng foydalaniladigan, jumladan qo‘shni davlatlar bilan muomala uchun kerak bo‘lgan chet tillarini sifatli o‘rgatish zarur.

Ushbu ikki loyiha, ya’ni ingliz tili va rus tilini o‘rgatish uchun davlat budjeti mablag‘larini tejash maqsadida tegishli davlatlardan grant olishga harakat qildik. Bu tillarni o‘rgatishga maktablarda soatlar ko‘paytirilmaydi. Mavjud soatlar doirasida o‘tilayotgan darslar sifati oshiriladi.

Birinchi guruh pedagoglar bugun O‘zbekistonga yetib kelishdi va Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti tomonidan ularni hududlarga taqsimlash bo‘yicha tashkiliy masalalar hal etilmoqda.


Наши выпускники знают узбекский, а также русский, английский и другие иностранные языки, что поможет им добиться успеха в будущем! Министр народного образования Шерзод Шерматов сделал следующее заявление:
В наших 10 000 школах работают тысячи учителей русского и английского языков, но я много раз убеждался, что важно улучшать их языковые навыки в разговорах с ними на местах. Во время интервью мне вспомнился эпизод из популярных фильмов «Шестница» и «Шаббат». Как учитель, не знающий иностранного языка, может качественно научить этому языку ученика!Знаете, для того, чтобы улучшить преподавание английского языка, в рамках нашего проекта под названием English Speaking Nation мы договорились собрать более 50 миллионов долларов в гранты правительства Великобритании, и работа над этим начата.Аналогично сейчас мы работаем с Министерством образования РФ над улучшением преподавания русского языка в узбекскоязычных школах.’ыдик. По его словам, российские учителя приедут в Узбекистан для повышения квалификации наших учителей русского языка в региональных учебных центрах и улучшения преподавания русского языка в школах с узбекским языком обучения. Это будет большим плюсом для наших учителей русского языка в этих школах.Спрос на русскоязычные школы в Ташкенте и областных центрах очень высок. Многие родители стараются отдавать своих детей в русскоязычные школы, даже если им трудно читать, потому что дома они не говорят по-русски. Одна из основных причин этого в том, что даже если я не знаю, мой ребенок должен хотя бы выучить русский язык. На самом деле таким школьникам сложно изучать другие предметы в школе на языке, которого они не знают.Хочу дать понять, что за этим важным для будущего школьников проектом нет политических мотивов. Наша главная цель – сделать наших выпускников конкурентоспособными на мировом рынке. Это, конечно, требует качественного преподавания иностранных языков, которые широко распространены в мире, в том числе с соседними странами.Эти два проекта, а именно английский и русский, финансируются из государственного бюджета.Мы пытались получить гранты от профильных страны для экономии денег. В школах нет дополнительных часов для изучения этих языков. Качество уроков будет улучшено в доступные часы.Сегодня в Узбекистан прибыла первая группа преподавателей, и Институт повышения квалификации «Авлони» прорабатывает организационные вопросы их распределения в регионах.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: