Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan maktablarga 2 mingta «Qizil kitob» berildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan maktablarga 2 mingta «Qizil kitob» berildi

2020 yilning 25 sentabr kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan Xalq ta’limi vazirligiga 2000 dona «O‘zbekiston qizil kitobi»ni beg‘araz taqdim etishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bugungi kunda ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ekologik ta’limi, madaniyatini oshirish, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hissini shakllantirishi uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan hamkorlikda chop etilgan «O‘zbekiston Qizil kitobi»ni Xalq ta’limi vazirligiga beg‘araz 2000 dona taqdim etishdan iborat.
Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Narzullo Oblomuradov tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsadga to‘xtalar ekan, yangi chop etilgan «O‘zbekiston Qizil kitobi» va redbook sayti o‘quvchilar o‘rtasida ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ta’lim tizimida ekologik tarbiyaning o‘rni hamda joriy yilda mazkur yo‘nalishda ta’lim mazmuniga kiritilgan yangiliklar to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga ma’lumot berdi.
“Joriy yil yangi yaratilgan 5-sinf «Biologiya» darsligiga «Tabiatni muhofaza qilish» mavzusi kiritilgan bo‘lib, unda «Muhofaza qilinadigan hududlar» va «Qizil kitob» haqida ma’lumot berildi. Mazkur mavzuda «Qizil kitob»ni O‘zbekistonda birinchi marta qachon ta’sis etilganligi va u nima uchun xizmat qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda kitobga kiritilgan o‘simlik va hayvonlardan misollar rasmlar asosida keltirildi. Darslikka ilk bor 2009 yil va 2019 yilda nashr etilgan «Qizil kitob» to‘g‘risidagi ma’lumotlar videorolik tarzida tayyorlanib, QR-kod shaklida mavzuga joylashtirildi.
Ekologik ta’lim-tarbiyaning bugungi kun uchun ahamiyatini inobatga olgan holda ilk bor yangi tashkil etilgan «Tarbiya» darsligining har bir bosqichiga o‘quvchilarda ekologik madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi mavzular singdirildi”, — deya ta’kidladi Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari.
Shuningdek, tadbir davomida yig‘ilish ishtirokchilariga Davlat ekologiya qo‘mitasi mutaxassisi Alisher Yunusov tomonidan «O‘zbekiston Qizil kitobi» taqdimot qilindi. Uchrashuv so‘ngida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan olib kelingan 2000 dona «O‘zbekiston Qizil kitobi»ni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


25 сентября 2020 года в Госкомэкологии состоялось собрание, посвященное безоговорочной передаче Министерству народного образования 2000 Красных книг Узбекистана.
Основной целью встречи было повышение экологического образования и культуры подрастающего поколения, формирование чувства заботы об окружающей среде.Красная книга Узбекистана будет передана в дар Министерству народного образования в количестве 2000 экземпляров.
О цели мероприятия рассказал первый заместитель председателя Госкомэкологии Нарзулло Обломурадов.
Первый заместитель министра народного образования Усмон Шарифходжаев проинформировал участников о роли экологического образования в системе образования и новшествах в содержании образования в этой сфере в этом году.
В этом году в недавно созданный учебник биологии для 5-го класса включена тема «Охрана природы», в которой представлена ​​информация об «Охраняемых территориях» и «Красной книге». Информация о том, когда Красная книга впервые была учреждена в Узбекистане и для чего она служит, а также примеры растений и животных, занесенных в книгу, даны на основе рисунков. Учебник содержит информацию о Красной книге, впервые изданную в 2009 и 2019 годах, в виде видеоролика и размещенную по теме в виде QR-кода.
«Учитывая важность экологического образования на сегодняшний день, впервые в каждый этап вновь созданного учебника «Образование» были включены темы, служащие повышению экологической культуры учащихся», — сказал министр народного просвещения Ринбосари.
Участникам встречи также вручил Красную книгу Узбекистана эксперт Госкомэкологии Алишер Юнусов. В завершение встречи состоялась церемония передачи 2000 Красных книг Узбекистана, привезенных Госкомэкологией.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: